BAYONNOMA
2022-yil 18-noyabr kuni 10-umumiy oʻrta taʼlim maktabida O’zbekiston Respublikasi davlat bayrog’i qabul qilinganligining 31- yilligi munosabati bilan "Bayrog’imiz-Faxrimiz" nomli tadbir oʻtkazildi. Tadbirda oʻquvchilar faol qatnashdilar. Ular turli qiziqarli shartlar boʻyicha bellashdilar va oʻzlarini iqtidorini namoyon qildilar. Bayrog’imiz haqida savol -javob shartlari, sheʼrlar aytib doʻstlariga ulashdilar. Tadbir judayam chiroyli tarzda boʻlib oʻtdi. Tadbir oʻquvchilarni "Davlatimiz ramzlari” bilan tanishtirishga, Vatanga boʻlgan mehrini oshirishga, oʻzligimizni anglashga bagʻishlanadi.
Tadbirni targʻibotchi Sh.Razzakova va kutubxonachi S. Ataniyazova tayyorladilar.
QAROR QILINADI:
1. Bayrog’imiz milliy faxrimiz ekanligini oʻquvchilarga uqtirish.
2. O’quvchilarni davlat ramzlarini hurmat qilishga, ularning ma’nosini chuqur anglashga undash.
MMIBDOʻ: D.Sobirova
Targʻibotchi:. Sh.Razzakova
Kutubxonachi: S.Ataniyazova
Do'stlaringiz bilan baham: |