Tadbirkorlik subyektlarida ichki nazoratning samarali
Keywords: accounting, internal audit, internal control, internal control system, control procedures, effectiveness of internal audit
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
tadbirkorlik-subyektlarida-ichki-nazoratning-samarali-tizimi-sifatida-ichki-auditning-o-rni-va-ahamiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili.
Keywords: accounting, internal audit, internal control, internal control system,
control procedures, effectiveness of internal audit. Kirish. Bozor munosabatlarining shakllanishi sharoitida korxonalar faoliyati toʻgʻrisida ishonchli axborotlariga boʻlgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Korxonalar faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ularning buxgalteriya (moliyaviy) hisobotlarida aks yettiriladi. Ushbu hisobotlardan foydalanish taʼsischilar, aksiyadorlar, soliq organlari, banklar, etkazib beruvchilar hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga korxonaning SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 1 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 450 joriy moliyaviy holatini, uning faoliyati samaradorligini va rivojlanish istiqbollarini baholash imkonini beradi. Shunday ekan, tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etilayotgan maʼlumotlar ishonchli, xolis va amaldagi qonunchilikka mos boʻlishi zarur. Audit bunday maʼlumotni olishga yordam beradi. Audit mustaqil moliyaviy nazorat boʻlib, uning maqsadi tadbirkorlik subyektlarining buxgalteriya (moliyaviy) hisobotlarining ishonchliligini va moliyaviy (xoʻjalik) muomalalarining amaldagi qonunchilikka muvofiqligini aniqlashdan iborat. Shuni taʼkidlash kerakki, audit nafaqat kompaniyaning moliyaviy hisobotlarining ishonchliligini tekshirishni, balki balanslarni, auditorlar tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy hisobotlarni tekshirishni va xoʻjalik faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqishni ham oʻz ichiga oladi. Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. 19-asrning oxiridan boshlab, banklar, sugʻurta kompaniyalari va aksiyadorlik kompaniyalari rivojlana boshlaganda, ichki auditorlik kasbi biznes jarayonlarining samarali ishlashi uchun kuchliy ahamiyatga ega boʻldi. AQSH da 1941-yilda tashkil etilgan ichki auditorlar instituti hozirgi kunda 190 dan ortiq mamlakatlarda o’z ofislari boʻlgan ichki auditorlar xalqaro professional uyushmasi ochgan, shu jumladan, Oʻzbekistonda ham. [6] Bugungi kunda Oʻzbekistondagi har bir muvaffaqiyatli kompaniya ichki audit boʻlimlari va xizmatlarini yaratish bilan faol shugʻullanmoqda. O’zbekistonda “Qimmatli qog’ozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2006 yil 27 sentyabrdagi PQ-475-son qaroriga,[1] hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ustav fondida davlat ulushi bo’lgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2006 yil 16 oktyabrdagi 215-son qaroriga [2] muvofiq aktivlarining balans qiymati 1 mlrd. so’mdan ortiq bo’lgan korxonalarda ichki auditni tashkil etishga qo’yiladigan yagona talablarni hamda uning ishini tashkil etishning metodologik asoslarini belgilash maqsadida “Korxonalardagi ichki audit xizmati to’g’risida Nizom” qabul qilindi. Hozirgi kunda ushbu Nizom xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda ichki auditni tashkil qilish tartibi ko’rsatilgan me’yoriy hujjat hisoblanadi. Bundan tashqari 2021-yil 25-fevraldagi OʻRQ-677-sonli Oʻzbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida»gi yangi tahrirdagi qonuni, [3] Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2020 yil 25 yanvardagi 2020 yil uchun eng muhim ustivor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojatnomasi, [4] Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi PQ-4611 sonli “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga oʻtish boʻyicha qoʻshimcha chora- tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori [5] korxonalardagi ichki audit xizmatini tashkil etishga asos bo’lib xizmat qilmoqda. [8] SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 1 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling