Tadbirkorlik (xo‘jalik) shartnomalari


Tadbirkorlik shartnomalari taraflari, ularning huquq va majburiyatlari


Download 53.63 Kb.
bet2/4
Sana03.11.2023
Hajmi53.63 Kb.
#1744928
1   2   3   4
Bog'liq
5-dars biznes

Tadbirkorlik shartnomalari taraflari, ularning huquq va majburiyatlari
Yuridik shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar tadbirkorlik shartnomalarining sub’ekt (taraf)lari bo‘ladi. Tadbirkorlik shartnomasida davlat manfaatlarini ko‘zlab, davlat organlari yoki u vakolat bergan boshqa tashkilotlar ishtirok etishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi 1998-yil
29-avgustdagi O‘RQ—670-I-son Qonuniga muvofiq xo‘jalik shartnomalari qu’yidagi huquq va majburiyatlarga ega.
Tadbirkorlik shartnomasi tarafining huquqlari
— shartnomalarni tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilish munosabati bilan zarur bo‘lgan maʼlumotnomalar va boshqa hujjatlarni so‘rash va olish;
— shartnomalarini tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ekspertlarning yozma xulosalarini so‘rash va olish, mutaxassislar bilan maslahatlashish;
— davlat organlari va boshqa organlarga, mansabdor shaxslarga iltimosnomalar bilan murojaat etish hamda shiko‘atlar berish va ulardan asoslantirilgan yozma javoblar olish;
— boshqa tarafning iqtisodiy ahvoli, nufuzi va ishchanlik jihatlari xususidagi maʼlumotlarni to‘plash;
— o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning qonunda nazarda tutilgan vositalari va usullarini qo‘llash.
Tadbirkorlik shartnomasi tarafining majburiyatlari
— shartnomalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari¬ning talablariga rioya etishlari;
— qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda shartnomalarining o‘z vaqtida tuzilishini ta’minlash;
— tuzilgan shartnomalar bo‘yicha zimmalariga olingan majburiyatlarni o‘z vaqtida va tegishli tartibda bajarishlari shart.
.
Tadbirkorlik shartnomasi tarafining majburiyatlari
— shartnomalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari¬ning talablariga rioya etishlari;
— qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda shartnomalarining o‘z vaqtida tuzilishini ta’minlash;
— tuzilgan Tadbirkorlik shartnomasining taraflarni shartnomaviy munosabatga kirishayotganda shu sohani tartibga soluvchi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquq va majburiyatlarga ham ega bo‘ladi.
Misol uchun, 2009-yil 22-avgustdagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 245-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga ko‘ra sanoat isteʼmolchilariga elektr energiyasini tejash bo‘yicha (yillik va uzoq istiqbol uchun) tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish majburiyati ham yuklanadi. Yoki O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 2-maydagi O‘RQ–328-son “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra tadbirkorlik sub’ektlari o‘z tovarlarini (ishlarini, xizmatlarini), ishlab chiqarish chiqindilarini bozor konyyunkturasidan kelib chiqib, mustaqil ravishda belgilanadigan narxlar va tariflar bo‘yicha yoki shartnoma asosida realizatsiya qilishga haqli.
Bulardan tashqari, taraflar shartnomaviy munosabatga kirishishda o‘z huquq va majburiyatlarini qonun doirasida mustaqil belgilashlari mumkin. Misol uchun, shartnoma yuzasidan to‘lovlarni oldindan to‘liq to‘lash majburiyati belgilanishi mumkin.
bo‘yicha zimmalariga olingan majburiyatlarni o‘z vaqtida va tegishli tartibda bajarishlari shart.

Download 53.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling