Tadbirlari va ularning mustamlakachilik
Yoppasiga kollektivlashtirish
Download 279.8 Kb. Pdf ko'rish
|
19-mavzu
Yoppasiga kollektivlashtirish. VKP(b) XV syezdi (1927) belgilab bergan qishloqda
kollektivlashtirish siyosati va uni izchil amalga oshirish butun mamlakatda bo’lgani singari O`zbekiston va uning xalqi uchun ham asosiy amaliy vazifaga aylangandi. Totalitar hokimiyat qishloqda kollektivlashtirish siyosatini zo’rlik, o’zboshimchalik va ma’muriy-buyruqbozlik usullari bilan o’tkazishga kirishdi. Markaz buyrug’i va ko’rsatmasini bajarishni o’zlari uchun katta sharaf deb bilgan, unga ko’r-ko’rona asoslangan rahbarlar dehqonlarni zudlik bilan kolxozlarga kiritish uchun «jon kuydirdilar». Ayniqsa 1929-yilning ikinchi yarmi va 1930-yil boshlaridan mavjud reallik bilan hisoblashmay omonat jamoa xo’jaliklari tuzish mavsumi avj oldirildi. Masalan, O`zbekiston partiya va hukumatining 1930-yil 17-fevraldagi «Kollektivlashtirish va quloq xo’jaliklarini tugatish to’g’risida»gi qarorida respublikaning 17 ta tumanida yoppasiga jamoalashtirish vazifasi belgilangan edi. Ko’p joylarda quloqlarni tugatish shiori ostida o’rtahol, hattoki kambag’al dehqon xo’jaliklariga nisbatan ham zulm o’tkazildi. 1929-yil oktabrga qadar respublikadagi dehqon xo’jaliklarining 3,4 foizi kolxozlarga kirgani holda, 1930-yil martiga kelganda dehqon xo’jaliklarining 47 foizi kolxozlashtirilgan edi. 1931-yil oxirida bu ko’rsatkich 68,2 foizga yetdi 1 . Kollektivlashtirish ishidagi Shoshma-Shosharlik, joylardagi real shart-sharoitlar bilan hisoblashmaslik, milliy hududlarning o’ziga xos hususiyatlari, aholisining milliy an’analari, udumlarini, dindorlik darajasi, madaniy-ma’naviy saviyasini e’tiborga olmaslik oxir-oqibatda bundan ham ko’ngilsizroq holatlarning yuz berishiga sabab bo’ldi. Ko’p qishloq tumanlarida hokimiyat organlarining zo’ravonligi, o’zboshimchaligiga aholi keskin norozilik bildirib, turli harakatlar uyushtirishga majbur bo’ldi. 1929-1930-yillarda dehqonlarning sovet tuzumiga nisbatan ommaviy norozilik harakatlarida faqat Qashqadaryo okrugidan 14 ming nafar kishi qatnashgan. Ma’lumotlarda qayd etilishicha, bunday ommaviy norozilik harakatlari shu davrda respublika bo’yicha 240-marta sodir bo’lgan. Eng achinarlisi shuki, ko’plab oddiy dehqon xo’jaliklari arzimagan sabablar bilan yoxud birgina jamoa xo’jaligiga kirishga rag’bat bildirmaganligi vajidan bor budidan mahrum etilib, uy-joyi, mol-mulki tortib olinib, quloqlar ro’yxatiga tirkab yuborilavyergan. Bu nohaqlikni oldini oladigan, uni adolatli hal etib ajrim qiladigan biror bir mard topilmagan o’sha kezlarda. Hamma o’zini o’ylash, bu balo-qazolardan ehtiyotlanish Choralarini izlashga majbur bo’lgan edi u zamonlarda. 1 Ўзбекистоннинг янги тарихи. 2-китоб. Ўзбекистон Совет мустамлакачилиги даврида.-Т., “Шарқ”, 2000. 352- 353-betlar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling