Tadqiqot mavzusining dolzarbligi va zarurligi Jahonga ma’lumki oliy ta’lim muassalarida talabalar bilan ishlashning aksiologik va kognitiv komponentlarini o’rganish masalalari doimo muhim vazifadir
Download 78,65 Kb.
|
Moddaning agregat holati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gazlarning asosiy harakteristikasilari: Past bosimga ega, chunki zarralar bir-biridan uzoq masofada joylashadi.
- Plazma – qisman yoki to’liq ionlashgan gaz bo’lib unda manfiy va musbat zaryadlar zichligi deyarli bir xil.
Mavzu: Moddalarning agregat holatlariREJA:1,Moddalarning qattiq, suyuq, gaz holatlari2,Moddalarning plazma holati va plazma xillarI3,Suyuq kristallarModdalarning agregat holatlari.Har qanday modda tashqi sharoitiga qarab to’rt xil agregat holatda qattiq, suyuq, gaz va plazma holatida bo’lishi mumkin. Moddalarni agregat holati uni tashkil qilgan zarrachalar ( molekula, atom, ion) orasidagi o’zaro ta’sir kuchlari va unga qarama qarshi bo’lgan tartibsizlik harakati, ichki energiya parametrlariga bog’liq. Agar zarrachalararo ta’sir kuchlari ichki energiyadan yuqori bo’lsa, bunday sharoitda modda past (suyuq yoki qattiq) agregat holatida bo’ladi. Tashqi ta’sirlar natijasida ichki energiyaning ortishi zarrachalararo ta’sir kuchlarining uzulishiga olib keladi. Natijada modda yuqori ( suyuq yoki gaz) agregat holatiga o’tadi.Qattiq holatModdalarning hammasi ham 4 xil agregat holatda bo’lmaydi. Masalan qattiq xoldagi CaCO₃ qizdirilganda suyuq holatda o’tmasdan parchalanib ketadi. Shuningdek yod qattiq holatdan to’g’ridan to’g’ri gaz holatga o’tib ketadi. Lekin deyarli barcha moddalar qattiq holatga erisha oladi. Agar sistemaning ichki energiyasi pasaytirilsa, sistemani tashkil qilgan zarrachalarning harakati susayadi va tartibli joylashadi. Qattiq holatida moddalarni tashkil qiluvchi zarrachalar tartibli holatda deyarli harakatsiz bo’ladi. Bunday holat kristall holat deyiladi. Harakat 0 K, ya’ni -273,15⁰ C haroratda barcha modda molekulalari harakatsiz holatda kristall tuzulishli bo’ladi. Ammo, bunday haroratga erishish amalda mumkin emas.Kristall holatQattiq moddalar ichki tuzukishiga ya’ni zarrachalarning bir biriga nisbatan qanday tartibda joylashganligiga qarab Kristal va amorf moddalarga bo’linadi. Bir moddaning o’zi ham Kristal ham amorf holatda bo’lishi mumkin. (Masalan: kristall holatdagi kvars amorf holatdagi qumtuproq) lekin Kristal holat doimo amorf holatga qaraganda batqaror bo’ladi. Kristall moddalar ma’lum yo‘nalishda bir-biriga yopishgan, ulangan bo‘lib ular shunday joyidan sinib tekis yoqli bo‘laklarga ajraladi ,Amorf holatTabiatda amorf holatdagi moddalar kristall moddalarga qaraganda kamroq uchraydi. Tsbiiy va suniy smolalar doimo amorf holatda bo’ladi. Amorf jismlarning eng tipik vakili odatdagi silikat shishadir. Shu sababli amorf holatni shishasimon holat deb yuritiladi.Amorf moddalar tuzulishi jihatdan suyuqliklarga o’xshaydi va ulardan zarrachalarning harakatchanligi juda kamligi bilan farq qiladi. Su sababli amorf moddalar o’ta sovitilgan suyuqliklarga o’xshatiladi.Suyuqliklar
Oquvchanlik o’r miqdoridagi kichik vaqt oralig’ida shaklini o’zgartirish hususiyati. Shuning uchun barcha suyuqliklar ingichka oqim ko’rinishida, tomchi bo’lib sachrashi, quyilgan idish shaklini egallashi mumkin. Oquvchanlik qovushqoqlikka teskari bo’lgan kattalik. Gaz holatGaz – moddaning agregat holati bo’lib uni tashkil qiluvchi molekulalar orasidagi masofa juda katta boʻlganligidan ularning oʻzaro tortishish kuchlari eʼtiborga olinmaydi. Shuning uchun gaz aniq shakl va aniq hajmga ega boʻlmaganligidan oʻzi turgan idishning butun hajmini egallaydi hamda idish shakliga ega boʻladi.Gazlarning asosiy harakteristikasilari: Past bosimga ega, chunki zarralar bir-biridan uzoq masofada joylashadi.Xususiy shaklga ega, xususiy hajmga ega emas. Qaysii idishda bo’lsa shu idishni to’la egallaydi va shaklga ega bo’ladi.Oson siqiladi.Plazma holat.Plazma – qisman yoki to’liq ionlashgan gaz bo’lib unda manfiy va musbat zaryadlar zichligi deyarli bir xil.Plazmaning asosiy xossalari- yuqori harorat (10 ³ dan 10⁹ gacha K) va erkin zaryadlangan zarralarning intensive harakatiga bog’liq bo’lgan elektr o’tkazuvchanlik.Plazmani metallarni issiqlik bilan qayta ishlashda (plazma payvandlash ) boshqa sharoitlarda amalga oshmaydigan , endotermik reaksiyalarning amalga oshishi uchun (NO sintezi. Tabiiy gazdan vadarodni olish ) va boshqalar.Download 78,65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling