Vizualizatsiya nima?
Download 27.95 Kb.
|
Документ Microsoft Word (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vizualizatsiyani nima uchun qo‘llashadi
Vizualizatsiya nima? Vizualizatsiya – maqsadning tasavvurdagi obrazini yaratish. Nimaga erishishni istashingizni, buni qanday amalga oshirishni tasavvur qilasiz. Ko‘pchilik vizualizatsiyani kelajak haqidagi yaxshi umidlar sifatida qabul qiladi. «Istaklar taxtasini yarat va unga qara». Bunday strategiyaga bir muhim jihat – haqiqat bilan bog‘liqlik yetishmaydi. Agar chiroyli uyda yashashni tasavvur qilib, unga erishish uchun qanday qilib pul ishlashni o‘ylamasangiz, orzu orzuligicha qoladi. Samarali vizualizatsiya istak obekti va unga erishish harakatlarini o‘z ichiga oladi. Maqsadingizga erishish uchun har bir qadamni tasavvur etishingizga to‘g‘ri keladi: qaysi yo‘nalishda ishlaysiz, qanday to‘siqlarni yengishingiz lozim va buni qanday amalga oshirasiz. Bu oddiy orzular kabi u qadar yoqimli emas, biroq ko‘plab sohalarda haqiqiy natijalarga erishishda yordam beradi. Vizualizatsiyani nima uchun qo‘llashadi? Opra Uinfri, Jim Kerri, Uill Smit kabi ko‘plab muvaffaqiyatli kishilar vizualizatsiyani muvaffaqiyatlarining bir qismi deb hisoblashadi. Sport ruhiyatshunoslari vizualizatsiya atletlar ko‘rsatkichlarini yaxshilash, qo‘rquvni yengish va jarohatlardan keyin tezroq tiklanishda yordam berishini qayd etishadi. U shifokorlarga xatolarning oldini olish, politsiyachilarga – zo‘riqishni kamroq his etish, musiqachilarga – tezroq va yaxshiroq chalishda yordam beradi. Ruhiyatshunoslar vizualizatsiyani quyidagi yo‘nalishlar uchun qo‘llashni tavsiya etadilar: yangi ko‘nikmalarga ega bo‘lish; murakkab maqsadlarga erishish; o‘zini nazorat qilish va ishonch hissini oshirish; zo‘riqish vaqtida xotirjamlikka ega bo‘lish; yangi reja va strategiyalarni ishlab chiqish. Ratsional kishilar bu texnikaga ishonmasliklari mumkin. Chunki u ilmga asoslanmagandek ko‘rinadi. Aslida, vizualizatsiya yuqori ongga bog‘liq emas. U odam miyasiga ta'sir ko‘rsatadi, ilmiy ma'lumotlar ham buni tasdiqlamoqda. Download 27.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling