Tadbirkorlik va boshqaruv” fakulteti “Moliya va Bank ishi” kafedrasi


Xususiy kapital to’g’risidagi hisobotning mazmuni va mohiyati


Download 163.48 Kb.
bet2/6
Sana16.06.2023
Hajmi163.48 Kb.
#1507449
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Humoyiddin kurs ishi

1.Xususiy kapital to’g’risidagi hisobotning mazmuni va mohiyati
Korxonalar o’z faoliyatlarini uzluksiz davom ettirishlari uchun mehnat vositalari, predmetlari va ishchi kuchlariga ega bo’lishi lozim. Ular bilan ta’minlash uchun korxonada mablag’lar mavjud bo’lishi zarur. Ushbu mablag’lar bilan ta’minlash manbai o’z mablag’lari va jalb qilingan mablag’lar hisobidan amalga oshiriladi.
O’z mablag’lari manbai keng qamrovli tushuncha bo’lib, u bir qancha ko’rsatkichlar majmuidan iboratdir:
Ustav kapitali.

  1. Rezerv kapitali.

  2. Qo’shilgan capital.

  3. Тaqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar).

  4. Maqsadli tushum va fondler.

  5. Kelgusi davr sarflari va to’lovlar uchun rezervlar.

O’z mablag’lar manbaining asosini, xususiy kapital tashkil etadi. Хususiy kapital ham kapital ham o’z navbatida bir qancha ko’rsatkichlar majmuidan tashkil topgan bo’lib, uning shakllanishishi ushbu omillar asosida belgilanadi, ya’ni:
ustav kapitali;
rezerv kapitali;
qo’shilgan kapital;
taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) va boshqalar.
O’zbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonunning 14-moddasida «Хususiy kapital-ustav kapitali, qo’shilgan va rezerv kapitalidan hamda taqsimlanilmagan foydadan tarkib topadi» deb ko’rsatilgan. O’z mablag’lar manbai tarkibiga kiruvchi ayrim ko’rsatkichlar (maqsadli tushum va fondlar, kelgusi davr sarflari va to’lovlar uchun rezervlar, kelgusi davr daromadlari) mohiyatiga ko’ra xususiy kapital ko’rsatkichlari bilan bir xildir. Shu sababli, xususiy kapital hisobi ular bilan birga olib boriladi va ularni mablag’larining manbai sifatida qarashi inkor qilinmaydi.
Хususiy kapitalning shakllanishi–xo’jalik jarayonini yuritish maqsadida jalb qilingan xususiy mablag’lar, uning faoliyati davomida erishilgan sof foydasi xamda inflyasiya ta’sirida yuzaga lelgan tafovut summalari natijasida jamlangan mablag’lari asosida tartibga solinadi. Shuningdek, bu mablag’lar manbai aksariyat hollarda xo’jalik faoliyatining dastlabki bosqichlaridan yuzaga keladi.
Ushbu hisobotning asosiy maqsadi foydalanuvchilarga qurilish tashkilotining xususiy kapitalining holati va uning o‘zgarishi to‘g‘risida pul o‘lchov birligidagi ma’lumotlarni berish hisoblanadi.
Hisobot to‘qqizta ustunchadan iborot. Uning 1 va 2-ustunlarida hisobotning ko‘rsatkichlari va ularga birkitilgan satrlarning raqamlari ko‘rsatiladi. Hisobotning 3-8 ustunlari xususiy kapitalning alohida turlarining holati va harakatiga doir ma’lumotlarni aks ettirishga mo‘ljallangan.
Hisobotning har bir satrida xususiy kapitalning holati, ko‘payishi va kamayishi, shuningdek turli boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Ushbu ma’lumotlar xususiy kapitalning elementlarini hisobi uchun mo‘ljallangan schyotlardan (8300, 8400, 8500, 8600, 8700, 8800) olinadi.
Korxonalar va xo’jalik hisobidagi tashkilotlar moliyaviy hisobot shakllarini to‘lg‘azishda O‘zbekiston respublikasi moliya vazirining “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to‘ldirish bo‘yicha qoidalarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2002-yil 27-dekabr,140-son buyrug‘iga asoslanadi
Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot hisobot yilida korxonani xususiy kapitalining shakllanish manbalari kesimida holati va harakatini aks ettiradi. “Yil boshidagi qoldiq” (010-satr) moddasi bo‘yicha yil boshidagi holat bo‘yicha quyidagi axborot aks ettiriladi:
a) 3-ustunda — “Ustav kapitali” — ta’sis hujjatlarida qayd etilgan va ustav kapitalini hisobga oluvchi hisoblarida (8300) ko‘rsatilgan ustav kapitalining summasi ko‘rsatiladi;
b) 4-ustunda — “Qo‘shilgan kapital” — qo‘shilgan kapitalni hisobga oluvchi hisoblarida (8400) qayd etilgan qo‘shilgan kapital summasi ko‘rsatiladi;
d) 5-ustunda — “Rezerv kapitali” — qonunchilik hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan, rezerv kapitalini hisobga oluvchi hisoblarida (8500) qayd etilgan rezerv kapitali mablag‘lari summasi aks ettiriladi;
g) 6-ustunda — “Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zararlar)” — taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)ni hisobga oluvchi hisoblarida (8700) qayd etilgan, yil boshida taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) summasi ko‘rsatiladi;
d) 7-ustunda — “Sotib olingan xususiy aksiyalari” — sotib olingan xususiy aksiyalarini hisobga oluvchi hisoblarida (8600) qayd etilgan, korxonada bo‘lgan sotib olingan xususiy aksiyalarining summasi; ularni keyin tarqatish yoki yo‘q qilish uchun, ko‘rsatiladi;
e) 8-ustunda — “Maqsadli tushumlar va boshqalar” — maqsadli tadbirlarni amalga oshirish uchun budjetdan, maxsus jamg‘armalar, boshqa korxonalar, jismoniy shaxslardan grantlar, subsidiyalar, a’zolik badallari ko‘rinishida tekin (bepul)ga olingan aktivlar va boshqa maqsadli tushumlar, shuningdek xususiy kapitalini shakllantirishning boshqa manbalari ko‘rsatiladi.
Aksiyadorlik jamiyatlari 130 dan 150-satrlargacha bo‘lgan satrlarni ma’lumot uchun to‘ldiradilar . Хususiy kapital to’g’risidagi hisobot ko’rsatkichlari va ularning mazmuni. Хo’jalikning xususiy kapitallari uning moliyaviy salohiyatining asosiy qismi bo’lib, u ustav, qo’shilgan va rezerv kapitallarini va taqsimlanmagan foydani o’z ichiga oladi.

Download 163.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling