Tadqiqot mavzusiga oid ilmiy adabiyotlar va darsliklar tahlili


Download 13.95 Kb.
Sana09.02.2023
Hajmi13.95 Kb.
#1180712
Bog'liq
Tadqiqot ilmiy adabiyotlar tahlili


Tadqiqot mavzusiga oid ilmiy adabiyotlar va darsliklar
tahlili
Men Yuldasheva Moxinur Toirjon qizi Farg`ona davlat universitetining “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang`ich ta’lim) mutaxassisligi bo`yicha 1- kurs magistrantiman. Ilmiy rahbarim Boshlang`ich ta’lim uslubiyoti kafedra mudiri, filologiya fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD) I.V.Xoldarova. Ilmiy ishim mavzusi: “Kichik yoshli o`quvchilarda ona tili va o`qish savodxonligi darslari orqali fanga oid kompetensiyalarni rivojlantirish”. 2022-2023-o`quv yilining 1-semestri davomida tadqiqot mavzusiga oid bir qancha adabiyotlarni yig`ishga harakat qildim. Jumladan, K.Mavlonova tomonidan ishlab chiqilgan 1-2-sinf “Ona tili va o`qish savodxonligi” darsligining 1-2-qismlarini tahlil qildim. Darsliklarda nutqiy kompetensiyani shakllantirishning yetakchi omili hisoblangan lug`at boyligini oshirish masalasiga katta e’tibor berilgan. Buning uchun darsliklarda izohli lug`atlardan, maqol va topishmoqlardan, ma’nodosh (sinonim), zid ma’noli (antonim), shakldosh (omonim) so`zlarni o`rganishga doir mashq va topshiriqlardan foydalanilgan. Ushbu mashq va topshiriqlarni ko`rib chiqdim va bajarilish usullari bilan tanishdim.
Bundan tashqari N.Usmonov, G.Xolboyeva tomonidan ishlab chiqilgan “Boshlang`ich ta’limda kompetentlikni rivojlantirish omillari”, K.Qosimova, S.Matchonova, X.G`ulomova, Sh.Yo`ldosheva, Sh.Sariyevalar tomonidan ishlab chiqilgan “Ona tili o`qitish metodikasi”, K.Ushinskiyning “Tanlangan pedagogik asarlar” kabi ilmiy adabiyotlar bilan tanishib chiqdim hamda ilmiy ishim mavzusi bilan bog`lashga harakat qildim. To`plangan adabiyotlarni ilmiy rahbarimga ko`rsatdim va ular yuzasidan kerakli maslahatlarni oldim.
Ilmiy rahbar: I.V.Xoldarova
Magistrant: M.T.Yuldasheva
Download 13.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling