Tadbirkorlikni aniqlang? Тadbirkorlik yoki biznes


Download 40.59 Kb.
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi40.59 Kb.
#1516674
  1   2   3   4
Bog'liq
isQhXiZ66qXaqFi ycvgbihDOo6Wxoc8


  1. Tadbirkorlikni aniqlang?



Тadbirkorlik yoki biznes (inglizcha: business — "bandlik"), deb har qanday
qonuniy tijorat faoliyatiga aytiladi. Tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchi
shaxs tadbirkor, deyiladi. Xususiy tadbirkorlik kapitalistik iqtisodiyot
negizidir. Sotsialistik iqtisodiyotlarda tadbirkorlik bilan hukumat, jamiyat yoki
ishchilar kasaba uyushmalari shugʻullanadi.
Tadbirkorlik xoʻjalik yuritish koʻlamiga qarab, yirik, oʻrta va kichik turlarga
boʻlinadi. Yirik tadbirkorlik ishlab chiqarishda 500 dan ortiq kishi band boʻlgan,
oʻrta tadbirkorlik esa 20 — 500 kishi band boʻlgan korxona firmalar, kichik
tadbirkorlik 10 — 20 va undan kam kishi ishlaydigan korxonalarni qamraydi. Yirik
va oʻrta tadbirkorlikka, asosan, yirik ishlab-chiqarish, koʻp sonli tovarlar
chiqaradigan, mexanizatsiyalashgan hamda avtomatlashgan sohalar kiradi. Kichik
tadbirkorlik qishloq xoʻjaligi, aholiga xizmat koʻrsatish sohalarida keng tarqalgan.
Kichik tadbirkorlik sharoitga tez moslasha olishi bilan boshqalaridan farqlanadi va
shu bois u keng



  1. Tadbirkorlik kapitalini shakllantirish manbalarini sanab o'ting.

Moliyaviy menejment amaliyotida keng tarqalgan beshta moliyaviy usullar


qo'llaniladi: o'zini o'zi moliyalashtirish, qo'shilish, kreditni moliyalashtirish,
moliyaviy lizing, aralash (ulushi) moliyalashtirish. Investitsion loyihalarni
moliyalashtirish usullarini keng tushunishda quyidagilar kiradi:
Byudjetdan moliyalashtirish;
Qarzni moliyalashtirish;
Kompaniya; O'zini o'zi moliyalashtirish;
Ipoteka;
Chiqish; Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;
Loyihani moliyalashtirish.



  1. Xorijiy biznes tajribasi

Bugungi kunda kichik biznesning jahon mamlakatlari iqtisodiyotidagi


ahamiyati tobora oshib bormoqda. Agar bizning respublikamizda bu sohaga
bo‘lgan e‘tibor asosan ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini
shakllantirish vazifalariga bog‘liq holda keng avj olgan bo‘lsa, jahonning boshqa m
amlakatlarida kichik biznesning ustuvor ahamiyatlarini tan olish hamda ularni
rivojlantirish uchun chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish ancha ilgari
boshlangan edi. Kichik va xususiy tadbirkorlikning bunday ustuvor darajadagi
mavqeni egallashi va ayni paytda davlatning tarkibiy-iqtisodiy siyosatida
ustivor bo‘g‘in sifatida baholanishi deyarli barcha mamlakatlar uchun xos
bo‘lgan umumiylik belgilardan biridir.
Buni ko‘plab rivojlangan mamlakatlar amaliyotida kuzatish mumkin,
chunonchi, AQSHda 1953 yildayoq Kongress tomonidan kichik biznes
ma‘muriyati tuzilgan bo‘lsa, Yaponiyada kichik biznesni rivojlantirish
umumdavlat dasturini amalga oshiruvchi davlat milliy markazlari tarmog‘i
tashkillangan bo‘lib, bunday markazlar ilk bor o‘tgan asrning 40-
yillari oxirlarida vujudga kelgan edi. Bu markazlar faoliyati hukumat
qoshidagi kichik va o‘rta korxonalar boshqarmasi tomonidan tartibga solinib
turiladi. AQSHda 1953 yili «Kichik biznes to‘g‘risida» Qonun qabul qilinib,
unda: «Mamlakatning xavfsizligi va farovonligi kichik biznesning mavjud va
salohiyatli imkoniyatlarini rivojlantirish va rag‘batlantirishsiz taminlanishi
mumkin emas» - deb ta‘kidlangan edi


4. Shaxsiy manfaatdorlik tadbirkorlik faoliyatining harakatlantiruvchi kuchi, ammo o'z manfaatlarini ko'zlagan tadbirkorlik sub'ekti jamoatchilik uchun ish olib borishini tushuntiring.

Shaxsiy iqtisodiy manfaatdorlik va javobgarlik printsipi mustaqillik bilan


chambarchas bog'liqdir. Shaxsiy manfaat - bu tadbirkorlik faoliyatining
harakatlantiruvchi omili, ammo o'z manfaatlarini ko'zlagan iqtisodiy sub'ekt
jamoatchilik uchun ishlaydi.



Download 40.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling