Termiz Davlat Unversiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqXasanov Kamoljon111
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Axborot-telekommunikatsiya xizmatlari sohasining rivojlanish xususiyatlari. 5. Boshqaruv organlari o’rtasida vakolatlarni taqsimlash zaruriyati
Termiz Davlat Unversiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Iqtisodiyot yo`nalishi 3-kurs 320-guruh talabasi Xasanov Kamoljonning Mintaqaviy iqtisodiyot Fanidan Slaydi 6-10-mavzular yuzasidan slaydlar Reja 1. Mehnat bozorini tartibga solish va uni takomillashtirish yo’llari. 2. Strategik ahamiyatga ega tarmoqlarning milliy va mintaqaviy iqtisodiyotdagi roli. 3. Qishloq xo’jaligi taraqqiyotida mintaqalar tabiiy-iqlim sharoiti va relefning ahamiyati 4. Axborot-telekommunikatsiya xizmatlari sohasining rivojlanish xususiyatlari. 5. Boshqaruv organlari o’rtasida vakolatlarni taqsimlash zaruriyati • Mehnat bozorida yuzaga keladigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimida aholining ish bilan bandligi va mehnat sharoitlarini belgilash, u yoki bu ijtimoiy muammolarni hal qilish, ijtimoiy-mehnat mojarolarini bartaraf etish bo’yicha ish beruvchilar bilan yollanma xodimlar o’rtasidagi munosabatlar markaziy o’rin egallaydi. Mehnat bozorida mazkur munosabatlar jamoaviy, shaxsiy va hududiy usullar asosida tartibga solinadi. Jamoaviy bitimlar tuzilayotganda O’zbekiston Respublikasining «Mehnat Kodeksi», Xalqaro Mehnat Tashkilotining Konvensiyasi va tavsiyalariga asoslaniladi. Xalqaro Mehnat Tashkilotining Konvensiyasida (54-bandida) ta’kidlanganidek, “Jamoaviy muzokaralar, bir tomondan, tadbirlar, tadbirkorlar guruhi bilan, boshqa tomondan esa, mehnatkashlarning bitta yoki bir necha tashkiloti o’rtasida: a) mehnat sharoiti va bandlikni belgilash; b) tadbirkorlar va mehnatkashlar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solish; v) tadbirkorlar yoki ularning tashkilotlari va mehnatkashlarning tashkiloti yoki tashkilotlari o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadlarida olib boriladigan barcha muzokaralarni bildiradi”. • Mehnat bozorida bunday tartibga solishni qo’llanishning eng muhim afzalligi shundaki, unda qabul qilinadigan qarorlar nihoyatda qayishqoq (egiluvchan, moslashuvchan) bo’ladi, ularni na qonunchilik, na sud va na ma’muriy usullarga qiyoslab bo’lmaydi. • Aholini ish bilan ta’minlash va bandlik masalalari davlat hamda jamiyat uchun ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy ahamiyatga ega bo’lib, mamlakatning taraqqiyot darajasi, barqarorlik, fuqarolar eng muhim huquqlarining amalga oshirilishi ushbu muammo amalda qanday hal etilganligiga bog’liqdir. • Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risidagi qonun hujjatlari O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga, shuningdek O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab kelayotgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga tadbiq etiladi. • O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 8-moddasida ta’kidlanishicha, quyidagi ishlar: • -harbiy yoki mutloq xizmat to’g’risidagi qonunlar asosida; • -favqulodda holat yuz bergan sharoitlarda; • -sudning qonuniy kuchga kirgan hukmiga binoan; • -qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda bajarilishi lozim bo’lgan ishlar majburiy mehnat deb hisoblanmaydi. • O’zbekiston sanoati ayni vaqtda o’z tarmoqlari va boshqa ijtimoiy tarmoqlar uchun moddiy-texnik vositalar hamda xalq ehtiyojiga kerak bo’ladigan mahsulotlarni ham uzluksiz tayyorlab bermoqda. Shu boisdan ham sanoat ishlab chiqarishi darajasi va samaradorligining o’sishini ta’minlash lozim. Chunki sanoat ishlab chiqarishi darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, respublikamizning iqtisodiy poydevori shuncha mustahkam, aholining turmush sharoiti ham shuncha yaxshi bo’ladi. • Sanoat tarmoqlarini isloh qilish, tarkibiy o’zgartirish va diversifikatsiyalash dasturlarining amalga oshirilishi, moddiy-texnika bazasini mustahkamlanishi, respublika sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishiga zamin yaratdi. 1995 yilda sanoat ishlab chiqarishning hajmi 1990 yilga nisbatan 0,2 foizga kamayganiga • 2018 yilda esa 1995 yilga nisbatan 4,6 martaga oshdi. • Sanoat tarmoqlari faoliyatiga baho berganda, sohalardagi iqtisodiy o’sish ko’rsatkichlari bilan birga, ulardagi rentabellik ko’rsatkichlari ham tahlil qilinadi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling