Tadbirkorlik va boshqaruv” fakulteti “Moliya va bank ishi” kafedrasi


I.Kirish…………………………………………………………...………………..4 II.Asosiy qism


Download 256.08 Kb.
bet2/8
Sana18.06.2023
Hajmi256.08 Kb.
#1555739
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Abdusalomov Samariddin kurs ishi (2)

I.Kirish…………………………………………………………...………………..4
II.Asosiy qism
2.1.Asosiy vositalarning harakati to’g’risidagi hisobotning mazmuni va ahamiyati…………………….……………………………………………………..5
2.2.Asosiy vositalarning harakati to’g’risidagi hisobotning me’yoriy asoslari...…13
2.3“Asosiy vositalarning harakati to’g’risida hisobot”ni tuzish va to’ldirish tartibi……………………………………………………………………………....18
III.Xulosa……...…………..……………………………………………………...21
IV.Foydalanilgan adabiyotlar…………...……………………………………...23
V.Ilovalar………………………………………………...……………………….25

Kirish
Korxonalarning ishlab chiqarish jarayonini asosiy vositalarsiz tasavvur qilish qiyin. Chunki ular mehnat unumdorligini oshirishning asosiy manbai, mahsulot sifatining talab darajasida bo’lishini ta’minlovchi omil hisoblanadi.
Ayniqsa bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatchilar o’rtasidagi kurashda asosiy vositalarning tarkibiy qismi hisoblangan zamonaviy texnika va texnologiyalarsiz muvaffaqiyatlarga erishish qiyin. Shu bilan birgalikda zamonaviy takomillashgan asosiy vositalarni amaliyotga qo’llash ilmiy texnika progressining eng so’nggi yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy qilinishini ta’minlaydi. Bu o’z navbatida ilm-fan yutuqlarini amaliyotga qo’llash va ular o’rtasidagi aloqalarni rivojlantirishni ta’minlaydi.
Asosiy vositalar har bir sikldan so’ng ishlab chiqarish sohasini tark etmay, mehnat jarayonida o’z natura ashyoviy shaklini saqlab qolishi bilan tavsiflanadi. Ularning qiymati mahsulotga bir yo’la emas, balki qismlab o’tadi. Ammo shunday mehnat vositalari ham borki, ular o’z iqtisodiy mazmuniga ko’ra mehnat quroli hisoblanadi. Biroq asosiy vositalar tarkibiga kirmaydi, balki aylanma mablag’lar tarkibida hisobga olinadi. Asosiy vositalar ishlab chiqarish jarayonida qatnashishiga qarab ularni asosiy vositalarning aktiv va passiv qismlarga ajratiladi. Asosiy vositalarning aktiv qismiga mashina va uskunalar (kuch hamda ishchi mashina va uskunalar, o’lchov hamda to’g’rilash asboblari va qurilmalari, laboratoriya uskunalari, hisoblash texnikasi, boshqa mashina va uskunalar), shuningdek transport vositalari kiritiladi.
Asosiy vositalarning aktiv qismini aniqlashda ularning mahsulot hajmining o’sishiga, mehnat unumdorligining ortishiga bevosita ta’sir etishini ham e’tiborga olish lozim. Asosiy vositalarning passiv qismi ishlab chiqarish jarayoni uchun sharoit yaratuvchi ishlab chiqarishning infratuzilmasining binolari va inshootlarini o’z ichiga oladi.



Download 256.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling