T/r
|
Ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlarining nomi
|
Amalga oshirish muddati
|
I. Tadbirkorlik subyektlari — yakka tartibdagi tadbirkorlar
|
1.
|
Yuridik shaxs tashkil etmagan oilaviy tadbirkorlik subyekti ishtirokchilari tarkibidagi o‘zgarishlar.
|
o‘zgargan paytdan boshlab 10 kun mobaynida
|
2.
|
Yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini amalga oshirish joyining o‘zgarishi.
|
o‘zgargan paytdan boshlab 10 kun mobaynida
|
3.
|
Oilaviy tadbirkorlik subyekti faoliyati turidagi o‘zgarishlar (qo‘shimchalar), yo‘nalishidagi o‘zgarishlar.
|
o‘zgargan paytdan boshlab 30 kun mobaynida
|
4.
|
Yakka tartibdagi tadbirkor ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlaridagi, shu jumladan faoliyat turidagi, yo‘nalishidagi o‘zgarishlar (qo‘shimchalar).
|
o‘zgargan paytdan boshlab 30 kun mobaynida
|
II. Tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar
|
5.
|
Joylashgan joyining (pochta manzilining) o‘zgarishi.
|
o‘zgargan paytdan boshlab 10 kun mobaynida
|
6.
|
Ta’sis hujjatlari ma’lumotlaridagi, shu jumladan ta’sis hujjatlarining firma nomlaridagi, tashkiliy-huquqiy shakllaridagi, ustav fondi miqdoridagi, muassislar tarkibidagi, shuningdek boshqa o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishlar (qo‘shimchalar).
|
tegishli o‘zgarishlar vakolatli shaxs tomonidan tasdiqlangan paytdan boshlab 30 kun mobaynida
|
7.
|
Muassislarning (ishtirokchilarning) ustav fondidagi ulushlari (hissalari) o‘zgarishi, aksiyadorlik jamiyatlari bundan mustasno.
|
tegishli bitim amalga oshirilgan paytdan boshlab 30 kun mobaynida
|
8.
|
Tadbirkorlik subyektlarining qayta tashkil etilishi (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, qayta tuzish, bo‘lish, ajratib chiqarish).
|
qayta tashkil etilgan paytdan boshlab 30 kun mobaynida
|