"Tadbirkorlik va boshqaruv" fakulteti 3I-20 guruh talabasi
Davlat budjeti xarajatlari
Download 133.78 Kb.
|
09.03.2022 maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat budjeti xarajatlari (YaIM ga nisbatan % da)
Davlat budjeti xarajatlari.
Davlat budjeti xarajatlari davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining moddiy mazmunini aks ettiradi. O’zbekiston Respulikasi davlat budjeti xarajatlarining keyingi yillardagi tarkibiy tahlillari ko’rsatadiki, xarajatlar nominal mazmunda (mutlaq ko’rsatkichlarida) ortib borayotganligi kuzatishimiz mumkin. Lekin, uning yalpi ichki mahsulotga nisbatan salmog’ining kamayib borish tendensiyasi kuzatilmoqda. Shu bilan bir qatorda davlat budjeti xarajatlari tarkibida ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy himoyalash xarajatlarining izchil ravishda ortib borayotganligi davlatimiz tomonidan kuchli ijtimoiy siyosatning moliyaviy asoslarini shakllantirilayotganligini kuzatishimiz mumkin. Buni quyidagi jadval ma‘lumotlaridan ko’rishimiz mumkin. Davlat budjeti xarajatlari (YaIM ga nisbatan % da) 2010-2018 yillardagi davlat moliyasi tizimi barqarorligini ta‘minlash bo’yicha islohotlardagi muhim qadamlardan biri bu bir nafar o’quvchiga (tarbiyalanuvchiga) xarajatlarning bazaviy me‘yorlaridan kelib chiqqan holda maktabgacha tarbiya bolalari muassasalari, umumta‘lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining budjetini rejalashtirish va xarajatlarini moliyalashtirish tartibini joriy etilganligi va 2010 yildan boshlab ushbu tartibni respublikaning barcha hududlaridagi mazkur muassasalarga tatbiq etilgani hisoblanadi. Natijaga yo’naltirilgan budjetlashtirishning ushbu elementi budjet muassasalarining moliyaviy mustaqilligini oshirilishini ta‘minlab xarajatlarning manzilli va maqsadli sarflanishi uchun sharoit yaratilishiga olib kelmoqda. Ushbu islohotlarning samarali natijalariga erishishda davlat budjeti xarajatlarining hissasi yuqori bo’lmoqda. Davlat budjeti ijrosining g’aznachilik tizimini joriy etilishi natijasida keyingi yillarda davlat budjeti pofitsit bilan ijro etilmoqda. Bunda rejalashtirilgan budjet xarajatlarini manzilli va maqsadli sarflanishini ta‘minlanishi natijasida xarajatlarning maksimal iqtisod qilinishi ta‘minlanmoqda. Download 133.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling