15. Qurilish vazirligi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ko‘p qavatli uylarning yerto‘lalaridan tadbirkorlik maqsadida foydalanish, turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga ruxsat etish tartib-taomillarini soddalashtirish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 16. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda: ikki oy muddatda yengil konstruksiyali xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini auksion savdolari orqali joylashtirish tartibini joriy etish; bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 17. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosarlari J.A.Qo‘chqorov, S.O‘.Umurzakov va Sh.M.G‘aniyev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin. Qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov zimmasiga yuklansin. Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2021 yil 1 sentyabrgacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOEV Toshkent shahri, 2021 yil 21 aprel Хулоса Тадбиркорлар ўз иш кунларини кичик ва хусусий корхоналар, савдо корхоналари иши ҳақидаги маълумотлар, маҳсулотларга бўладиган буюртмалар ва маҳсулотни ортиб-жўнатиш ҳақидаги телекс ҳисоботлари билан танишишдан, ҳақиқий ва режа кўрсаткич-ларининг ўзаро муносабатларини, ишлаб чиқариш харажатларини ўрганишдан бошлайдилар. Улар маҳсулотларни жорий ва ўтган вақтда сотилиши, товар-моддий захиралар, меҳнатни ташкил қилиш ва унга ҳақ тўлаш, транспортда ташиш ва аҳолига бошқа хизматлар кўрсатиш ҳақидаги ахборотларни саноқли дақиқаларда оладилар. Бунда уларга ҳисоблаш техникаси ва ахборотларни қайта ишлаш жараёнини компьютерлаштириш ёрдам беради. Фойдаланилган адабиётлар рўйхати Ўзбекистон Республикаси Конститутцияси Т. 2016. Ўзбекистон Республикаси Солиқ кодекси Т. 2016 Солиқ сиёсатини такомиллаштириш йўлида Жўраев Т Т. WWW.soliq.uz WWW. Lex.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |