Tadbirkorlik tushunchasi


Download 12.7 Kb.
Sana25.05.2020
Hajmi12.7 Kb.
#109970
Bog'liq
Tadbirkorlik


Tadbirkorlik tushunchasi

Tadbirkorlik (tadbirkorlik faoliyati) — qonun hujjatlariga muvofiq daromad (foyda) olishga qaratilgan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) yo‘li bilan tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida amalga oshiriladigan tashabbuskor faoliyat.

Tadbirkor — yuridik shaxs tashkil etgan holda ham, tashkil etmasdan ham tadbirkorlik faoliyati bilan doimiy asosda shug‘ullanuvchi jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor).

Yakka tartibdagi tadbirkorlikning turlari

Yakka tartibdagi Tadbirkorlik shaxsiy Tadbirkorlik (bir shaxsning tadbirkorligi) va birgalikdagi Tadbirkorlik (shaxslar guruhining tadbirkorligi) turlariga bo‘linadi.



Shaxsiy tadbirkorlik (bir shaxsning tadbirkorligi)

Shaxsiy tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkorning o‘zi tomonidan mulk huquqida, shuningdek mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo‘l qo‘yadigan o‘zga ashyoviy huquq tufayli o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulk negizida mustaqil ravishda amalga oshiriladi.



Shaxsiy tadbirkorlikni amalga oshirish uchun er-xotindan biri er-xotinning umumiy birgalikdagi mol-mulkidan foydalangan hollarda, agar qonunlarda yoki nikoh shartnomasida yoxud er-xotin o‘rtasidagi o‘zga kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, erning (xotinning) roziligi talab qilinadi
Download 12.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling