Tadjibaev baxtiyorning


Asinxron dvigatelning tuzilishi, ishlash printsipi


Download 19.88 Kb.
bet2/4
Sana30.04.2023
Hajmi19.88 Kb.
#1416553
1   2   3   4
Bog'liq
AVTOMATLASHTIRISHNING TEXNIK VOSITALARII . мустакил иш. Таджибаев Б

2. Asinxron dvigatelning tuzilishi, ishlash printsipi
Asinxron dvigatelь ikki qismdan iborat: qo‘zg‘almas stator va aylanuvchi rotor
Асос
Контактлар
қутиси
Кўтариш учун илгак
Asinxron dvigatelning statori (a) va rotori (b).
1-stanina (po‘lat korpus), 2-stator va rotorning o‘zaklari,
3- stator va rotor chulg‘amlari.
Stator-dvigatelning qo‘zg‘almas qismi bo‘lib u stanina, stator o‘zagi va o‘zakka o‘ralgan mis chulg‘amlardan iborat. Stanina dvigatelning korpus qismi bo‘lib xizmat qiladi. Unda stator o‘zagidan tashqari elektr kontaktlari uchun quti, katta dvigatellarda ko‘tarish uchun maxsus ilgak ham joylashgan bo‘ladi. Katta quvvatli dvigatellarda stanina asosi qalin metaldan ishlanib, uni yerga maxkamlash uchun maxsus teshiklar ochilgan bo‘ladi Statorning o‘zagi staninaning ichki qismiga jolashtiriladi. O‘zak elektro- texnik po‘latdan yasalgan bo‘lib, uning ichki sirtida chulg‘am simlari joylashtrilishi uchun maxsus o‘yilgan ariqchalar mavjud. Bu ariqchalarni paz deb ataladi. Uch fazali chulg‘amlar stator o‘zagi pazlarida navbatma-navbat joylashtiriladi. Chulg‘amlarning umumiy soni 3 ga karrali bo‘ladi.
Stator o‘zagi
pazlari
stator o‘zagi
stanina
chulg‘amlarning joylashuvi
stator chulg‘ami
а) в) с)
Stanina va stator o‘zagi (a), chulg‘amlarning o‘zak pazlarida joylashuvi (b), staninada joylashgan stator o‘zagi chulg‘amlari bilan (с).
Xuddi transformatorlarning o‘zagi singari, asinxron dvigatel statorining o‘zagi ham, uyurmali toklar ta'sirini kamaytirish maqsadida, yupqa listlardan yig‘ilgan bo‘ladi 5-rasm.
Stator o‘zagining yupqa plastinkasi va shu plastikalardan yig‘ilgan o‘zak
Rotor. Dvigatelning rotori aylanuvchi qism bo‘lib, u rotor o‘qi, rotor o‘zagi va chulg‘amdan iborat (6-rasm). Rotorning o‘zagi ham stator o‘zagi singari yupqa po‘lat yaproqchalardan yig‘ilgan bo‘ladi.
2
3
4
1
А) В)
Asinxron dvigatelning faza chulg‘amli rotori.
a- rotor o‘zagi yaproqchasi, b-faza chulg‘amli rotorning umumiy ko‘rinishi:1-.o‘zak,
2-chulg‘am,3-kontakt xalqalari, 4-rotor o‘qi.
O‘zakning tashqi sirtida chulg‘amlar joylashtirilishi uchun maxsus chuqurchalar-pazlar mavjud (6-a rasm.). Rotor chulg‘ami shu pazlar orqali o‘tkazib o‘raladi. Rotorning o‘zagi maxsus o‘qqa maxkamlanadi va shu o‘q bilan birga aylanadi. Rotor chulg‘ami tashqi zanjirga maxsus kontakt xalqalari orqali ulanadi (6-b rasm).
Asinxron dvigatellar tuzilishiga ko‘ra asosan ikki turga bo‘linadi. Bu turlar aynan dvigatel rotorining tuzilishlari bilan farqlanadi. Yuqoridagi rotor (6.6-rasm) faza chulg‘amli rotor deb yuritiladi. Bunday rotorli dvigatelьni esa faza rotorli asinxron dvigatelьь deb ataladi. Rotorning faza chulg‘amlarini qisqa tutashtirib yo‘g‘on simlardan (odatda mis, ba'zan alyumin yoki latundan) ham yasash mumkin (6.8-rasm). Bunday rotor qisqa tutushgan rotor deb ataladi.
a) b)
Qisqa tutashgan rotorli asinxron dvigatel rotorining ko‘rinishi (a) va rotorning qisqa tutashgan chulg‘ami.
Bunda rotor ancha katta toklarda ishlay oladigan bo‘ladi va mos holda aylantiruvchi moment, demak dvigatelning quvvati ham ancha katta bo‘ladi. Amalda qo‘llaniluvchi katta quvvatli asinxron dvigatellar asosan qisqa tutashgan rotorli bo‘ladi. Rotori qisqa tutashgan asinxron dvigatellar qisqa tutashgan rotorli dvigatellar deb yuritiladi. Qisqa tutashgan rotor “olmaxon g‘ildirakli” rotor deb ham ataladi. Garchi nomlanishi ertakdan olingan bo‘lsada, olmaxon g‘ildirakli konstruktsiyalar texnikaning boshqa sohalarida ham keng ishlatiladi.
Olmaxon g‘ildirakli konstruktsiyalar
Masalan ventilyatorlarning, suv transportining parraklari, yoki shamol va suvda ishlaydigan qurilmalarning xarakatlantruvchi qismlari shunday konstrkutsiya asosida qurilgan.
Stator chulg‘amlarida uch fazali tokdan aylanuvchi magnit maydon hosil bo‘lib u 60f /p doimiy tezlik bilan aylanib turadi. Bu aylanuvchi magnit maydon rotor chulg‘amini kesib o‘tganda chulg‘amda elektr toki hosil bo‘ladi. Bu tokning magnit maydoni bilan, aylanuvchi magnit mydon tasirlashadi va natijada rotor magnit maydonning orqasidan ergashib (ilashib) aylanishga harakat qiladi. Lekin, rotor aylanuvchi magnit maydon bilan teng aylana olmaydi, u doimo magnit maydondan sekinroq aylanadi. Boshqacha aytganda rotorning aylanish tezligi doimo aylanuvchi magnit maydonning tezligidan kichik bo‘ladi. Ya'ni rotor va statordagi aylanuvchi magnit maydon har xil tezlikda aylanadi. Aynan shuning uchun ham bu dvigatellar asinxron deb ataladi. Sinxron dvigatellarda esa magnit maydon va rotor bir xil tezlikda aylanadi. Chunki rotorning magnit maydoni statordan mustaqil ravishda hosil qilinadi.
Asinxron dvigatelning pasprotida (yorlig‘ida) uning quyidagi asosiy ko‘rsatkichlari keltirilgan bo‘ladi:
Unom -nominal (ishchi ) kuchlanishi (V);
Pnom – nomiinal quvvati ( Vt yoki kVt);
nnom – rotorning nominal aylanish tezligi (ayl/min);
snom –nominal sirpanish snom = (n0 – n nom)/ n0 ;
Mnom –dvigatelning nominal momenti;
λ- yuklanish koeffitsiyenti, o‘lchamsiz kattalik bo‘lib dvigatelь ishlashi jarayonida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan qisqa muddatli maksimal momentning nominal momentga nisbati bilan aniqlanadi λ = Mmax/ Mnom. Amalda ko‘proq qisqa tutashgan rotorli asinxron dvigatellar qo‘llaniladi, ular uchun yuklanish koeffitsiyenti asosan 1,7-2,5 oraliqlarda bo‘ladi.
Maxsus ishlangan dvigatellarda bu koeffitsiyent 3 gacha, hatto 4 bo‘lishi ham mumkin. Faza rotorli dvigatellarda yuklanish koeffitsiyentining diapazoni biroz kengroq bo‘lib 1,5-3,4 oraliqda bo‘ladi;
Mmax – maksimal moment (Mkr kritik moment deb ham yuritiladi);
δ- dvigatelьni ishga tushirish koeffitsiyenti bo‘lib, dvigatelь ishga tushishi paytidagi Mit momentning Mnom nominal momentga nisbati bilan aniqlanadi δ = Mit/ Mnom;
skr –kritik sirpanish, dvigatelning yuklanish koeffitsiyenti orqali aniqlanadi

Download 19.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling