Tadbirkorlikni innovatsion faoliyat asosida


-jadval  2017- yil yanvar-dekabrda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning


Download 452.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana05.01.2022
Hajmi452.19 Kb.
#209280
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Тадбиркорликни инновацион фаолият асосида ривожлантиришнинг йўллари

1-jadval 

2017- yil yanvar-dekabrda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning 

hududlar bo‘yicha ulushi (foizda) [7] 

 

 

Sanoat 

Xizmatlar 

Qurilish 

Bandlik 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

39,6 

58,4 

65,1 

78,3 

Qoraqalpog‘ iston 

Respublikasi 

18,0 


61,3 

79,2 


75,2 

Andijon 

34,4 


73,7 

94,3 


84,5 

Buxoro 

43,4 


74,9 

67,8 


78,5 

Jizzax 

61,3 


74,2 

91,3 


82,0 

Qashqadaryo 

23,1 


71,9 

76,8 


80,0 

Navoiy 

18,8 


67,3 

75,4 


60,3 

Namangan 

68,4 


73,7 

93,9 


83,4 

Samarqand 

55,5 


76,5 

92,3 


84,5 

Surxondaryo 

45,8 


76,3 

79,4 


81,1 

Sirdaryo 

44,9 


66,4 

91,4 


79,5 

Toshkent 

29,6 


76,2 

79,2 


77,0 

Farg‘ ona 

41,4 


75,9 

89,0 


80,5 

Xorazm 

40,6 


71,4 

87,2 


82,9 

Toshkent shahri 

71,3 


51,1 

66,8 


56,8 

 

1-jadval  ma‘lumotlarga  ko‗ra,  2017-yil  yanvar-dekabr  oylarida  hududlar 



bo‗yicha sanoat tarmog‗ida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning eng ko‗p ulushi 

73,1 foiz bilan Toshkent shahri hissasiga to‗g‗ri keladi. Bu esa eng kam ulushga ega 

bo‗lgan  Qoraqalpog‗iston  Respublikasidan  53  foizga  ko‗pdir.  2018-yil  yanvar-

sentabr  oylariga  kelib  esa  Toshkent  shahrining  sanoat  tarmog‗ida  kichik  biznes  va 

xususiy  tadbirkorlarning  ulushi  71,6  foizni  tashkil  etdi.  Xizmatlar  sohasida  ko‗rinib 

turibdiki, 2017-yil  yanvar-dekabr  oylarida  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikning 

eng ko‗p ulushi 76,5 foiz bilan Samarqand viloyati hissasiga to‗g‗ ri keldi. Toshkent 

shahrida  esa  bu  ko‗rsatkich  51,1  foizni  tashkil  etib,  Samarqand  viloyatidan  25,4 

foizga kamdir. 2018-yil  yanvar-sentabr oylarida xizmatlar sohasida kichik biznes va 

xususiy  tadbirkorlik  ulushida  eng  yuqori  ko‗rsatkichni  Toshkent  viloyati  74,3  foiz 

bilan oldinga chiqib oldi. 

Tadbirkorlar  faoliyatining  samaradorligini  oshishida  innovatsion  yangiliklar 

yaratilishi hamda ularning amaliyotda qo‗llanilishi juda ham muhim hisoblanadi. Bu 

borada  ham  yurtimizda  qator  ishlar  amalga  oshirilmoqda.  Xususan,  ilmiy-texnika 

dasturlari 

doirasida 

amalga 

oshirilayotgan 

ilmiy-texnika 

loyihalarini 

moliyalashtirishga  yo‗naltirilgan  92,4  milliard  so‗m,  innovatsion  loyihalarga  15,7 

milliard  so‗m  mablag‗lar  mamlakatimizning  ilmiy,  ilmiy-texnik  salohiyatini  yanada 

rivojlantirishda,  iqtisodiyotni  modernizatsiya  qilish,  kichik  biznesni  rivojlantirishda 



“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий электрон журнали. № 1, февраль,2019 йил 

hamda  ishlab  chiqarishni  texnik  va  texnologik  qayta  jihozlashda  muhim  ahamiyat 



kasb  etadi.  Milliy  va  xalqaro  tajribadan  ma‘lumki,  iqtisodiyot  va  jamiyatning 

taraqqiyot  darajasi  ko‗p  jihatdan  innovatsion  faoliyatga  bog‗liq.  Binobarin, 

iqtisodiyotdagi  samaradorlik  ishlab  chiqarishga  innovatsion  texnologiyalar  va 

ixtirolarning joriy etilishi evaziga oshadi.  



Xulosa va takliflar 

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, iqtisodiyotda tub o‗zgarishlar bo‗layotgan 

sharoitida  innovatsion  tadbirkorlik  subyektlari  faoliyatini  rivojlantirish  muhim 

ahamiyat  kasb  etadi.  Kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikning  mamlakatimiz 

iqtisodiyotidagi o‗rni, aholi farovonligini oshirishdagi imkoniyatlaridan kelib chiqqan 

holda quyidagi takliflarni keltirish mumkin: 

  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  subyektlarining  samarali  faoliyatiga 



halaqit berayotgan, to‗sqinlik qilayotgan yoki qilishi mumkin bo‗lgan muammolarni 

muntazam  ravishda  o‗rganib  borish  va  o‗z  vaqtida  bartaraf  etish  chora-tadbirlarini 

ko‗rish; 

  hududlardagi  bo‗sh  yoki  samarali  foydalanilmayotgan  bino  va  inshootlar 



to‗g‗ risidagi aniq ma‘lumotlarning qisqa muddatlarda olinishi hamda ularning kichik 

biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  subyektlariga  taqdim  etilishi  jarayonlarini  samarali 

tashkil etish;  

  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  faoliyati  uchun  yanada  qulay  muhit 



yaratish  borasida  har  bir  hududdagi  o‗ziga  xos  xususiyatlarni  aniqlash  va  ulardan 

kelib chiqqan holda mavjud barcha imkoniyatlarni safarbar etish

  hududlardagi  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  faoliyatini  tashkil  etish 



va amalga oshirish yo‗lidagi har qanday byurokratik to‗siqlarni bartaraf etish; 

  hududlardagi  kichik  biznes  subyektlarining  energiya,  gaz,  suv  va 



kanalizatsiya,  issiqlik  ta‘minoti  va  boshqa  shu  kabi  muhandislik-kommunikatsiya 

tarmoqlariga  ulanishi  jarayonlariga  e‘tibor  qaratish  hamda  bu  boradagi  ilg‗or 

tajribalarni qo‗llash; 

  hududlarda  faoliyat  yuritayotgan  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik 



subyektlarining  faoliyat  yo‗nalishlari  jihatidan  tarkibini  takomillashtirish  chora-

tadbirarini qo‗llash, xususan, sanoat sohasida, yuqori texnologiyalarni talab etadigan 

zamonaviy  ishlab  chiqarish  tarmoqlarini  tashkil  etishda  ilg‗or  ilm-fan  yutuqlariga 

asoslangan  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  rivojlantirishni  rag‗ 

batlantirishning turli yo‗l va choralarini izlab topish

  hududlardagi  eksportga  mahsulot  chiqaruvchi  kichik  biznes  va  xususiy 



tadbirkorlik subyektlariga aniq va ta‘sirchan yordam ko‗rsatish orqali ularning tashqi 

iqtisodiy faoliyat sohasidagi ishtirokini kengaytirish; 

Shuningdek,  respublikamizda  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  har 

tomonlama  qo‗llab-quvvatlab,  ularning  ichki  va  tashqi  bozorda  raqobatlasha 

oladigan,  sifatli  mahsulot  ishlab  chiqarish  va  xizmatlar  ko‗rsatishni  izchil  yo‗lga 

qo‗ya oladigan mustahkam iqitisodiy sohaga aylanishini ta‘minlash lozim. 



 

 


“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий электрон журнали. № 1, февраль,2019 йил 



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 

1. O‗zbekiston  Milliy  axborot  agentligi.  O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 

Shavkat  Mirziyoyevning  Oliy  Majlisga  murojaatnomasi.  2017-yil.  22-dekabr, 

http://uza.uz/uz/documents/o-zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-

mirziyoyevning-o-22-12-2017

  

2. O‗zbekiston Milliy axborot agentligi. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 

―Faol  tadbirkorlik  va  innovatsion  faoliyatni  rivojlantirish  uchun  shart-sharoitlarni 

yaratish  bo‗yicha  qo‗shimcha  chora-tadbirlar  to‗g‗risida‖gi  PQ  3697-sonli  qarori 

2018-yil, 

5-may. 


http://uza.uz/uz/documents/faol-tadbirkorlik-va-innovatsion 

faoliyatnirivojlantirish-uc-07-05-2018

  

3. Олимова  Н.  Х.,  Юлдашев  Д.  Т.  The  role  of  small  business  and  private 

entrepreneurship  in  the  economic  activities  //  Молодой  ученый.  —  2016.  —  №9. 

— С. 682-683. 

4. 

www.weforum.org



 (World economic forum) 

5. 


www.make-it-in-germany.com

   

6. O‗zbekiston 

Respublikasi 

Iqtisodiyot 

Vazirligi 

rasmiy 

veb 


sayti: 

https://mineconomy.uz/uz/node/2093



  

7. O‗zbekiston  Respublikasi  Davlat  Statistika  qo‗mitasi  rasmiy  veb  sayti: 

www.stat.uz

  

8. Dr. Jay A. Dewhurst ―Biznesga kirish va biznesni rivojlantirish‖ 1-nashr 2014 

yil. bookboon.com. ISBN-978-87-403-0758-0 



 

 

Download 452.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling