Tadbirkorlik pdf


Mahsulot tannarxi va uni hisoblash usullari


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/175
Sana08.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1462865
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   175
Bog'liq
tadbirkorlik

7.2. Mahsulot tannarxi va uni hisoblash usullari
Tannarxda korxona ishlab chiqarish faoliyatining sifat ko’rsatkichlari -
ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligi, ishlab chiqarish
texnologiyasi va mehnatni tashkil etish darajasi, korxonani tejamkorlik bilan va
oqilona yuritish omillari, mahsulot ishlab chiqarishni yuksaltirish sharoitlari o’z
aksini topadi.
Mahsulot tannarxini hisoblashdan ko’zda tutilgan asosiy maqsad - uni ishlab
chiqarishga sarflangan haqiqiy xarajatlarni tegishli hujjatlarda o’z vaqtida, to’liq va
ishonchli aks ettirish hamda moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan
tejamkorlik asosida, oqilona foydalanish ustidan nazorat o’rnatishdir.
Mahsulot tannarxi korxona xarajatlari tushunchasidan farq qiladi.
Korxonaning mahsulot ishlab chiqarish, sotish va boshqa moliyaviy-xo’jalik
faoliyati natijasida yuzaga keladigan barcha xarajatlari mahsulot tannarxiga
kiritilmaydi. Mahsulotning (ishning, xizmatning) ishlab chiqarish tannarxiga uni
bevosita ishlab chiqarish bilan bog’liq xarajatlar kiritiladi. Ularga quyidagilar
tegishli:
bevosita moddiy xarajatlar;
• bevosita mehnat xarajatlari;
• ishlab chiqarish xususiyatiga ega bilvosita ustama xarajatlar. Bu
xarajatlarning ko’pchiligini naturada, ya’ni dona, kg, metr va boshqa ko’rinishlarda
hisobga olib borish va rejalashtirish mumkin. Ammo mahsulot ishlab chiqarishga


sarflangan barcha xarajatlarni birgalikda hisobga olish uchun ularni yagona
o’lchov birligiga - qiymat-pul ko’rinishiga keltirish talab etiladi.
Ayrim turdagi ishlab chiqarish xarajatlarini yaratilayotgan mahsulot
tannarxiga to’g’ridan-to’g’ri kiritish mumkin. Unga ishlab chiqarishdagi
ishchilarning ish haqi va iste’mol qilingan moddiy resurslar sarfini kiritish
mumkin. Bunday xarajat turlari bevosita ishlab chiqarish xarajatlari deb yuritiladi.
Ikkinchi bir xarajat turlari bir necha xil mahsulot yetishtirish jarayonida
ishtirok etishi tufayli (masalan, bir necha xil ekinlarga o’g’it tashigan traktor
amortizasiyasi) ularga ketgan xarajatlarni shu mahsulotlarni ishlab chiqarishdagi
ishtirokiga mutanosib taqsimlashga to’g’ri keladi. Bunday xarajatlar bilvosita
ishlab chisarish xarajatlari yoki ishlab chiqarishga tegishli ustama xarajatlar deb
yuritiladi.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling