Tahlil tizimostisi. Tahlil tizimostisi. Informatsion izlash tahlil tizim ostisi relyasion MBBT va SQL dan foydalanib statik so’rovlar asosida ishlaydi. operatsion tahlil tizimostisi. Bunday tizimostilarni ishlab chiqish uchun ko'p o'lchovli ma'lumotlarni taqdim etish kontseptsiyasidan foydalanadigan ma'lumotlarni qayta ishlashning tezkor tahliliy texnologiyasi OLAP qo'llaniladi; Intellektual tahlil tizimostisi. Bu tizimosti DataMining algoritm va metodlarini amalga oshiradi. OLAP (Online Analytical Processing) nima? OLAP (Online Analytical Processing) - maʼlumotlarni analitik qayta ishlash tizimi. U hisobotlarni tayyorlash, bashoratlash senariylarni tuzish va murakkab tuzilishga ega boʼlgan katta axborot massivlari asosida statistik hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun moʼljallangan. OLAP tizimlari quyidagi komponentlarni o'z ichiga oladi: - ma'lumotlar bazasi (MB) - qayta ishlash uchun axborot materiallari olingan manba. Ma'lumotlar bazasi turi OLAP tizimining turiga va OLAP serverining harakatlarini bajarish tartibiga qarab belgilanadi. Ko'pincha ular relyatsion va ko'p o'lchovli ma'lumotlar bazalari va ma'lumotlar omborlaridan foydalanadilar;
- OLAP server - tizimning yadrosi bo'lib, uning yordamida ko'p o'lchovli ma'lumotlar tuzilmalariga ishlov berish amalga oshiriladi va ma'lumotlar bazasi va tizim foydalanuvchilari o'rtasidagi aloqa ta'minlanadi;
- so'rovlar shakllanadigan va olingan javoblar vizualizatsiya qilinadigan foydalanuvchi uchun dasturlar
- Ma'lumotlar jadval ko'rinishida guruhlangan relyatsion ma'lumotlar bazalari bilan ishlaydigan ROLAP tizimlari. Bunday turdagi tizimlarda ma'lumotlarni raqamlar va matnlar ko'rinishida tahlil qilish mumkin;
- MOLAP tizimlari ko'p o'lchovli tizimlar bo'lib, unda ishlov berish jarayonida ma'lumotlar maxsus serverlarda OLAP kublariga tuzilgan.
- HOLAP tizimlari kub shaklida ko'p o'lchovli ma'lumotlarni strukturalash va ularni relyatsion jadvallarda joylashtirish algoritmlarini birlashtirgan "aralash" tizimlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |