Tadqiqot haqida tushuncha va uni men uchun ahamiyati


Download 17.22 Kb.
Sana19.12.2022
Hajmi17.22 Kb.
#1032894
Bog'liq
abdukarimov.shamshod


Tadqiqot haqida tushuncha va uni men uchun ahamiyati
Men tadqiqot haqida shuni aytmoqchimanki tadqiqot aslida bu san’atdir.Tadqiqotning ma’nosini ingliz tili lug’ati “Qandaydir bilim sohasida yangi dalillarni izlash orqali maxsus olib borilgan puxta tadqiqot”deb ta’riflaydi. Redman va Mori tadqiqotni “Yangi bilimlarni olishga tizimli urinish”deb tariflaydi.
Tadqiqot bu muammolarni aniqlash va qayta ko’rib chiqish, gipotezalarni yoki taklif qilingan yechimlarni shakllantirish, ma’lumotlarni yig’ish, tizimlashtirish va baholash, ajratish va xulosa qilish,va nihoyat xulosalarni ishlab chiqilgan gipotezaga mos kelishini aniqlash uchun ularni sinchkovlik bilan tekshirishni o’z ichiga oladi. Yuqorida aytib o’tilgan gipoteza so’zi biroz tushunarsiz bo’lishi mumkin. Shuning uchun unga ta’rif berib o’tishimiz zarur. Gipoteza bu yunoncha so’z bo’lib (asos, taxmin)-hodisalarning qonuniy, sababli bog’lanishi to’g’risidagi taxminan mulohaza, faraz ammo, har qanday taxminni ham gipoteza deb bo’lmaydi, balki ushbu taxminni ilgari surish uchun asos bo’lgan bilimga tayanilgan taxminni aytish mumkin..
Gipotezalar qancha ko’p bo’lsa shuncha yaxshi. Tadqiqot nima ekanligini bilib oldik lekin, tadqiqot biz uchun nimaga kerak? degan savol tug’ilishi mumkin. Mening fikrimcha biz izlanayotgan narsani tahlil qilish, muammosini aniqlash, qo’ygan taxminimiz, farazimiz ya’ni gipotezamizni qanchalik to’g’riligini asoslash, savollarimizga javob topish, sabablarini aniqlash va hali ochilmagan haqiqatni anglashdir. Inson tadqiqotlar olib borishi uchun bu fanning o’z motivatsiyasi ham mavjud, bu motivatsiya tadqiqot motivatsiyasi deyiladi. Odamlarni tadqiqot qilishga nima majbur qiladi? Bu asosiy ahamiyatga ega savol. Ilmiy darajaga ega bo’lish istagi va undan kelib chiqadigan afzalliklar, hal qilinmagan muammolarni hal qilishda ishtirok etish istagi, ya’ni amaliy muammolar bilan shug’ullanish tadqiqotga undaydi. Har qanday ijodiy ishni bajarishdan intellektual quvonch olish uchun ham va jamiyat uchun foydali bo’lish va uning muammolarini hal qilish uchun ham biz doimo tadqiqot olib borishimiz kerak. Mana shu yuqorida sanab o’tilgan sabablar tadqiqot o’tkazish uchun mumkin bo’lgan sabablardir.
Tadqiqotning maqsadi tiriklik qonunlarini, voqelik jarayonlari va hodisalarining o‘zgarishi, rivojlanishi, vujudga kelishi va yo‘qolishini kuzatish, kashf etish, tushuntirish va bashorat qilishdangina iborat emas. Uning dastlabki asosi va mavjudlik sharti o‘zlikni anglashdir.Insonning har bir yangi kashfiyoti uning o‘z-o‘zini bilishga bo‘lgan urinishining, intilishining natijasi bo‘lib kelgan. Tadqiqot inson nazariy va amaliy faoliyati negizida yuzaga keladi, u tabiat, jamiyat va inson ongining murakkab hodisalami to‘g‘ri, obyektiv talqin etishga imkon beradi
Download 17.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling