Tadqiqotga kirish


Download 3.88 Mb.
bet8/8
Sana23.10.2023
Hajmi3.88 Mb.
#1717228
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1 мавзу

Muammoni kengaytirish

  • qo‘shimcha yechimlar bilan to‘ldirish. Muammoni yechilishi davomida, qo‘shimcha, ya’ni bosh muammoni yechimni to‘ldiruvchi tadqiqotlar olib borish zaruriyati tug‘ilishi mumkin. Masalan, elektr energiyasidan samarali foydalanish muammosini yechish ushbu bosh muammo boshqa ko‘plab muammolarni yechish zaruriyatini vujudga keltiradi.

Materiallarni o‘rganish.

Har qanday ilmiy tadqiqot ishlari oldingi tadqiqot tajribalari, tadqiqot materiallarini va ilmiy izlanish olib borilayotgan sohaga yaqin sohalardagi tadqiqotlar materiallarini o‘ranish va tahlilidan boshlanadi. Tadqiqot mavzusi doirasida o‘zidan oldingi olib borilgan tadqiqotlar natijasidan xabardor bo‘lmagan izlanuvchi ko‘p hollarda allaqachon yechimga ega muammo yoki masalaga behuda kuch va vaqtini sarflaydi.

Tadqiqot mavzusiga oid materiallarni o‘rganishni ikkita bosqichga bo‘lish mumkin:

Birinchi bosqich.

  • Ma’lumotlar manbalarini aniqlash. Bu bosqichda tadqiqot mavzusiga oid yo‘nalishda chop etilgan ilmiy asarlar (monografiyalar), brashyuralar, jurnallarda chop etilgan maqolalar dissertatsiya ishlari va ularning avtoreferatlari, referativ jurnallar, ilmiy to‘plamlarda chop etilgan maqolalar internet saytlarida keltirilgan ma’lumotlar bilan tanishib chiqiladi. Tanishib chiqilgan ma’lumotlar manbalari va ularda tadqiqot mavzusiga oid masalalar bo‘yicha erishilgan yechimlar birlamchi ma’lumotlar kartochkasiga tushirilib ma’lumotlar kartotekasi shakllantiriladi.

Ikkinchi bosqich

  • Bu bosqichda to‘plangan ma’lumotlar manbalari o‘rganib chiqiladi va ular tahlil qilinadi. Har bir ma’lumot manbayida keltirilgan ma’lumotlar va yechilgan masalalar bilan oldin tanishib qarab chiqiladi va ular siz olib borayotgan tadqiqot mavzusiga yaqin bo‘lsa, uni o‘qib chiqib chuqur tahlil qilinadi. Axborot manbalari bilan tanishib chiqish (qarab chiqish) jarayonida undagi keltirilgan annotatsiya, mundarijadagi bandlarni nomlanishidan uni siz olib borayotgan tadqiqotlar bilan qay darajada yaqinligi haqida ma’lum bir xulosaga kelinadi. Tanishib chiqilgan ma’lumotlar manbayida yechilgan muammo yoki masala siz olib borayotgan tadqiqotlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lmasa bunday holda ushbu manba undagi yoritilgan masalalar haqida qisqacha xulosa shakllantirilib undan zarur bo‘lganda foydalanish uchun konspekt tuzib qo‘yiladi.

Ma’lumotlar manbayini o‘qib o‘rganib chiqish natijalarini qayd etish sxemasi.

Birlamchi ma’lumotlar kartochkasi: a) yuza qismi; b) orqa qismi.


Download 3.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling