Tadbirkorlikning va kichik biznesning afzalliklari va kamchiliklari Reja


Download 36.95 Kb.
bet3/4
Sana08.11.2023
Hajmi36.95 Kb.
#1756058
1   2   3   4
Bog'liq
Tadbirkorlikning va kichik biznesning afzalliklari va kamchiliklari

Daromad. Biznesingiz barqaror rejimga kirishgandan keyin siz oyiga qancha ko‘p daromad olmoqchisiz? Siz bir oyda 130 ming so‘m, 375 ming so‘m, 550 ming so‘m yoki ko‘proq ishlamoq- chimisiz? Bu masala bo‘yicha oldindan qaror qabul qilish muhim, chunki biznesning har xil turi har xil daromad ta’minlash imko- niyatiga ega. Daromad nuqtayi nazaridan, tez xizmat ko‘rsatish restorani bir imkoniyatga ega, kichik ishlab chiqarish biznesi esa mutlaqo boshqa daromad bera oladi.
0‘zingiz uchun daromad ko‘rsatkichini juda baland darajada, aytaylik, oyiga olti yut ming so ‘m, deb belgilash juda ham havas qilgudek bo‘lsa kerak. Ko‘p bizneslar uzoq muddatli kelajakda juda muvaffaqiyatli bo‘lish imkoniyatiga ega, boshqalari esa hech qachon juda katta foyda beradigan bo'la olmaydi. Shaxsiy daromad olish borasida maqsadni belgilashning yo'llaridan biri quyidagi savolga javob topishdan iboratdir: «Aytaylik, hozirgi paytdan olti yil o‘tgandan so‘ng men qanday oylik (yillik) daromad olishni xohlayman?».
Mavqe. Odamlar o‘z mavqelarini u yoki bu tarzda oshirishga intilishadi. Ammo bizneslarga ham ma’lum mavqe mansub. Obro‘li faoliyat sohalari va unchalik obro'ga ega boMmagan sohalar mavjud.
Masalan, axlat yig‘ish obroii ish emas. Ayrim odamlar o‘z biznes- larining mavqeyi baland bo‘lishidan juda manfaatdor, boshqalari esa bunga umuman e’tibor berishmaydi. Biznesning u yoki bu turini tanlashingizda, bu mulohaхa juda muhim bo‘lishi mumkin. Siz uchun mavqeyi umuman qoniqarli bo‘ladigan biznesni tanlash kerak.
Odamlar orasidagi aloqalar. Siz odamlar bilan qanchalik yaxshi ishlay olishingiz to‘g‘risida qanday fikrdasiz? Muloqotdan xursand bo‘lasizmi yoki aksincha, doim yakka ishlay olarmidingiz yoki qandaydir o'rtaroqdamisiz? Biznesda amalda uch turdagi asosiy shaxslar orasidagi aloqalar mavjud: iste’molchilar bilan aloqalar, xodimlar bilan aloqalar va ta’minotchilar bilan aloqalar. Kichik korxonalar egalarining ko‘pchiligi xodimlar va ta’minotchilar bilan aloqalarga e’tibor berishmaydi, chunki ular bu munosabatlarda psixologik eng qulay tomonni egallaydilar.
Biznes egalari va iste’molchilar orasidagi munosabatlar esa, biznesingizning turiga qarab, keng doirada o‘zgaradi. Masalan, ko‘chmas mulkni sotish, ma’lum darajada shaxsiy jur’atni talab etadi. Agar shaxsiy sotuvlar varianti sizga rohat keltirmasa, usiz bo‘lmaydigan biznes turini tanlamang. Ko‘p korxonalar shaxs ahamiyati kamroq sotuvlar variantini qo‘llashadi.
Chakana savdoda ko‘pgina korxonalar uchun, masalan, sotuvlardagi muvaffaqiyat, iste’molchilar bilan yaxshi shaxsiy aloqalar o‘rnatilishidan ko‘ra, yaxshi tovarlar borligi, loyiq narx va reklama borligiga ko‘proq darajada bog‘liq. Shaxs ahamiyati yo‘q sotuvlarning eng yorqin misoli — bu pochta orqali savdo, bu yerda siz umuman xaridoringizni ko‘rmaysiz (xaridor buyurtma yuboradi, korxona egasi esa unga tovarni yuboradi).
Biznesga vaqtni bag‘ishlash. Kichik korxonani barpo etish katta hajmdagi og‘ir ish bajarilishini talab etadi. Haqiqatan ham, dastlabki bir necha yil bu sizdan butun uyg‘oq vaqtingizni sarflashni talab etadi. Ammo, uzoq kelajakda, kichik korxonani egasi tomonidan boshqaruv jarayonlarga kuch bag‘ishlash va shaxsan jalb etilish darajasi keng doirada o‘zgarishi mumkin. Ko‘pgina barqaror bo‘lgan kichik korxonalarda har kunlik boshqaruv faoliyati taklif etilgan menejer zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Shaxsan jalb etilishning qaysi darajasini siz ma’qul ko‘rishingiz va o‘z korxonangizga kelgusida (masalan, hozirgi paytdan olti yil o‘tgandan keyin) qanday kuchni bag‘ishlashni xohlashingizni, hal qiling. Siz bundan keyin ham korxonangiz ishlariga to'liq qatnashadigan bo‘lib qolishingiz, umuman ma’qul bo‘ladi, ammo balkim, siz qisman qatnashishni ma’qul ko‘rarsiz yoki korxonani shaxsan boshqarishdan mutlaqo voz kecharsiz.
Ish vaqti. Ko‘pgina kichik korxonalar dushanbadan jumagacha, ertalab soat 900 dan kunduzi 1700 gacha ish grafigini o‘zlari uchun qabul qila olishmaydi. Agarda oddiy ish haftasi sizga ko‘proq mos keladi, deb hisoblasangiz, biznes turini tanlashda ehtiyotkor bo‘lishingiz kerak. Agar siz ishlab chiqarish, ulguiji savdo yoki oddiy ish rejimli biznesning qandaydir boshqa turi bilan shug‘ul- lanmoqchi bo‘lsangiz ham, doimo oddiy ish kuni chegarasidan tashqarida bajarilishi kerak bo‘lgan ko‘pgina ishlar qoladi.

  1. 0‘Z-0‘ZINI BAND QILGAN ODAMLAR:

Ish haqi evaziga ishlamasdan, daromadini mustaqil shakl- lantirish uchun korxona tashkil etishni afzal ko‘rganlar.

  1. IMKONIYATLAR:

0‘z-o‘zini band qilish tamoyili odamlarga kichik oilaviy do‘kondan boshlab, yirik ishlab chiqarish kompaniyasigacha egalik qilishga imkoniyat beradi.

  1. EGIL UVCHA NLIK:

0‘z-o‘zini band qilish tamoyili egiluvchanlikni namoyon etish va mamlakatning barcha sanoat tarmoqlarida, shu jumladan, foydali qazilmalarni qazib olish, ishlab chiqarish, ulgurji va chakana savdo, xizmat ko‘rsatish sohalarida korxona barpo etish uchun sharoitlar yaratadi.

  1. 0‘Z KUCHIGA TAYANISH:

0‘z-o‘zini band qilish o‘z kuchiga ishonchni va shu kuchlarga tayangan holda o‘zini saqlashga intilish hissiyotini tarbiyalashni rag‘batlantiradi.

  1. ISH BERUVCHI:

0‘z-o‘zini band qilish odamlarga, ular yollanma xodim va bo‘ysunuvchi emas, balki ish beruvchi va yetakchi ekanliklaridan qoniqish hissiyotini beradi.
Biznes bilan shug‘ullanish foydasiga dalillar
Biznes bilan shug‘ullanish quyidagilarni amalga oshirishga imkon beradi:

  1. VUJUDGA KELGAN VAZIYAT

  • Meros bo‘lib qolgan oilaviy boylik.

  • Birdaniga nimadandir ruhlanish.

  • Boshqa ishga o‘tish yoki ko‘chish.

  • Atrofdagi odamlarning ta’siri.

  • 0‘z boshlig‘i yoki hamkasblaridan norozilik.

  • 0‘qishni tugatish vaqtida bo‘sh o‘rinlarning yo‘qligi.

  1. AMALIY MULOHAZALAR

  • Shaxsiy hayotni yaxshilash va (yoki) badavlat bo‘lish.

  • Nafaqaga chiqishga tayyorlanish. Bu degani, nafaqa paytida «nimadir qilish» yoki nafaqaga qo‘shimchani ta’minlash yoki unisi ham, bunisi ham.

  • Qo‘shimcha daromad olish va sarmoya yig‘ish, misol uchun ko‘chmas mulk shaklida.

  • Biznesdan soliq yukini pasaytirish vositasi sifatida foyda- lanish yoki biznesni olib borish xarajatlari sifatida mablag1- lami yopish.

  • Bo‘sh vaqtni ish bilan band qilish (zerikishdan qochish).

  • Butun oila uchun umumiy g‘amxo‘rlik mazmunini tashkil etish va shu orqali uning jipsligiga erishish.

  1. SHAXSIY MAVHUM MULOHAZALAR

Shaxsiy mavhum sabablar tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • hissiy rag‘bat olish, shaxsiy mavqe to‘g‘risidagi tasavvurni hamda tasavvurdagi obrazni amalga oshirish, shaxsiy ijodiy niyatlar rivojlanishi va kengayish'idan qoniqish;

  • yana boshqa birovga ishlash zaruratidan ketish istagi;

  • o‘zgaruvchan ish vaqtiga ega bo‘lmoq istagi — o‘zingizga yoqadigan ishni, o'zingiz xohlagan paytda bajarish erkin-

Hgi;

  • begonalar farmoyishlarini bajarishdan ketish istagi.


Download 36.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling