Termiz Davlat Unversiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana17.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1520666
1   2
Bog'liq
Xasanov Kamoljon111

11 

O’zbekiston Respublikasida jami sanoat ishlab chiqarish  


• Tabiiy omillar har qanday hudud taraqqiyotining asosini, ya’ni poydevorini 
tashkil etadi. Ularga joylarning relefi, geologik tuzilishi, iqlimi, suvlari, 
tuproqlari, o’simlik va hayvonot dunyosi kiradi. Har bir omil ma’lum 
darajada xalq ho’jaligining u yoki bu tarmog’iga katta ta’sir ko’rsatadi. 
O’zbekistonning markaziy, janubiy va sharqiy qismlari yer yuzasi sharqqa – 
tog’ oldi va tog’larga tomon asta-sekin ko’tarilib boradi. G’arbiy qismi esa 
cho’ldan iborat. Joy balandlashgan sayin tuproq-o’simliklar o’zgarib dashtga 
o’tiladi. O’zbekistonning markaziy va sharqiy qismlarida xalq xo’jaligi uchun 
juda muhim bo’lgan Zarafshon, Qashqadaryo va Surxondaryo, Sirdaryo, 
Chirchiq vaOhangaron daryolari vodiylari va nihoyat tog’lar o’rtasidagi 
Farg’ona vodiysi bor. O’zbekistonning qolgan qismi tekislik–cho’ldan iborat. 
Respublikaning chekka shimoliy–g’arbida Qoraqalpog’iston Respublikasi 
yeridaOrol dengiziga taqalib kelgan cho’l va suvsiz keng Ustyurt platosi 
joylashgan.


• Mamlakatimiz hududini tabiiy sharoiti va xo’jalikdagi 
ahamiyatiga ko’ra cho’l, adir, tog’, yaylovlarga bo’lish 
mumkin. Dengiz sathidan 400 m balandlikgacha bo’lgan 
joylar cho’l mintaqasi hisoblanadi. Bu yerlardan yaylov 
chorvachiligida foydalaniladi, ammo cho’lning ozuqa boyligi 
juda kam. 1 ta qo’y uchun 2–3 gektar o’tloq talab etiladi. 
SHu hisobdan O’zbekiston cho’llarida 10 mln boshgacha 
qorako’l qo’y boqsa bo’ladi. Cho’l yaylovlarini yaxshilash va 
kengaytirish hisobiga qorako’l qo’ylarini soni 11–12 mln 
boshga yetkazish mumkin. O’zbekiston iqlimi keskin 
kontinental, yozi issiq, qishi ancha sovuq. Mamlakat ichida 
esa chekka shimol va shimoli-g’arbda mo’’tadil, qolgan 
tekislik hududlarda subtropik xususiyatga ega. Yillik o’rtacha 
harorat shimoldagi +8,9 janubdagi +18 darajagacha 
farqlanadi.


• Aloqa turli vositalar yordamida axborot va ma’lumotlarni uzatish va 
qabul qilishni bildirib, ushbu vazifalar iqtisodiyotning pochta, 
telefon, telegraf, radio, televidenie kabi yo’nalishlarini o’z ichiga 
oladi. Telekommunikatsiya turli signal, belgi, matn, tasvir va ovozlar 
orqali uzatiladigan axborotlarni qayta ishlash tizimlari majmuasi 
sifatida faoliyat yuritadi. Tor ma’noda bir yoki bir necha turdagi
telefon, telegraf, faksimil axborotlar almashinuvi, televizion va radio 
dasturlarni uzatishga mo’ljallangan texnika vositalari to’plami 
telekommunikatsiya tarmog’i deb yuritiladi.


• Internet tezkor axborot olish, yetkazish va unga ishlov berish manbai hisoblanadi. 
Shu bois undan foydalanuvchilar soni tobora ko’payib bormoqda. Ayni paytda 
mamlakatimizda ushbu tarmoqdan foydalanuvchilar 12 million, mobil aloqa 
abonentlari esa 22 million kishidan oshdi.
• “Internet Live Stats” internetdan foydalanadigan aholi soni bo’yicha 201 ta 
davlatning reytinigi tuzib chiqdi. Mazkur reytingda O’zbekiston 37 o’rinda qayd 
etildi. Unda yurtimizning 51 foiz aholisi ya’ni 15453227 kishi doimiy ravishda 
internetdan foydalanishi yozib o’tilgan.
• O’zbekistonda bir yilda internetdan foydalanuvchilar soni 6.1 foizga ya’ni 893596 
kishiga oshgan.
• Internetdan foydalanish bo’yicha Xitoy (721 million), Hindiston (462 million), 
AQSh (286 million), Braziliya (139 million) va Yaponiya (115 million) dastlabki 
o’rinni band etgan. MDH davlatlari orasida Rossiya 6-o’rin, Ukraina 34o’rin,
Qozog’iston 47-pog’ona, Belorus 61-o’rin, Qirg’iziston 106 o’rin, Tojikiston va 
Turkmaniston 114 va 134-pog’onalarda qayd etilgan.


• Mahalliy boshqaruv organlariga davlat 
tomonidan kafolatlar berish hamda davlat 
hokimiyati va mintaqa boshqaruv organlari 
tomonidan mahalliy hokimiyat organlariga 
oid qonun hujjatlariga rioya qilinishi va 
mahalliy boshqaruv sohasida amalda 
bo’lgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning ijro 
etilishini ta’minlash respublika, mintaqa va 
mahalliy hokimiyat organlari o’rtasida 
vakolatlarni samarali taqsimlashning 
muhim shartidir.


• O’zbekistonda respublika mintaqaviy va mahalliy hokimiyat organlari 
o’rtasida vakolatlarni taqsimlashning quyidagi asosiy tamoyillariga 
asoslanadi:
• davlat, mintaqaviy va mahalliy siyosat maqsadlari, yo’nalishlari, vazifalari 
hamda vakolatlarini taqsimlash mexanizmlarining yagonaligi prinsipi;
• Respublika, mintaqa va mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda 
mahalliy boshqaruv organlari o’rtasida o’zaro hamkorlik va aloqa o’rnatish
• prinsipi;
• mahalliy boshqaruv organlarining vakolatlariga davlat hokimiyati yuqori 
organlarining aralashmasligi prinsipi va h.k.
• Respublika, mintaqaviy va mahalliy hokimiyat organlari o’rtasida 
vakolatlarni yanada aniq taqsimlash davlat hokimiyatining mazkur 
bo’g’inlarini boshqarish mexanizmining samaradorligini oshirish, har 
birining mustaqilligini kengaytirish imkonini beradi.


E`TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!!! 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling