Tadqiqotchi olimlar tomonidan agrokimyo sohasida o‘g‘itlarni manba ko‘rinishida, xususan fosforli o‘g‘itlarni donador holatda qo‘llashning katta ahamiyatga EGA ekanligi isbotlandi


Kukunsimon va donadorlashtirilgan superfosfatni turli usullarda solishda tuproqda harakatchan fosfatlar miqdorining o‘zgarishi


Download 79.83 Kb.
bet3/5
Sana18.11.2023
Hajmi79.83 Kb.
#1784994
1   2   3   4   5
Kukunsimon va donadorlashtirilgan superfosfatni turli usullarda solishda tuproqda harakatchan fosfatlar miqdorining o‘zgarishi
(1 kg tuproqda mg)

Tajriba varianti

Chuqurlik, sm

30 V

10 VII

24 VIII

Nazorat (chuqur yumshatish, o‘g‘itsiz)

0-25

115,42

111,67

105,00

25-50

89,01

38,05

86,86

50-75

30,52

18,93

izlar

Donadorlashtirilgan o‘g‘itlarni chuqur solish

0-25

146,01

154,00

90,00

25-50

195,47

146,18

155,34

50-75

38,84

16,12

7,83

Oddiy o‘g‘itlarni chuqur solish

0-25

73,75

129,10

126,93

25-50

169,50

142,00

98,47

50-75

39,47

12,60

7,93

Donadorlashtirilgan o‘g‘itlarni oddiy usulda solish

0-25

145,15

107,12

121,80

25-50

103,53

38,80

31,13

50-75

21,43

12,33

7,96

Tuproqning yuqorigi gorizontida harakatchan fosfatlarning miqdoriga o‘g‘itlarning bunday sust ta’sirini tushuntirishda tajriba o‘tkazilgan xo‘jalikda bog’larga har yili mineral o‘g‘itlar berilganligini ko‘rsatib o‘tish joizdir. Mazkur o‘g‘itlar, tuproqqa ularning yutilish darajasiga bog‘liq ravishda, nok va behi ildizi tomonidan har xil darajada o‘zlashtirilgan. Azotli mineral o‘g‘itlar qo‘llanilgan qulay sharoitlarda (suv bilan yetarlicha ta’minlanganlik, yuqori agrotexnika va h.k.) azotning o‘zlashtirilishi 50-80 chegarasida o‘zgarishi, ayrim holatlarda esa hatto 100% gacha yetishi mumkin. fosforli o‘g‘itlardagi fosfatlar esa yetarlicha sust o‘zlashtiriladi.
Avvalroq ta’kidlab o‘tganimizdek, fosforli o‘g‘itlarning yengil eruvchan fosfatlari qisqa vaqt ichida deyarli butunlay dikaltsiy fosfatga aylanadi, u sug‘orish suvlari oqimi bilan tuproq profili bo‘yicha deyarli umuman aralashmaydi. Bunga bog‘liq ravishda sug‘oriladigan bo‘ztuproqlarda yutilgan fosfor faqatgina nok va behi ildiz tizimi bilan uzviy yondashgan holatdagina o‘zlashtiriladi. Fosforli mineral o‘g‘itlarning odatdagi doimiy berilishida fosfatlarning juda sust o‘zlashtirilishiga yana shu narsa sababki, nok va behining asosiy so‘ruvchi ildizlari o‘g‘itlangan gorizontdan pastroqda joylashadi va u fosfatlar bilan faqatgina ishlov berilgan va ishlov berilmagan qatlamlarning tutashgan chegarasidagina uchrashadi. Fosforli o‘g‘itlarning sust o‘zlashtirilishiga bog‘liq ravishda fosfatlarning har xil asosdagi va o‘simliklar o‘zlashtira oladigan turli shakldagi muayyan zahiralari to‘planadi va u solingan o‘g‘itlarning keyingi ta’siri samaradorligini yetarlicha darajada belgilaydi. Ko‘rnib turibdiki, mazkur sababga ko‘ra o‘g‘itlarni solish har xil usulda o‘g‘itlangan tajriba dalalarining yuqorigi gorizontida fosfatlar miqdorining o‘zgarishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmadi.
Harakatchan fosfatlarning 25-50 sm gorizontdagi miqdori bo‘yicha boshqacha holat kuzatildi, ya’ni o‘g‘itlar oddiy usulda berilganda tuproq fosfor bilan boyimagan bo‘lsa, chuqur berilganda esa mazkur qatlamda harakatchan fosfatlarning sezilarli to‘planishi kuzatildi (3.1.1-rasm).
Binobarin, nazorat variantida 25-50 sm gorizontdagi fosfatlar miqdori 1 kg absolyut quruq tuproqda 38,0-89,0 mg va oddiy usulda o‘g‘it berilgan variantda ham xuddi shunday chegarada o‘zgargan bo‘lsa, o‘g‘itlar chuqur usulda berilgan variantda esa mazkur gorizontdagi fosfatlar miqdori 1 kg absolyut quruq tuproqda 195,47-142,00 mg chegarasida o‘zgardi, faqatgina bitta holatda mazkur ko‘rsatkich 98,47 mg gacha pasaydi.
Ta’kidlash joizki, hatto o‘g‘itlar chuqur berilgan variantda ham fosfatlarning miqdori bo‘yicha birinchi tahlil muddati bilan keyingilari o‘rtasida tafovutlar kuzatiladi. Agar oddiy o‘g‘itlangan variantda tahlil uchun namuna olingan birinchi muddatda keyingisiga nisbatan muayyan pasayish kuzatilgan bo‘lsa, donadorlashtirilgan o‘g‘it berilgan variantda esa birmuncha barqarorlik kuzatiladi.



Download 79.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling