Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti “Osiyo xalqlari tarixi” fanidan kurs ishi Mavzu: Qadimgi Eron tarixi


Download 334.5 Kb.
bet3/7
Sana30.04.2023
Hajmi334.5 Kb.
#1411582
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
mirzohid kurs ishi4

Qadimgi Elam
Er. av. VII—VI ming yilliklarda g'arbiy Eronda dehqonchilik bilan shug'ullanadigan o'troq va ko'chmanchi chorvador qabilalar er.av. VI—V ming yilliklarda Eronning boshqa hududida tarqaladi. Er. av. III ming yillik boshlarida janubiyg'arbiy Eronda Elamtu (Bobil va osur tilida «mamlakat») yokiElam ilk davlat birlashmasi shakllanadi. Elam Mesopotamiya hamda shimoliy va sharqiy Eron bilan bog'langan Korun va Kerxa daryolari vodiylarida joylashgan. Suza shahri poytaxtga aylandi.
Elam davlati er.av. XXIV—XXII asrlarda Akkad podsholigiga bevosita qaram bo'ladi.Er.av. XXII asr boshlarida Elam mustaqil davlatga aylanadi. Podsho sukkalmax («buyuk elchi») unvoni bilan Suzadan turib davlatni boshqargan. Davlatni boshqarishda yordam bergan podshoning kenja ukasi sukkalom («elchi») deb atalib, Simash (elam tilida Nishanki) shahrini qarorgoh qilib, Elam va Simashni boshqargan. Kichik viloyatlarni «otalar» («adda») boshqaiganlar2.
Hukmdor dunyodan o'tgach, uning o'rniga podshoning ona urug'idan jiyani yoki singlisini o'g'li taxtga o'tirgan. Elam podsholari oilasida bo'lg'usi hukmdorlar o'z singillari bilan turmush qurganlar (levirat). Podsho vafot qilgach, uning ukasi akasini beva ayoliga uylanib, podsho bo'lish huquqiga ega bo'lgan. Er. av. XIV asrdan er. av. XII asrlarigacha Elam Bobilga qaram bo'ladi. Elam er. av. 1155-yildan er. av. II15-yillarda o'z mustaqilligini qayta tiklaydi. Elam er. av. VII asrdan boshlab, Bobil bilan ittifoqda Osuriyaga qarshi faol kurashadi. Er. av. 549-yilda forslar Elamni bosib oladilar.
Midiya podsholigi (er. av. VII-VI asrlar)
Midiya shimoliy-g'arbiy Eronda joylashgan edi. Mamlakatning g'arbiy qismi Zagros tog'i hududi bo'lib, keyinchalik Midiya Atropatenasi deb atalgan. Atropatenadan sharada Midiyani tekislik qismi joylashgan. Er. av. Ill—II ming yilliklarda bu hududlarda kassit, kutiy, xurrit tillarida so'zlashadigan o'troq va ko'chmanchi chorvadorlar yashaganlar.
Er. av. VII asrda g'arbiy Eronda ilk siyosiy birlashmalar paydo bo'ladi. Shunday birlashmalardan biri Manna podsholigi edi. Er. av. 672-yilda Midiya qabilalari yo'lboshchi Kashtariti boshchiligida
Osuriyaga qarshi qo'zg'olon ko'taradilar. Er. av. 67I- yilda midiyaliklar o'z hududlarining g'arbiy qismidan osuriyaliklarni haydab chiqarib, mustaqil davlat tuzganlar. Kashtariti sekinasta Midiya qabilalarini birlashtiradi. Er. av. VII asr o'rtalarida Midiya qadimgi sharqda kuchli davlatga aylanadi. Er. av. 625-yil Kashtaritining o'g'li Kiaksar skiflarning bosqinini bartaraf qilib, barcha midiya qabilalarini birlashuvini to'liq tugallaydi va poytaxti Ekbatana bo'lgan yagona davlat tuzadi.
U qurol turlari bo'yicha (nayzabardorlar, kamonchilar, otliqlar) bo'lingan muntazam qo'shin tuzadi. Shundan so'ng, Midiya raqibi Osuriyaga qarshi dastlab o'zi, keyin Bobil bilan ittifoq bo'lib kurash boshlaydi. Er. av. 612-yil avgustida Midiya va Bobil qo'shinlari Osuriyaning poytaxti Nineviyani yer bilan yakson qiladilar. Er. av. 609-yilda ular Xarran shahrida osur qo'shinlari qoldiqlarini tor-mor qilganlar.
Midiya shimoliy Mesopotamiya va Xarran viloyatini, janubda fors, Kaspiy dengizini janubi-sharqidagi Parfiya va Girkaniyani bosib oladi. Er. av. 593-yilda midiyaliklar Urartu, skif davlatlarini Sakasena va Mannani o'ziga qo'shib oladi. Er. av. 585-550-yillarda podsholik qilgan Astiag davrida Midiya katta va qudratli davlatga aylanadi. Bu vaqtda Elam ham qo'shib olinadi. Er. av. 550-yilda Midiyaga qarshi forslar qo'zg'olon ko'tarib, uni bosib oladilar3.

Download 334.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling