Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida


Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxs to‘g‘risidagi KO‘ChIRMA


Download 305.42 Kb.
bet6/6
Sana14.11.2020
Hajmi305.42 Kb.
#145139
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
66 09.02.2017



Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxs to‘g‘risidagi
KO‘ChIRMA


20__ yil “___” _________

_______-son

Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan ko‘chirmani bergan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ nomi:________________________ _________________________________________________________________________



1.

Tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning to‘liq firma nomi

2.

Tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning qisqartirilgan firma nomi

3.

Tashkiliy-huquqiy shakli

4.

Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR)

5.

Muassislar soni, shundan:

5.1.

— yuridik shaxslar

5.2.

— jismoniy shaxslar

6.

Ustav fondining miqdori

7.

Joylashgan joyi (manzili)

8.

Ta’sis etilgan sana (yil, oy, sana)

9.

Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestriga yozuv kiritilgan sana va raqami

10.

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning identifikatsiya raqami

11.

Asosiy faoliyat turi

12.

Tuzish uslubi

13.

Filiallar va vakolatxonalar mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar

14.

Tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshirgan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ nomi

15.

Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar (nomi, sanasi va berilgan raqami) va litsenziyalar mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (qonun hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno)

16.

Huquq vorisi to‘g‘risidagi ma’lumotlar

17.

Tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning maqomi (faoliyat yuritayotgan, tugatish jarayonida, tugatilgan)

18.

Faoliyat muddati (agar tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxs aniq vaqtga tashkil etilgan bo‘lsa)

19.

Bog‘lanish ma’lumotlari (telefon, faks, elektron pochta, veb-sayt — mavjud bo‘lganda)

___________________________________
(ko‘chirmani bergan mas’ul shaxsning lavozimi)

_____________
(imzo)

_____________________
(familiyasi, initsiallari)

M.O‘.

Axborot mavjud bo‘lmaganda tegishli ustunda — “ma’lumot mavjud emas” belgisi ko‘rsatiladi.

Ko‘chirma elektron ko‘rinishda berilganda ko‘chirmaga lavozim, F.I.O., imzo va muhr qo‘yilmaydi.

Tadbirkorlik subyektlarining yagona davlat reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga


2-ILOVA

Elektron hujjatning identifikatsiya raqami


Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan yuridik shaxs tashkil etmagan tadbirkorlik subyekti (yakka tartibdagi tadbirkor) to‘g‘risidagi
KO‘ChIRMA


20__ yil “___” _________

_______-son

Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan ko‘chirmani bergan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ nomi: ___________________


________________________________________________________________________

1.

Familiyasi, ismi, otasining ismi (mavjud bo‘lganda)

2.

Tadbirkorlik faoliyatining shakli

3.

Asosiy faoliyat turi

4.

Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR)

5.

Faoliyat amalga oshiriladigan joy (manzil)

6.

Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestriga yozuv kiritilgan sana va raqami

7.

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning identifikatsiya raqami

8.

Tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshirgan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ nomi

9.

Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar (nomi, sanasi va berilgan raqami) va litsenziyalar mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (qonun hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno)

10.

Yakka tartibdagi tadbirkor maqomi (faoliyat yuritayotgan, tugatish jarayonida, tugatilgan)

11.

Bog‘lanish ma’lumotlari (telefon, faks, elektron pochta, veb-sayt — mavjud bo‘lganda)

____________________________________
(ko‘chirmani bergan mas’ul shaxsning lavozimi)

__________
(imzo)

_____________________
(familiyasi, initsiallari)

M.O‘.

Axborot mavjud bo‘lmaganda tegishli ustunda — “ma’lumot mavjud emas” belgisi ko‘rsatiladi.

Ko‘chirma elektron ko‘rinishda berilganda ko‘chirmaga lavozim, F.I.O., imzo va muhr qo‘yilmaydi.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qaroriga


3-ILOVA

Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi

REGLAMENTI

1-bob. Umumiy qoidalar



1. Ushbu Reglament ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarning tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlar ular tomonidan amalga oshirilganda o‘zaro hamkorlik tartibini belgilaydi.

Ushbu Reglament talablari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan banklar va kredit byurolari, ularning filiallari va vakolatxonalari, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga tatbiq etilmaydi.

2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi (keyingi o‘rinlarda Tizim deb ataladi) — tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni, shuningdek ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarning ushbu jarayondagi elektron hamkorligini ta’minlovchi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kompleksi;

tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (davlat ro‘yxatidan o‘tkazish) — ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlarini Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestriga kiritish bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlari (keyingi o‘rinlarda Reyestr deb ataladi);

tadbirkorlik subyektlarini qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (qayta ro‘yxatdan o‘tkazish) — ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Reyestrdagi tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlarini o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlari;

ta’minot guruhi — Tizimni boshqarishni, samarali faoliyatini va uni dolzarb holatda saqlab turishni ta’minlovchi maxsus guruh;

ariza beruvchi — ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlarga tegishli so‘rovnoma, ariza bilan murojaat qilgan yuridik yoki jismoniy shaxslar yoxud ular tomonidan belgilangan tartibda vakolatlangan shaxslar;

umumiy ma’lumotnoma — ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlar tomonidan Tizimda joylashgan ma’lumotlarni avtomatik tarzda yangilab borish, shuningdek ariza beruvchilar tomonidan Tizim orqali taqdim etiladigan ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlarini turkumlash imkonini beradigan klassifikatorlarni o‘z ichiga oluvchi, Tizimda konsolidatsiya qilingan ma’lumotnoma;

Tizimdan foydalanuvchi — ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ yoki vakolatli tashkilotning tegishli organ zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun rahbar buyrug‘i bilan Tizimdan foydalanishga vakolat berilgan xodimi;

Oldingi tahrirga qarang.

ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ — Davlat xizmatlari markazlari;



(2-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)

vakolatli tashkilotlar — qonun hujjatlari bilan davlat soliq xizmati organlari, davlat statistika organlarida davlat hisobiga qo‘yish, tadbirkorlik subyektlariga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar, litsenziyalar berishga doir funksiyalar zimmasiga yuklangan davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda baholash, poligrafiya, bank faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari;

3. Ushbu Reglamentga muvofiq quyidagilar tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda, qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda, davlat hisobiga qo‘yishda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlar o‘zaro hamkorligining asosiy tamoyillari hisoblanadi:

ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlar harakatlarining avtomatlashtirilganligi;

vakolatli tashkilotlar tomonidan umumiy ma’lumotnomaning dolzarb holatda saqlab turilishi;

arizalarni ko‘rib chiqishda vaqt, mehnat va moddiy sarflarni qisqartirish;

ariza beruvchi bilan bevosita muloqot qilmasdan hamkorlik qilishni ta’minlash;

tadbirkorlik subyektlariga qonun hujjatlarida va ushbu Reglamentda belgilangan tartibda ularga taqdim etilgan ma’lumotlar maxfiyligiga rioya etish va ulardan noqonuniy foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik;

ariza beruvchilardan — tadbirkorlik subyektlaridan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarda mavjud bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarni talab qilib olishni taqiqlash.

4. Ushbu Reglamentga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarning o‘zaro hamkorlik tamoyillariga rioya etilishini ta’minlash tegishli dasturiy-apparat ta’minotidan, ular faoliyatidagi elektron hujjatlar aylanishi, shuningdek Tizimdan foydalanish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

5. Ariza beruvchilar tomonidan Tizim vositasida taqdim etilgan hujjatlar va (yoki) ma’lumotlar mazmunidan kelib chiqib, Tizim:

Ariza beruvchilar tomonidan Tizim vositasida yuborilayotgan hujjatlarga, ma’lumotlarga identifikatsiya raqami va sana beradi;

murojaatlarni ko‘rib chiqish uchun tegishli ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarni ularning qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlariga muvofiq aniqlaydi;

ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarga ariza beruvchilar tomonidan Tizim vositasida taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlardan, shuningdek ushbu Reglamentda nazarda tutilgan boshqa usullar bilan taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi;

tegishli ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarni Tizimdagi hujjatlar va ma’lumotlar o‘zgarganligi to‘g‘risida xabardor qiladi.

6. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ va vakolatli tashkilot qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Tizimdagi mavjud ma’lumotlarning haqiqiy emasligi yoki dolzarb emasligi aniqlanganda Tizim imkoniyatlarida nazarda tutilgan usullarda Tizimga tegishli xabarnomani kiritadi.

Bunda ma’lumotlarida noaniqlik va buzilishlar aniqlangan tegishli organ (tashkilot), Tizimdagi ma’lumotlarda mavjud ma’lumotlar haqiqiy emasligi yoki dolzarb emasligi aniqlangan paytdan boshlab 3 ish soati davomida zudlik bilan ularni to‘g‘rilash va ular to‘g‘rilanganligi to‘g‘risida xabardor qilish choralarini ko‘rishi shart.

Tizim foydalanuvchilari tizim faoliyatidagi kamchiliklar va uzilishlar aniqlangan paytdan boshlab 3 ish soati davomida Tizimda nazarda tutilgan usullar bilan yoki aloqa vositalari orqali maxsus guruhni bu haqda xabardor qilishlari shart.

2-bob. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi tartibi

7. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlar, shuningdek ularning tarkibiy tuzilmalari hamkorligi Tizim orqali Tizimning tegishli foydalanuvchilari vositasida amalga oshiriladi.

8. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlar Tizimga ma’lumotlar va (yoki) hujjatlar, ularga kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarni o‘z vaqtida kiritishlari (yuklashlari), Tizimda mavjud ma’lumotlar va (yoki) hujjatlarni ushbu Reglamentga ilovaga muvofiq yangilab turishlari, shuningdek Tizim umumiy ma’lumotnomasini dolzarb holatda saqlab turishlari shart.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi zarur bo‘lganda buyruq qabul qilish yo‘li bilan ushbu Reglamentga ilovaga o‘zgartirishlar va (yoki) qo‘shimchalar kiritadi hamda bunday buyruq qabul qilingan sanadan keyingi kundan kechiktirmasdan uni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarga yetkazadi.

9. Tizimga kiritilayotgan (yuklanayotgan) hujjatlar va ma’lumotlar qoidaga ko‘ra Tizimga tegishli Tizim foydalanuvchisining elektron raqamli imzosi bilan imzolangan elektron hujjat ko‘rinishida kiritiladi (yuklanadi) va qonun hujjatlari talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.

Ilgari qog‘oz ko‘rinishida rasmiylashtirilgan va (yoki) berilgan, skaner qilingan hujjatlarni “PDF” (portable document format) formatida Tizim foydalanuvchisining elektron raqamli imzosidan foydalanmasdan Tizimga kiritishga (yuklashga) yo‘l qo‘yiladi.

10. Ma’lumotlar va hujjatlar almashishni unifikatsiyalash uchun Tizim hujjatlarni avtomatik tarzda o‘qishi va quyidagi talablarga muvofiqligini aniqlashi kerak:

ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlar tomonidan berilayotgan va kiritilayotgan (yuklanayotgan) hujjatlar hamda ma’lumotlar majburiy tartibda tadbirkorlik subyektlarining identifikatsiya raqamiga ega bo‘lishi kerak;

elektron fayl, skaner qilingan hujjatlar va ma’lumotlar nomi hujjatlar va ularning varaqlari sonini identifikatsiyalash imkonini berishi kerak.

Har bir alohida hujjat barcha autentik belgilari haqiqiyligi saqlanishini ta’minlovchi (har bir dyuymga 200 nuqtadan kam bo‘lmagan) alohida fayl ko‘rinishida skaner qilinishi va kiritilishi (yuklanishi) kerak. Har bir fayl o‘lchami 10 Mbdan oshmasligi lozim.

3-bob. Tadbirkorlik subyektlarini davlat hisobiga qo‘yish tartibi

11. Ariza beruvchi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun so‘rovnoma shakllantirilganda Tizim avtomatik tarzda real vaqt rejimida tadbirkorlik subyektiga soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini beradi.

Oldingi tahrirga qarang.

Davlat soliq xizmati organlari tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyingi kundan kechiktirmasdan, tadbirkorlik subyektini — yuridik shaxsni va yuridik shaxs tashkil etmagan tadbirkorlik subyektini (yakka tartibdagi tadbirkorni) budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga, Respublika yo‘l jamg‘armasiga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi (tegishli fondlar to‘lovchilari bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari uchun) majburiy to‘lovlar to‘lovchilari sifatida hisobga qo‘yadilar.



(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 740-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 38-son, 1049-modda)

12. Davlat statistika organlariga davlat hisobiga qo‘yish uchun Tizim tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyingi kundan kechiktirmasdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2012-yil 25-sentabrdagi 274-son qarorida belgilangan shakl bo‘yicha Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan ma’lumotlarni yuboradi.

Davlat statistika organlari Reyestrda mavjud bo‘lgan ta’sis hujjatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega.

13. Tadbirkorlik subyekti asosiy faoliyat turining kodi va (yoki) eng ko‘p o‘rtacha yillik ishchilar sonining o‘zgarishiga olib keluvchi moliyaviy, soliq, statistika yoxud boshqa hisobot taqdim etilgan sanadan boshlab bir oy muddatda davlat soliq xizmati, davlat statistika organlari Internet jahon axborot tarmog‘i orqali “tadbirkorlik subyektining shaxsiy kabineti” vositasida, u mavjud bo‘lmaganda — pochta aloqa vositasida bu haqda tadbirkorlik subyektini xabardor qiladilar.

14. Tadbirkorlik subyekti — aksiyadorlik jamiyati davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan, qayta ro‘yxatdan o‘tkazilganidan so‘ng Tizim u davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan, qayta ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyingi kundan kechiktirmasdan qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organiga yangidan tuzilgan, qayta tashkil etilgan va tugatilgan aksiyadorlik jamiyatlari to‘g‘risida tegishli elektron xabarnoma yuboradi.

15. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar har chorakda Tizim vositasida davlat soliq va statistika organlari bilan birgalikda ro‘yxatdan o‘tkazilgan va davlat hisobida turgan ro‘yxatdan o‘tkazilgan tadbirkorlik subyektlari sonining solishtirilishini amalga oshiradilar.

16. Yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatib turish yoki qayta yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi ariza uning vositasida topshirilgan Tizim elektron shakldagi axborotni avtomatik ravishda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga va qonun hujjatlarida belgilangan shaklda yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatib turish yoxud qayta yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi soliq hisobi ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga yuboradi.

4-bob. Davlat bojlari va yig‘imlarni o‘tkazish tartibi

17. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun davlat boji to‘lanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

18. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘langan davlat bojining barcha summasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi.



(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)

19. Reyestrdan hujjatlarni berish uchun (ko‘chirma, yangi namunadagi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, tadbirkorlik subyektlarining ro‘yxati, Reyestrda mavjud bo‘lgan boshqa hujjatlar, so‘ralayotgan axborot va (yoki) hujjat mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma) ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan yig‘im olinadi.

Oldingi tahrirga qarang.

Yig‘im summasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi.



(19-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)

20. Ariza beruvchi tomonidan ushbu Reglamentning 17, 19-bandlarida nazarda tutilgan davlat bojlari, yig‘imlar elektron to‘lov tizimlari vositasida to‘langanda, ariza beruvchidan to‘langan davlat boji va yig‘im summasining bir foizi miqdorida vositachilik haqi ushlab qolinadi.

To‘langan vositachilik haqlari summasi xizmat ko‘rsatuvchi bank, Yagona umumrespublika protsessing markazi, elektron to‘lov tizimi, davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘langan davlat bojlari va yig‘imlar summasi hisobini yurituvchi Yagona billing tizimi operatori-tashkilot o‘rtasida mutanosib ravishda taqsimlanadi.

5-bob. Tizimning axborot xavfsizligiga qo‘yiladigan umumiy talablar

21. Tizim foydalanuvchilarining Tizimdan foydalanishlari “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash Yagona axborot tizimidan foydalangan holda, shuningdek amaldagi elektron raqamli imzo sertifikatlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.

Tizim undan foydalanuvchilarning va ta’minot guruhining Tizimga kirgan va foydalangandagi barcha harakatlari bayonini yuritadi.

22. Tizim foydalanuvchilari elektron hujjatlar va (yoki) ma’lumotlarni zarur darajada tuzish, saqlash, qayta shakllantirish, himoyasini ta’minlash, qayta ishlash, jo‘natish va olishni ta’minlashi, shu jumladan:

elektron hujjatlar va (yoki) ma’lumotlar maxfiyligiga, to‘liqligiga va mualliflikka doir talablarga, shuningdek elektron raqamli imzo to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etishi kerak;

elektron hujjatlar va (yoki) ma’lumotlar qayta ishlanayotgan paytda qabul qilib oluvchi tomonida turib, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq elektron raqamli imzo haqqoniyligi ehtimolini tekshirishi, shuningdek elektron raqamli imzo sertifikati amal qilishini tekshirishi kerak.

23. Elektron hujjatlar va (yoki) ma’lumotlarni himoya qilish uchun Tizim foydalanuvchilari tomonidan ishlatilayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sertifikatlashtirilgan bo‘lishi hamda ekspluatatsiya hujjatlariga qat’iy muvofiq ravishda foydalanilishi kerak.

24. Tizim foydalanuvchisining axborot xavfsizligi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlar dasturiy-apparat ta’minoti choralari bilan amalga oshiriladi hamda quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

elektron hujjatlar va (yoki) ma’lumotlarning tarqalib ketishi, o‘g‘irlanishi, yo‘qolishi, buzib talqin etilishi, to‘sib qo‘yilishi, qalbakilashtirilishi va elektron hujjatlar va (yoki) ma’lumotlardan boshqacha tarzda ruxsatsiz erkin foydalanilishi hamda ulardan nusxalar ko‘chirishning oldini olish;

Tizim foydalanuvchilarining Tizimdagi ma’lumotlardan, dasturiy resurslardan Tizim foydalanuvchilarining lavozim yo‘riqnomalaridan kelib chiqib, cheklangan tarzda foydalanish;

Tizimdan foydalanilganda antivirus himoyasini ta’minlash.

Axborot xavfsizligi qonun hujjatlari va ushbu Reglament talablarini inobatga olgan holda, Tizim foydalanuvchisining ichki qoidalariga muvofiq boshqa erkin foydalanishdagi vositalar bilan ham ta’minlanishi mumkin.

25. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlar qonun hujjatlari hamda ushbu Reglament talablarini inobatga olgan holda, ushbu qoidalar buzilishining oldini olish va buzilganligi uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi Axborot xavfsizligi hamda Tizimdan foydalanish qoidalarini ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar.

26. Tizim foydalanuvchilari qonun hujjatlarida belgilangan holatlarda va tartibda axborotning kriptografik himoyasini amalga oshiradilar.

27. Tizim foydalanuvchilarining Tizimda elektron hujjatlar va (yoki) ma’lumotlar almashinishiga doir hamkorligi telekommunikatsiya xizmatlari vositasida yoxud qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa usullar bilan amalga oshiriladi.

28. Tizim foydalanuvchilari elektron hujjatlar va (yoki) ma’lumotlar almashilganda qonun hujjatlari talablariga muvofiq keluvchi elektron raqamli imzo sertifikatlaridan foydalanadilar.

29. Elektron hujjat va (yoki) ma’lumot agar ular bevosita elektron hujjat va (yoki) ma’lumot jo‘natuvchisi tomonidan yuborilgan bo‘lsa, ular yuborilgan deb hisoblanadi.

Elektron hujjat va (yoki) ma’lumot uning tegishli Tizim foydalanuvchisiga kelib tushgan paytidan boshlab qabul qilib olingan deb hisoblanadi.

30. Axborot almashishni unifikatsiyalash va standartlashtirish maqsadida Tizim foydalanuvchilarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari Tizim foydalanuvchilari tomonidan qabul qilib olingan elektron hujjat va (yoki) ma’lumotlarni anglash va qayta ishlash imkonini ta’minlash maqsadlarida, har bir Tizim foydalanuvchisi tomonidan alohida foydalaniladigan, belgilangan ma’lumotlar formatlarini hamda elektron hujjat va (yoki) ma’lumotlar formatini konvertatsiya qilish imkonini berishi kerak.

31. Elektron hujjat va (yoki) ma’lumotlar Tizimda “Elektron hukumat” tizimi doirasida idoralararo hamkorlik va ma’lumotlar almashinuviga doir davlat standartlari bilan belgilanadigan yoki Tizim tomonidan foydalanishga yo‘l qo‘yilgan, barcha Tizim foydalanuvchilari uchun umumiy yagona standart formatga ega bo‘lishi kerak.

32. Tizim foydalanuvchilari harakatlarini amalga oshirish uchun Tizim tomonidan foydalaniladigan ma’lumotlar formatiga konvertatsiya qilinadigan axborotni o‘z ichiga olgan elektron hujjat va (yoki) ma’lumotlar bilan almashinadilar.

33. Mazkur elektron hujjatlar formatlarida mazkur axborotni Tizim foydalanuvchilari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari o‘qiy olish imkonini ta’minlovchi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishga doir harakatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan minimal axborot mavjud bo‘ladi.

6-bob. Tizim foydalanuvchilarining huquq va majburiyatlari

34. Tizim foydalanuvchilari quyidagi huquqlarga ega:

qonun hujjatlari va ushbu Reglamentda belgilangan holatlarda va tartibda elektron hujjat va (yoki) ma’lumotlarni jo‘natish va olish;

ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlardan ular tomonidan ularga jo‘natilgan elektron hujjat va (yoki) ma’lumotlar qabul qilib olinganligi tasdig‘ini so‘rash.

Tizim foydalanuvchilarining qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlari ham bo‘lishi mumkin.

35. Tizim foydalanuvchilari quyidagi majburiyatlarga ega:

Tizimning uzluksiz ishlashini ta’minlashga ko‘maklashish;

elektron hujjatlar almashinishida foydalaniladigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini lozim darajadagi ishchi holatida saqlab turish;

Tizim foydalanuvchisini tayinlash to‘g‘risidagi buyruq qabul qilingandan keyingi kundan kechiktirmasdan, Tizimda mavjud bo‘lgan ma’lumotlardan foydalanish darajasi va mazkur Tizim foydalanuvchisida elektron raqamli imzo sertifikati mavjudligi to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga olgan shunday buyruqning asl nusxasini ta’minot guruhiga taqdim etish.

Tizim foydalanuvchilarining qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlari ham bo‘lishi mumkin.

36. Tizim foydalanuvchisi tomonidan uning lavozim yo‘riqnomasida nazarda tutilgan o‘z vazifalari va funksiyalari bajarilishini belgilangan tartibda yakunlaganda, shu jumladan boshqa ishga o‘tganda, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlar zudlik bilan ta’minot guruhini bu haqda yozma ravishda xabardor qilishlari shart. Bunda ta’minot guruhi zudlik bilan bunday Tizim foydalanuvchisini Tizimdan butunlay cheklab qo‘yishi shart.

37. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatdan o‘tkazish markazi tomonidan elektron raqamli imzo ochiq kaliti sertifikatining amal qilishi vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yilganda yoki bekor qilinganda Tizim avtomatik tarzda Tizim foydalanuvchisining Tizimdan erkin foydalanish imkoniyatini to‘sib qo‘yadi va bu haqda ta’minot guruhini darhol xabardor qiladi.

38. Elektron hujjat va (yoki) ma’lumotlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanishi lozim.

7-bob. Yakunlovchi qoidalar

39. Ushbu Reglament talablariga rioya etmaslik natijasida tadbirkorlik subyektiga zarar yetkazish tegishli ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarning javobgarligiga olib keladi.

40. Shtempel-o‘ymakorlik tashkilotlari muhr va shtamplar tayyorlashni qonun hujjatlari talablariga muvofiq, muhr va shtamplarda ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomada ko‘rsatilgan firma nomi, tashkiliy-huquqiy shakli ko‘rsatilishini ta’minlagan holda amalga oshirishlari shart.

41. Ishchilari tizim foydalanuvchisi elektron raqamli imzodan foydalanishga vakolatli bo‘lmagan ro‘yxatdan o‘tkazish organlari va vakolatli tashkilotlar, shuningdek elektron raqamli imzodan o‘z manfaatlari yoki uchinchi shaxslar manfaatlari uchun foydalangan Tizim foydalanuvchilari qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.

42. Ro‘yxatdan o‘tkazish organlari va vakolatli tashkilotlar tegishli Tizim foydalanuvchilari tomonidan amalga oshirilgan harakatlar yuzasidan javobgar bo‘ladilar.

43. Tizim foydalanuvchilari telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanilganda operator va (yoki) provayder aybi bilan elektron hujjatlar va (yoxud) ma’lumotlarni jo‘natishda (olishda) yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan to‘xtalishlar uchun javobgar bo‘lmaydi.

44. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.

Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi reglamentiga


ILOVA

Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlar tomonidan tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimiga kiritiladigan (yuklanadigan) ma’lumotlar va hujjatlar

RO‘YXATI

Oldingi tahrirga qarang.



T/r

Tizimga kiritiladigan (yuklanadigan) hujjatlar va ma’lumotlar

Ma’lumotlarning Tizimga kiritilishini amalga oshiruvchi organlar

Hujjatlar, ma’lumotlar va ularning rekvizitlarini Tizimga kiritish muddatlari

1.

Hokimning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkasi berish to‘g‘risidagi qarori.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri va tumanlar (shaharlar) hokimliklari

qaror qabul qilingandan so‘ng, lekin u ariza beruvchiga berilishidan kechiktirmasdan

2.

Bozor tashkil qilishga yer uchastkasi ajratish to‘g‘risidagi qaror.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri va tumanlar (shaharlar) hokimliklari

qaror qabul qilingandan so‘ng, lekin u ariza beruvchiga berilishidan kechiktirmasdan

3.

Yakka tartibdagi tadbirkorni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga arizaning shakli va mazmuni.

Adliya vazirligi

qonun hujjatlari shakli va mazmuni o‘zgartirilgandan so‘ng ikki kun muddatda

4.

Yangidan tuzilayotgan yuridik shaxsni (tadbirkorlik subyektini) davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga arizaning shakli va mazmuni.

Adliya vazirligi

qonun hujjatlari shakli va mazmuni o‘zgartirilgandan so‘ng ikki kun muddatda

5.

Yakka tartibdagi tadbirkorning ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlaridagi o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga arizaning shakli va mazmuni.

Adliya vazirligi

qonun hujjatlari shakli va mazmuni o‘zgartirilgandan so‘ng ikki kunlik muddatda

6.

Yuridik shaxsning (tadbirkorlik subyektining) ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlaridagi o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga arizaning shakli va mazmuni.

Adliya vazirligi

qonun hujjatlari shakli va mazmuni o‘zgartirilgandan so‘ng ikki kun muddatda

7.

O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari — yuridik shaxslari ishtirokida chet elda tashkil etilgan tashkilot to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Tashqi savdo vazirligi

tashkilot chet elda tashkil etilgandan so‘ng ikki kun muddatda

8.

Chet ellik yuridik yoki jismoniy shaxsning ulushini (hissasini) sotishdan olingan daromadlarda, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i yoki jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘langanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ulushi (hissasi)ning O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tgan yuridik shaxsga sotilishi holatlari bundan mustasno.

Davlat soliq qo‘mitasi

ta’sis hujjatlariga chet el yuridik yoki jismoniy shaxsining ulushini (hissasini) sotishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi ariza kelib tushgan paytdan boshlab bir ish kuni mobaynida

9.

Mol-mulki va (yoki) muassislari mavjud bo‘lmagan tashkilotni tugatish to‘g‘risidagi taqdimnoma.

Davlat soliq qo‘mitasi

tegishli taqdimnoma jo‘natilgandan so‘ng ikki ish kuni mobaynida

10.

Mol-mulki bor bo‘lgan va (yoki) muassislari aniqlangan, qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda moliyaviy-xo‘jalik faoliyatni amalga oshirmagan tashkilot faoliyati kelgusida davom ettirilishining maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi so‘rovnoma.

Davlat soliq qo‘mitasi

tegishli so‘rovnoma yuborilgandan so‘ng ikki ish kuni mobaynida

11.

Maxsus komissiyaning qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda moliyaviy-xo‘jalik faoliyatni amalga oshirmagan tashkilot faoliyati kelgusida davom ettirilishining maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi qarori (xulosasi) qabul qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Davlat soliq qo‘mitasi

maxsus komissiya qarori olingandan so‘ng uch ish kuni mobaynida

12.

Litsenziyaning amal qilishi vaqtinchalik to‘xtatilgani, bekor qilingani va tugatilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni inobatga olgan holda, baholash tashkiloti to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

litsenziya berilgandan, amal qilishi vaqtinchalik to‘xtatilgandan, bekor qilingandan va tugatilgandan so‘ng ikki ish kuni mobaynida

13.

Ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) sotib olish bo‘yicha bitimni amalga oshirishga, shuningdek birlashtirish va qo‘shib yuborishga dastlabki rozilik berilganligi to‘g‘risidagi qarorlar.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

qaror qabul qilingandan so‘ng, lekin u ariza beruvchiga berilishidan kechiktirmasdan

14.

Qonun hujjatlariga muvofiq ma’muriy-hududiy birliklarga tegishliligicha Respublikadagi geografik obyektlarning (viloyatlar, tumanlar, shaharlar, posyolkalar, qishloqlar, ovullar), aholi punktlari va ularning tarkibiy qismlariga (mahallalar, shoh ko‘chalar, ko‘chalar, maydonlar, oromgohlar, skvyerlar) va shular kabi boshqa obyektlarning nomlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi

geografik obyektlarga nom berish va nomini o‘zgartirish to‘g‘risidagi hujjatlar olingandan so‘ng besh ish kuni mobaynida

15.

Matbaa korxonasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, matbaa korxonasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi vaqtinchalik to‘xtatilgani, bekor qilingani va tugatilgani haqidagi ma’lumotlarni inobatga olgan holda.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

guvohnoma berilgandan, amal qilishi vaqtinchalik to‘xtatilgandan, bekor qilingandan va tugatilgandan so‘ng ikki ish kuni mobaynida

16.

Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi

emissiya davlat ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng o‘n ish kuni mobaynida

17.

Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining tugatilayotgan aksiyadorlik jamiyati aksiyalari chiqarilishining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi bekor qilinganligi to‘g‘risidagi qarori haqidagi ma’lumotlar.

Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi

qaror qabul qilingandan so‘ng uch ish kuni mobaynida, lekin u ariza beruvchiga berilishidan kechiktirmasdan

18.

O‘z ustav fondini shakllantirmagan aksiyadorlik jamiyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi

ustav fondini shakllantirish muddati tugagandan so‘ng besh ish kuni mobaynida

19.

Banklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, bank faoliyatini amalga oshirishga berilgan litsenziyaning amal qilish vaqtinchalik to‘xtatilgan, bekor qilingan va tugatilgani haqidagi ma’lumotlarni inobatga olgan holda.

Markaziy bank

litsenziya berilgandan, amal qilishi �aqtinchalik to‘xtatilgandan, bekor qilingandan va tugatilgandan so‘ng ikki ish kuni mobaynida

20.

Bank hisobvaraqlarini ochish tartibi, muddatlari va bahosi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Markaziy bank

qonun hujjatlariga muvofiq hisobvaraqlarni ochish tartibi, muddatlari va bahosi o‘zgargandan so‘ng o‘n ish kuni mobaynida

21.

Moliyaviy-xo‘jalik faoliyatni amalga oshirmayotgan tashkilotlar to‘g‘risidagi axborot.

Davlat soliq qo‘mitasi

(davlat soliq xizmatining hududiy organlari)



tijorat banklaridan tegishli ma’lumot olingandan so‘ng ikki ish kuni mobaynida

22.

Yuridik shaxs — tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma.

Tegishli ro‘yxatdan o‘tkazish organlari

davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda avtomatik tarzda

23.

Yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma.

Tegishli ro‘yxatdan o‘tkazish organlari

davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda avtomatik tarzda

24.

Qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda o‘z ustav fondini shakllantirmagan tashkilotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Tegishli ro‘yxatdan o‘tkazish organlari

aniqlangandan so‘ng ikki ish kuni mobaynida

25.

Qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda o‘z ustav fondini shakllantirmagan tashkilot faoliyati kelgusida davom ettirilishining maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi so‘rovnoma.

Tegishli ro‘yxatdan o‘tkazish organlari

joylardagi davlat hokimiyati organlari huzuridagi maxsus komissiyalarga tegishli so‘rovnoma yuborilgandan so‘ng ikki ish kuni mobaynida

26.

Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar tomonidan muassislari mavjud bo‘lmagan tashkilotni tugatish jarayonini boshlash to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Tegishli ro‘yxatdan o‘tkazish organlari

tugatish jarayoni boshlangandan so‘ng ikki ish kuni mobaynida

27.

Maxsus komissiyaning qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda o‘z ustav fondini shakllantirmagan tashkilot faoliyati kelgusida davom ettirilishining maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qabul qilgan qarori haqidagi ma’lumotlar.

Tegishli ro‘yxatdan o‘tkazish organlari

maxsus komissiya qarori olingandan so‘ng ikki ish kuni mobaynida

28.

Tashkilot muassislariga (ishtirokchilariga) asoslari ko‘rsatilgan holda ixtiyoriy tugatishni amalga oshirish to‘g‘risidagi xabarnoma.

Tegishli ro‘yxatdan o‘tkazish organlari

xabarnoma yuborilgandan so‘ng ikki ish kuni mobaynida

29.

Iqtisodiy sudga tashkilotni tugatish to‘g‘risidagi da’vo arizasi yuborilganligi haqidagi ma’lumotlar.

Tegishli ro‘yxatdan o‘tkazish organlari

da’vo yuborilgandan so‘ng ikki ish kuni mobaynida

30.

Tashkilotni tugatish jarayonining boshlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Tegishli ro‘yxatdan o‘tkazish organlari

tashkilotni tugatish qarori to‘g‘risida xabarnoma olingan kunda

31.

Tugatilganligi munosabati bilan tashkilotni Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan chiqarib tashlash to‘g‘risidagi yozuv.

Tegishli ro‘yxatdan o‘tkazish organlari

chiqarib tashlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan kunda

32.

Davlat bojlari stavkalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Davlat bojlari va yig‘imlarini undiruvchi vakolatli organlar

qonun hujjatlari bilan davlat bojlari va yig‘imlari stavkalari o‘zgartirilgandan so‘ng ikki ish kuni mobaynida

33.

Yig‘imlarning stavkalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

34.

Shtempel-o‘ymakorlik korxonasi tomonidan tayyorlangan muhr va shtampning skaner qilingan izi.

Shtempel-o‘ymakorlik korxonalari

muhr va shtamp tayyorlangandan so‘ng, lekin u ariza beruvchiga berilishidan kechiktirmasdan

35.

Shtempel-o‘ymakorlik korxonasi, muhr va shtamp tayyorlangan tadbirkorlik subyektining STIRi, shuningdek ularni yasash sanasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Shtempel-o‘ymakorlik korxonalari

muhr va shtamp tayyorlangandan so‘ng, lekin u ariza beruvchiga berilishidan kechiktirmasdan

36.

Yuridik shaxsning — tadbirkorlik subyektining ustav fondiga ulush sifatida kiritilayotgan mol-mulk baholanganligi to‘g‘risidagi hisobot.

Baholovchi tashkilotlar

hisobot tayyorlangandan so‘ng, �ekin u ariza beruvchiga berilishidan kechiktirmasdan

*Izoh. Ko‘rsatilgan ma’lumotlar va hujjatlarni rasmiylashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qaroriga


4-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2017-yil 1-apreldan boshlab kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar

Oldingi tahrirga qarang.



(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)

2. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 130-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 3-son, 10-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida soliq to‘lovchilarning identifikatsiya raqamlarini berish va qo‘llash tizimi to‘g‘risidagi nizomda:

a) 2-bandda:

quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi qo‘shilsin:

“qonun hujjatlarida belgilangan o‘z vazifalari va funksiyalarini bajarishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar o‘rtasida tadbirkorlik subyektlariga — jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan axborotlar almashishni unifikatsiya qilish”;

yettinchi xatboshi sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin;

b) 5-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:

“STIR aniq vaqt rejimida, yangidan tashkil etilayotgan yuridik shaxslarga, shuningdek xorijiy yuridik shaxslarni, xorijiy fuqarolarni va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni tadbirkorlik subyektlari sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yoki soliq majburiyatlari paydo bo‘lganda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda beriladi”;

v) 6-bandda:

quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qo‘shilsin:

“ruxsat berish tusidagi, shu jumladan “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasida ko‘rsatilgan ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tgandan keyin beriladigan barcha hujjatlarda”;

uchinchi — to‘qqizinchi xatboshilar tegishli ravishda to‘rtinchi-o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin;

g) 12-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“12. Soliq to‘lovchilarga — yuridik shaxslarga soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasida ular tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasida ro‘yxatdan o‘tkazish shaklini to‘ldirayotganda ko‘rsatilgan soliq to‘lovchining ma’lumotlari asosida beriladi”;

d) 16-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:

“Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarda identifikatsiya raqamini aniq va tushunarli qilib qayd etishlari shart”;

e) 17-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“17. Yuridik shaxs bo‘lmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi soliq to‘lovchilarga — jismoniy shaxslarga indentifikatsiya raqami O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasida ushbu Nizomning 5-bandi ikkinchi xatboshiga muvofiq beriladi”;

j) 23-banddagi “noto‘g‘ri va noaniq deklaratsiya qilinishi” so‘zlari “noto‘g‘ri va noaniq ko‘rsatilishi” so‘zlari bilan almashtirilsin.

3. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 71-modda) bilan tasdiqlangan Ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:

a) 26-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“26. Yakka tartibdagi tadbirkorni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma tijorat maqsadi uchun ularning o‘zi olib kirayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.

Bunda import qilingan tovarlarni sotish ushbu guvohnoma mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi”;

b) 41-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“41. Import tovarlar savdosini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkor tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluvchi yakka tartibdagi tadbirkor sifatida, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lishi kerak va uning tovarlarni respublika hududiga olib kelganligi faktini va ularning bojxonada rasmiylashtirilganligini, muvofiqlik sertifikatlari mavjudligini, bojxona to‘lovlari va belgilangan soliq to‘langanini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lishi shart”;

v) 46-banddagi “davlat soliq inspeksiyasi tomonidan tadbirkorlik faoliyati uchun tovar keltiruvchi, yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida” so‘zlari “tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlar olib keluvchi yakka tartibdagi tadbirkor sifatida” so‘zlari bilan almashtirilsin.

4. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-iyuldagi 216-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 7-son, 58-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik shaxs bo‘lmasdan oilaviy tadbirkorlik hamda hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 9-bandiga quyidagi mazmundagi jumla qo‘shilsin:

“Shogird ushbu Nizomning 14-bandi talablariga rioya etgan taqdirda bir necha hunarmandlarda buyumlar yoki tovarlarni tayyorlash (ishlar, xizmatlarni bajarish) bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishga haqlidir”.

5. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 25-sentabrdagi 274-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 9-son, 70-modda) bilan tasdiqlangan Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri to‘g‘risidagi nizomda:

a) 3-bandning to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“statistika registrlarini hamda statistika kuzatuvlari obyektlari ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va muntazam yangilab borish”;

b) 18-bandning to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“KTYADRdagi ma’lumotlar — yuridik shaxsga unga berilgan statistika kodlari, ularning o‘zgarishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar”.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qaroriga


5-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2017-yil 1-apreldan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadigan ayrim qarorlari

ro‘yxati

1. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish tartibotlari tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 72-modda).



2. Vazirlar Mahkamasining “Tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluvchi jismoniy shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 12-avgustdagi 387-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 8-son, 80-modda).

3. Vazirlar Mahkamasining “Tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2004-yil 2-sentabrdagi 413-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 9-son, 89-modda).

4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2005-yil 11-fevraldagi 59-son qaroriga 1-ilovaning 12-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 2-son, 6-modda).

5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qaroriga 1-ilovaning 62 va 65-bandlari (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 9-10-son, 48-modda).

6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2005-yil 11-oktabrdagi 224-son qaroriga 1-ilovaning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 9-10-son, 54-modda).

7. Vazirlar Mahkamasining “Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri davlat institutini tashkil etish to‘g‘risida” 2006-yil 6-fevraldagi 14-son qaroriga 6-ilovaning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 6-7-son, 33-modda).

8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ulgurji va chakana savdoni liberallashtirish hamda uni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 23-fevraldagi PF–3722-son Farmoni)” 2006-yil 29-maydagi 99-son qaroriga ilovaning 16-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 39-modda).

9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 21-apreldagi PQ–331-son qarori)” 2006-yil 6-iyuldagi 130-son qaroriga ilovaning 12-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 7-son, 48-modda).

10. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish tartibotlari tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatiga olish va hisobga qo‘yishning xabardor qilish tartibini joriy etish to‘g‘risida” 2006-yil 24-maydagi PQ–357-son qarori)” 2006-yil 7-avgustdagi 162-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 8-son, 60-modda).

11. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” (“Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ–59-son Qonuni)” 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga 1-ilovaning 58-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 11-son, 86-modda).

12. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 10-apreldagi PQ–618-son qarori)” 2007-yil 21-maydagi 105-son qaroriga ilovaning 3-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 5-son, 31-modda).

13. Vazirlar Mahkamasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2008-yil 29-dekabrdagi 284-son qaroriga 3-ilovaning 3-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 12-son, 70-modda).

14. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2009-yil 27-fevraldagi PQ–1062-son qarori)” 2009-yil 11-martdagi 63-son qaroriga 1-ilovaning 15, 17 va 18-bandlari (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 3-son, 20-modda).

15. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 15-maydagi PQ–1112-son qarori)” 2009-yil 5-iyundagi 152-son qarorining 3-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 6-son, 41-modda), shuningdek qarorga ilovaning 3, 4 va 5-bandlari.

16. Vazirlar Mahkamasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq axborotni berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2009-yil 12-oktabrdagi 272-son qaroriga 3-ilovaning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 9-10-son, 66-modda).

17. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi “Baholash faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–257-sonli Qonuni)” 2010-yil 9-noyabrdagi 248-son qaroriga ilovaning 9-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 11-son, 58-modda).

18. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2011-yil 1-apreldagi 98-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 4-son, 23-modda).

19. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 12-maydagi PQ–1529-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Davlat boji stavkalari haqida” 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qaroriga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2011-yil 18-maydagi 140-son qarori)” 2011-yil 27-iyundagi 190-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 6-son, 57-modda).

20. Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik faoliyati sohasida ruxsat berish tartibotlari va davlat nazorati tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2011-yil 29-iyuldagi 222-son qaroriga 4-ilovaning 1-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 7-son, 67-modda).

21. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2011-yil 24-avgustdagi PF–4354-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 25-avgustdagi PQ–1604-son qarori)” 2011-yil 2-noyabrdagi 294-son qaroriga ilovaning 23, 26 va 27-bandlari (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 11-son, 85-modda).

22. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida” 2012-yil 26-apreldagi O‘RQ–327-sonli Qonuni)” 2012-yil 19-iyuldagi 225-son qaroriga ilovaning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 7-son, 57-modda).

23. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 18-iyuldagi PF–4455-son Farmoni)” 2012-yil 31-iyuldagi 232-son qaroriga ilovaning 4 va 7-bandlari (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 7-son, 59-modda).

24. Vazirlar Mahkamasining “Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2012-yil 28-avgustdagi 253-son qaroriga 3-ilovaning 7 va 8-bandlari (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 8-son, 61-modda).

25. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 16-iyuldagi PF–4453-son Farmoni)” 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga 1-ilovaning 40 va 70-bandlari (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 11-son, 79-modda).

26. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy shaxslarga xorijiy valyutani sotish tartibini yanada liberallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 30-yanvardagi PQ-1914-son qarori)” 2013-yil 29-martdagi 91-son qaroriga 1-ilovaning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 3-son, 22-modda).

27. Vazirlar Mahkamasining “Yer uchastkalarini tanlash bo‘yicha materiallarni vakolatli tashkilotlar bilan kelishish, shuningdek qurilish sohasida ruxsatnomalar berish tartibotlarini amalga oshirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 4-iyundagi 154-son qaroriga 3-ilovaning 1-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 6-son, 35-modda).

28. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 20-avgustdagi 230-son qarori)” 2013-yil 23-oktabrdagi 287-son qaroriga ilovaning 1-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 10-son, 76-modda).

29. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Yagona qurilish reglamenti tizimini shakllantirish to‘g‘risida” 2013-yil 20-avgustdagi 229-son qarori)” 2013-yil 24-oktabrdagi 288-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 10-son, 77-modda).

30. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlarini Internet tarmog‘i orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mexanizmini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 25-noyabrdagi 312-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 11-son, 84-modda).

31. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2014-yil 7-yanvardagi 1-son qarori)” 2014-yil 3-iyundagi 138-son qaroriga ilovaning 8-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 6-son, 56-modda).

32. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kadastr hujjatlarini tayyorlash bo‘yicha davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori)” 2014-yil 6-noyabrdagi 309-son qaroriga ilovaning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 11-son, 114-modda).

33. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 31-dekabrdagi 377-son qaroriga ilovaning 21-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 12-son, 138-modda).

34. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida” 2015-yil 4-fevraldagi PF-4702-son Farmoni)” 2015-yil 27-iyundagi 171-son qaroriga ilovaning 57-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 6-son, 51-modda).

35. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 15-maydagi PF–4725-son Farmoni)” 2015-yil 20-iyuldagi 198-son qaroriga ilovaning 2 va 3-bandlari (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 7-son, 62-modda).

36. Vazirlar Mahkamasining “Xususiy tadbirkorlar tomonidan xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2015-yil 31-iyuldagi 219-son qaroriga 2-ilovaning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 7-son, 65-modda).

37. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2015-yil 3-iyundagi O‘RQ–387-sonli hamda “Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risida” 2015-yil 25-avgustdagi O‘RQ–392-sonli qonunlari)” 2015-yil 23-sentabrdagi 274-son qaroriga ilovaning 8-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 9-son, 84-modda).

38. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida” 2013-yil 26-dekabrdagi O‘RQ–360-sonli hamda “Soliq va budjet siyosatining 2016-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2015-yil 31-dekabrdagi O‘RQ–398-sonli qonunlari)” 2016-yil 26-apreldagi 122-son qaroriga 1-ilovaning 59 va 75-bandlari (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 4-son, 28-modda).

39. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 8-apreldagi PQ-2517-son “Meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari uyushmasi — “O‘zbekoziqovqatzaxira”ni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori)” 2016-yil 29-iyundagi 219-son qaroriga 1-ilovaning 3-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 6-son, 63-modda).

40. Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiy faoliyat turlarini tasniflashning xalqaro tizimiga o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 24-avgustdagi 275-son qaroriga 2-ilovaning 1-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 8-son, 81-modda).
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 7-son, 89-modda, 29-son, 693-modda, 33-son, 863-modda, 38-son, 1049-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095; 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son; 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2018-y., 09/18/934/2197-son, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 08.05.2020-y., 09/20/273/0552-son, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)

Download 305.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling