Funksional QQQT Funksional QQQT arxitektura jihatidan eng oddiy hisoblanadi. Ular global maqsadlarni belgilamaydigan va axborot texnologiyalarini rivojlantirish darajasi past bo'lgan tashkilotlarda keng tarqalgan. Funksional QQQTning o'ziga xos xususiyati shundaki, operatsion tizimlardagi ma'lumotlar tahlil qilinadi. Mustaqil ma'lumotlar vitrinalaridan foydalanadigan QQQT bir nechta bo'limlarga ega bo'lgan yirik tashkilotlarda, shu jumladan axborot texnologiyalari bo'limlarida ham qo'llaniladi. Har bir aniq ma'lumotlar vitrinasi muayyan vazifalarni hal qilish uchun yaratilgan va foydalanuvchilarning alohida doirasiga yo’naltirilgan. Ikki darajali ma'lumotlar omboriga asoslangan QQQT ma'lumotlari yagona tizimga birlashtirilgan yirik kompaniyalarda qo'llaniladi. Bu holda axborotni qayta ishlashning ta'riflari va usullari birlashtirilgan. Bunday QQQT lar normal ishlashini ta'minlash uchun unga xizmat ko'rsatadigan ixtisoslashgan jamoani ajratish kerak. Uch darajali ma'lumotlar omboriga asoslangan QQQT ma'lumotlar omboridan foydalanib, undan ma'lumotlar vitrinasi shakllanadi. Ushbu ma'lumotlar vitrinasidan foydalanuvchilar guruhi o'xshash muammolarni hal qilishda foydalanadi. Shunday qilib, aniq tuzilgan ma'lumotlarga ham, yagona birlashtirilgan(konsolidatsiya) ma'lumotlarga ham kirish ta'minlanadi. Bir manbadan tasdiqlangan va tozalangan ma'lumotlardan foydalanish orqali ma'lumotlar vitrinalarini to'ldirish soddalashtiriladi. - Modelni boshqaruv tizimi
- Foydalanuvchi interfeysi
- Bilimlar bazasi
QQQT tuzilmasining uchta asosiy komponenti
Do'stlaringiz bilan baham: |