Tadqiqotga kirish


Ilmiy texnik muammo (masala), uni aniqlash, o‘rganish va yechimi bo‘yicha ilmiy gipotezani shakllantirish


Download 3.88 Mb.
bet7/8
Sana23.10.2023
Hajmi3.88 Mb.
#1717228
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1 мавзу

Ilmiy texnik muammo (masala), uni aniqlash, o‘rganish va yechimi bo‘yicha ilmiy gipotezani shakllantirish

  • Ilmiy muammo – hal qilinishi talab etilayotgan nazariy va amaliy masala bo‘lib, usiz ilmiy tadqiqot ishlarini bajarib bo‘lmaydi.

Ilmiy muammoni qo‘yish

Ilmiy muammoni qo‘yish

muammoni izlash, muammoni qo‘yish va rivojlantirish (kengaytirish) bosqichlarini o‘z ichiga oladi.

Muammoni izlash

ilmiy muammoni yuzaga kelishi ijtimoiy, iqtisodiy va texnik asoslar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy asosga ega bo‘lgan energetik muammo sifatida ekologik toza energiya ishlab chiqarish, muhitni ifloslantirmaydigan ichki yonuv dvigatelini yaratish bilan bog‘liq muammoni misol qilib olishimiz mumkin. Ayrim muammolar unchalik ravshan bo‘lmasada, shubhasiz bo‘lib, yirik ilmiy texnik muammolar sirasiga kiradi.

Muammoni qo‘yish (shakllantirish).

Ilmiy muammoni izlash va tanlash insonning ilmiy tafakkuri va amaliy faoliyatidagi eng murakkab va hali o‘rganilmagan va ma’lum bo‘lmagan bilimlarni izlab topishdek biri ikkinchisini inkor qiladigan jarayondir. Muammoning to‘g‘ri shakllantirilishi va uni qo‘yilishi, tadqiqotdan ko‘zlangan maqsad, tadqiqot obyekti va tadqiqotlar olib borish chegaralarini belgilab olinishi qanchalik mukammal amalga oshirilganligi, ilmiy tadqiqot natijalariga erishishda muhim o‘rin tutadi. Ushbu masala, ya’ni muammoni qo‘yish aksariyat hollarda har bir tadqiqot mavzusi uchun individual yondashuv asosida hal etiladi. Shu bilan birga ma’lum umumiylikka ega quyidagi qoidalar mavjudligini ham aytib o‘tish lozim:

– ilmiy muammoga oid fan va texnikaning eng oxirgi yutuqlarini yaxshi bilishi va ilgaridan yechimi ma’lum muammoni qo‘ymaslik, boshqacha aytganda muammoga oid ma’lum bilimlarni noma’lumlaridan aniq chegaralash;

– olib boriladigan talqiqotlar chegarasi va tadqiqot obyektini aniq belgilab olish;

– ilmiy muammoni yechish usullarini aniqlash, ya’ni muammoni turini (ilmiy nazorat, amaliy, maxsus kompleks) tadqiqot olib borish metodikasini aniqlash.


Download 3.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling