Tadqiqot metodologiyasi ma’ruzachi: “moliya” kafedrasi dotsenti, phd sharapova mashxura azadovna
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
3-мавзу. Тақдимот
- Bu sahifa navigatsiya:
- BILISHNING MANTIQIY VOSITALARI
- BILISHNING TIL VOSITALARI
BILISHNING MANTIQIY VOSITALARI
Haqiqiy, obyektiv dalillarni yolg'ondan, intuitiv qabul qilinganlardan ajratishga imkon beradigan xulosalar va dalillarni yaratish usullari BILISHNING MANTIQIY VOSITALARI Bilimning mantiqiy vositalari. Har qanday tadqiqotda olim quyidagicha mantiqiy muammolarni hal qilishi kerak: - xolisona haqiqiy xulosalar chiqarishga imkon beruvchi mulohazalar qanday mantiqiy talablarga javob berishi kerak; bu qarashlar tabiatini qanday nazorat qilish kerak? - empirik kuzatilgan xulosalarni tavsiflash qanday mantiqiy talablarga javob berishi kerak? - ilmiy bilishning asl tizimlarini qanday mantiqiy tahlil qilish, bir bilimlar tizimini boshqa bilimlar tizimlari bilan qanday muvofiqlashtirish mumkin (masalan, sotsiologiyada va u bilan chambarchas bog‘llangan psixologiyada)? - ilmiy tushuntirishlar, bashoratlar va hokazolarni berishga imkon beruvchi ilmiy nazariyani qanday qurish kerak? Fikr va dalillarni qurish jarayonida mantiqiy vositalardan foydalanish tadqiqotchiga nazorat qilinadigan dalillarni intuitiv yoki tanqidsiz qabul qilinadigandan, yolg'onlarini haqiqiydan, chalg'ituvchini qarama- qarshiliklardan ajratib olishga imkon beradi. BILISHNING TIL VOSITALARI Tushunchalar ta’riflarini tuzish qoidalari BILISHNING TIL VOSITALARI Bilishning til vositalari. Bilishning muhim til vositasi boshqa narsalar qatori tushunchalar ta’riflarini tuzish qoidalaridir. Har qanday ilmiy tadqiqotlarda olim kiritilgan tushunchalar, ramzlar va belgilarga aniqlik kiritib, yangi tushuncha va belgilardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Ta’riflar doimo bilish va bilimlarni ifodalash vositasi sifatida til bilan bog‘liq. Tadqiqotchi o'z mulohazalari va dalillarini yaratishda, farazlarni shakllantirishda, xulosalar chiqarishda va boshqalarda foydalanadigan tabiiy va sun'iy tillardan foydalanish qoidalari anglash harakatlarining boshlang'ich nuqtasi hisoblanadi. Ularning bilimlari ilmiy tadqiqotlarda bilishning til vositalaridan foydalanish samaradorligiga katta ta'sir ko'rsatadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling