Vizualizatsiya nima?
Vizualizatsiya miyaga qanday ta'sir ko‘rsatadi?
Download 27.95 Kb.
|
Документ Microsoft Word (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vizualizatsiyadan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin
Vizualizatsiya miyaga qanday ta'sir ko‘rsatadi?
Olimlar miya tasavvur va haqiqatda sodir bo‘layotgan narsalarning farqiga bormasligini aniqlashgan. Biror narsani yodga olganda yoki kelajakdagi harakatlarni tasavvur qilganda miyamizda haqiqiy vaziyatda bo‘lgandagi kimyoviy moddalar ajraladi. Miyangiz o‘zini bir xilda tutadi. Uning uchun hodisani haqiqiy hayotda boshdan kechirayotganingiz yoki tasavvur qilayotganingizning ahamiyati yo‘q. Neyromediatorlar – miya tanaga aynan shu kimyoviy moddalar yordamida buyruq beradi, motor nazorati, diqqat va rejalashtirishni amalga oshiradi, kishini harakatga undaydi. Nevrologiyada tan olingan nazariyaga ko‘ra, qo‘zg‘atilgan neyronlar bir-biri bilan bog‘lanadi. Kelajakni tasavvur eta turib, miyada yangi neyron aloqalarini yaratasiz. Ular sizga fikrlash va o‘zgacha harakat qilish imkonini beradi. Xususan, vizualizatsiya retikulyar aktivatsion tizim – miyadagi ma'lumotni filtrlash va siz uchun muhim narsalarga e'tibor qaratadigan sohani ishga tushiradi. Ana shuning uchun ham yangi ish yoki yangi mijozlar haqida o‘ylaganingizda imkoniyatlar kutilmaganda paydo bo‘ladi. Vizualizatsiyadan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin? Samarali vizualizatsiyaning bir necha asosiy jihatlari mavjud. O‘lchamga ega aniq maqsad belgilang Vizualizatsiya uchun rasm to‘plaganda uni maksimal darajada aniq bo‘lishiga harakat qiling. Masalan, agar kitob ustida tongda xotirjam ish olib borishni istasangiz, bu qachon sodir bo‘lishi va qancha vaqt davomida ishlashingizni tasavvur qiling. Detallarigacha tasavvur qiling Qanday ishlashingiz va qadam-baqadam maqsadlaringizga erishayotganingizni tasavvur qiling. Iloji boricha ko‘proq detallar qo‘shing: qayerdasiz, nima kiyib olgansiz. Hislaringizni ishga soling Xonaning hidi, yugurganingizdan keyin oyoqdagi jimirlashlar, nutqingizdan keyin yangragan olqishlar – bularning barini tasavvurda jonlantirishga harakat qiling. Stsenariy kabi yozing Maqsadlarini qog‘ozda qayd etgan kishilar katta ehtimol bilan ularga erishadilar. O‘z vizualizatsiyangiz ssenariysini qog‘ozga, elektron ko‘rinishda yoki audioshaklda yozing. Uni takror ravishda tinglash yoki qayta o‘qish yanada aniqroq obraz xosil qilishda yordam beradi. Hodisa rivojining turli shakllarini ko‘rib chiqing Kelajak haqida o‘ylaganingizda qo‘rquv, xavotir va shunday fikrlar paydo bo‘ladi: «Agar… bo‘lsa-chi…» Ularni tasavvuringiz yanada moslashuvchan bo‘lishi uchun qo‘llang. Xayoliy tarzda barcha ichki – quvvat va o‘ziga bo‘lgan ishonchning yetishmasligi va tashqi to‘siqlardan o‘ting. Masalan, vaqt, pul, vaziyatlar. Ularning har birini qanday yengib o‘tayotganingizni tasavvur qiling. Demak, omma oldida chiqish qilishdan qo‘rqsangiz, siz uchun qo‘rqinchli narsani ko‘z oldingizga keltiring: sahnaga ko‘tarila turib, yiqilib tushasiz. Bu vaziyatda nima qilishingiz haqida o‘ylab ko‘ring: zal kulgidan qotib qolishi uchun shimingizni qoqasiz va biror hazilni aytasiz. Bu kabi rejalarni tuzishning yaxshi modeli mavjud — WOOP (Wish, Outcome, Obstacle, Plan). Akronim tuzilgan so‘zlar istak, natija, holat va reja kabi tarjima qilinadi. Bu modelni quyidagicha qo‘llash mumkin: Kelasi to‘rt hafta uchun o‘z istaklaringizni yozing. Ular murakkab, biroq erishiladigan bo‘lishi kerak. Uni to‘rt-beshta so‘z bilan tasvirlang. Natijani detallarda tasavvur eting. Uni iloji boricha batafsil tasvirlang. Sizga xalaqit qilishi mumkin bo‘lgan holatlarni o‘ylab ko‘ring. Barcha taklif va qo‘rquvlaringizni yozib chiqing. O‘zingizga bog‘liq bo‘lganlarinigina qayd eting. Reja tuzing. Har bir holat uchun hodisalar rivojining turli variantlarini o‘ylab toping. Masalan: «Agar sahnada yiqilib tushsam, o‘rnimdan turib, bu haqida hazillashaman. Yozayotgan vaqtimda telefon jiringlab qolsa, uni o‘chirib, keyinroq qo‘ng‘iroq qilaman». Agar vizualizatsiya texnikasi ham shubhali ko‘rinayotgan bo‘lsa, dastlab kichikroq maqsadga erishish uchun qo‘llab ko‘ring: 50 marta tortilishni o‘rganish, qo‘shimcha ish topish, yangi do‘st orttirish. U ishlashiga ishonch hosil qilgach, uni hayotingizning qolgan sohalariga doimiy asosda integratsiya qilishingiz mumkin. БИОЛОГИК МАКРОМОЛЕКУЛАЛАРНИ ВИЗУАЛИЗАЦИЯЛАШТИРИШНИНГ ЗАМОНАВИЙ МЕТОДЛАРИ. Download 27.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling