Tadqiqotlari


 Kuzatuv usulini o‘tkazish bosqichlari


Download 6.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/240
Sana08.07.2023
Hajmi6.42 Mb.
#1659218
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   240
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627

9.4. Kuzatuv usulini o‘tkazish bosqichlari 
Kuzatuv o‘tkazishning quyidagi bosqichlari ajratib ko‘rsatiladi. 
Maqsadni belgilash, vazifalar qo‘yish, kuzatuv ob’ekti va predmetini belgilash. 
Tadqiqot maqsadlariga qarab odatda kuzatuv predmeti sifatida ob’ekt faoliyatining 
bitta yoki bir nechta chegaralangan sonli jihatlari tanlab olinadi, masalan, xaridorning 
magazin savd zalidagi harakatlar yo‘nalishi o‘rganiladi. 
Mos keluvchi ruxsatnomalar olish, odmlar bilan muloqo‘natish. 
Kuzatuv usulini tanlash va oldindan to‘plangan materiallar asosida jarayonni 
ishlab chiqish. 


213 
Kuzatuvga kirishishdan oldin tadqiqotchi uchun qiziqarli bo‘lgan vaziyat 
xaqida mulohaza yuritish mumkin bo‘lgan kuzatuv birliklarini tanlab olish lozim. 
Kuzatuv birligi sifatida turli xarakterdagi istalgan murakkab harakatlar yig‘indisi 
tanlanishi mumkin. 
Texnik hujjatlar va asbob-uskunalar tayyorlash (kartochkalar, bayonnomalar
kuzatuvchilar uchun yo‘riqnomalarni ko‘paytirish, texnik asbob-uskunalarni 
tayyorlash va h.k.). 
Reja ishlab chiqilgandan so‘ng kuzatuv o‘tkazish, ma’lumotlar to‘plash, 
axborot jamlash amalga oshiriladi. 
Bu yerda birinchi navbatda kuzatuvchilarni tanlab olish lozim. diqqat-e’tibor, 
sabr-toqat, kuzatilayotgan vaziyatdagi o‘zgarishlarni qayd etish qobiliyati kabi 
xislatlardan tashqari kuzatuvchiga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri halollik 
hisoblanadi. 
Kuzatuvchi o‘z harakatlarining kuzatilayotgan vaziyatga ta’siri, demak, 
ularning o‘zgarishi minimal bo‘lishi uchun ularni uzluksiz kuzatib borishi lozim. 
Har bir kuzatuvchi mos keluvchi tayyorgarlikdan o‘tishi zarur. Kuzatuvchini 
o‘qitishi bir vaqtning o‘zida unda muhim harakatlarni ko‘ra olish, shuningdek, eslab 
qolish va aniq qaydlar yuritish qobiliyatini rivojlantirishni ko‘zda tutadi. 
Kuzatuvga tayyorgarlikda yo‘riqoma ishlab chiqish muhim bosqich sanaladi. 
Yaxshi tayyorlangan yo‘riqoma kuzatuvchilarning ishini yengillashtiradi va ular 
tomondan to‘planadigan materiallarni bir xillashtiradi. 
Yo‘riqnomada kuzatilayotgan hodisalarni qayd etish usuliga talablar 
ko‘rsatilishi lozim. 
Kuzatuv natijalarini qayd etish quyidagi ko‘rinishda amalga oshiriladi: vaqt va 
joy imkon beradigan darajada «qaynoq izlar» bo‘yicha o‘tkaziladigan qisqa muddatli 
qayd; kuzatilayotgan shaxslar, hodisa va jarayonlarga taalluqli axborotni qayd etish 
uchun xizmat qiladigan kartochkalar; kuzatuvlar kundaligi; foto-, video-, ovoz 
yozuvlari. 
Kuzatuv natijalarini qayd etish ikki yoqlama nazorat – kuzatuvchi ustdian 
nazorat va kuzatilayotgan vazit yoki jarayon doirasida chetga og‘ishni nazorat qilish 


214 
vositasi hisoblanadi.
Strukturalanmagan kuzatuv ko‘pincha natijalarni qayd qilishning qat’i belgilab 
qo‘yilgan shakllariga ega bo‘lmaydi. Bu yerda avvalo qaydlar nima kuzatuv 
hisoblanishi, nima esa kuzatilayotgan hodisalar talqini ekanligini aniqlashga imkon 
berilishi muhim ahamiyat kasb etadi. 
Kuzatuv ustidan nazorat turli usullar yordamida amalga oshirilishi mumkin: a) 
vaziyat qatnashchilari bilan suhbat o‘tkazish; b) ushbu vaziyat bilan bog‘liq 
hujjatlarga murojaat qilish; v) o‘z kuzatuvi natijalarini boshqa, malakali kuzatuvchi 
tomondan qilingan kuzatuv natijalari bilan solishtirish; g) kuzatuv xaqida raportlarni 
boshqa tadqiqotchilarga kuzatuvlarni takrorlash maqsadida yuborish. 
Kuzatuv xaqida hisobot quyidagilardan iborat bo‘lishi lozim: amalga oshirilgan 
kuzatuv vaqti, joyi va vaziyatlari xaqida hujjatlar; tadqiqot o‘tkazishda 
kuzatuvchining roli kuzatuv usuli xaqida axborot; kuzatilayotgan shaxslar 
tavsifnomasi; kuzatuvchining o‘z qaydlari va sharhlari; olingan natijalar 
ishonchliligining bahosi. 
Odatda ishonchlilikni baholashning uchta turidan biri qo‘llanadi: 
➢ kuzatuvchilarning rozilik koeffitsiyenti (bitta vaziyat bir vaqtning o‘zida 
turli tadqiqotchilar tomondan kuzatiladi); 
➢ barqarorlik koeffitsiyenti (bitta kuzatuvchining o‘zi kuzatuvni turli vaqtlarni 
o‘tkazadi); 
➢ ishonchlilik koeffitsiyenti (turli kuzatuvchilar turli vaqtda kuzatuv 
o‘tkazadi). 
Kuzatuvlar rejasini ishlab chiqishda kuzatuv ostiagilar faoliyati ro‘y beradigan 
sharoit va vaziyatlarning eng muhim tavsiflarini aniqlash, ya’ni kuzatuvni qachon va 
qayerda o‘tkazish masaalsini hal qilish zarur. 

Download 6.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling