Tadbirkorlik (xo‘jalik) shartnomalari


Tadbirkorlik shartnomasi majburiyatlari yuzasidan javobgarlik


Download 53.63 Kb.
bet3/4
Sana03.11.2023
Hajmi53.63 Kb.
#1744928
1   2   3   4
Bog'liq
5-dars biznes

Tadbirkorlik shartnomasi majburiyatlari yuzasidan javobgarlik
Fuqaroviy (shartnomaviy) javobgarlik. Shartnomaning muhim shartlaridan biri unda ishtirok etuvchi taraflar majburiyatlarining belgiladi. Bundan tashqari, taraflar qonun hujjatlarida va ish muomalasidan kelib chiqadigan majburiyatlarga ham ega bo‘ladi. Muayyan taraf sifatida ishtirok etuvchi sub’ekt tomonidan ushbu majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik natijasida boshqa tarafga zarar yetkazilsa, ushbu zararni qoplash majburiyati vujudga keladi.
Misol uchun, mahsulot yetkazib berish shartnomasiga ko‘ra yetkazib beruvchi (sotuvchi) shartnomada nazarda tutilgan mahsulotni o‘z vaqtida yetkazib bermagan hollarda mazkur mahsulot yetkazib berish majburiyati bilan birga kechiktirilganlik tufayli olinmasdan qolingan foydani ham qoplab beradi.
Bundan tashqari, shartnoma shartlarini o‘z vaqtida lozim darajada bajarilishi ta’minlash maqsadida taraflar shartnomada har bir holat yuzasidan boshqa fuqarolik javobgarlik choralarini belgilashlari mumkin.
Misol uchun, sifatsiz mahsulotni yetkazish evaziga yetkazilgan ziyonni qoplash bilan bir qatorda qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshirish, xaridorning boshqalar oldidagi nufuzini saqlash maqsadida raddiyalar berish.
Shartnomada nazarda tutilmagan hollarda majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik tufayli qo‘llaniladigan fuqaroviy javobgarlik choralari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi 1998-yil 29-avgustdagi O‘RQ–670-I-son Qonunida shartnoma majburiyatlarining buzilish holatlariga quyidagicha javobgarlik choralari belgilangan.
Shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun mansabdor shaxsning ma’muriy javobgarligi. Taraflarning shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatlarini buzganlik uchun mansabdor ma’muriy javobgarlikka ham tortiladilar.
Shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun mansabdor shaxsning jinoiy javobgarligi. Taraflarning shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatlarini buzganlik uchun mansabdor jinoiy javobgarlikka ham tortilishi mumkin.

Download 53.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling