Tadqiqotlari
Marketing tadqiqotlarida kuzatuv usulining jarayoni
Download 6.42 Mb. Pdf ko'rish
|
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jins: kattalar:______erkaklar _______ayollar
9.3. Marketing tadqiqotlarida kuzatuv usulining jarayoni Strukturalanmagan kuzatuv amalga oshirilganda kuzatuvchi o‘rganilayotgan holatdagi barcha xulq-atvor turlarini qayd etadi. Bunday xulq-atvor turi ko‘pincha razvedka tadqiqotlari o‘tkazishda foydalaniladi. Masalan, qurilish anjomlari ishlab chiqaruvchi kompaniya o‘z xodimlarini ushbu vositadan uylar qurilishida foydalanish yo‘nalishlari va tezligini o‘rganishga imkon beradi. Kuzatuv natijalari ushbu vositani takomillashtirishda foydalaniladi. 9.1-jadval Kuzatuvlarni qayd etish shakli Kuzatuvchi __________ Kuzatuv joyi_______________ Sana _______________ Kun vaqti __________________ Kuzatilayotganlar guruhi strukturasi Guruh soni: _________kattalar _______ bolalar Jins: kattalar:______erkaklar _______ayollar bolalar: ______erkaklar _______ayollar foydalanish: _________ mahsulot uchun aravachalar ___________ mahsulot savatchasi ___________ hech narsa magazindagi xulq-atvorni qayd etish Xulq-atvor Yangi apelsin Shisha idish- dagi sharbat Bankali sharbat Muzlatilgan sharbat Tovar yonidan o‘tib ketish Har xil tovar turlarini taqqoslash Belgilangan markani tanlash Tanlangan markani diqqat bilan ko‘rib chiqish 210 Guruhdagi boshqa qatnashchilar bilan muhokama qilish Xaridni tanlashning boshqa xususiyatlari Foydalanish: _________ xaridlar ro‘yxati ___________kalkulyator ___________kuponlar Xarid amalga oshirilgan vaqt____________ Xarid qilingan miqdor_________________ Ba’zida kuzatuvchi odamni maxsus mexanik vosita bilan almashtirish mumkin. Bunday almashtirish yoki aniqlikning yuqoriligi, yoki arzonlik, yoki funksional sabablar bilan asoslanadi. Masalan, ko‘cha harakatini o‘rganishda avtomatik qurilma g‘ildiraklari maxsus plastinani bosib o‘tgan har bir mashinani qayd etadi. Shuningdek, maxsus qurilma vositasida oilaning ma’lum bir teleko‘rsatuvlarni ko‘rish odatlarini osonroq va ishonchliroq o‘rganish mumkin. Kuzatuvni muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun quyidagi shartlar bajarilishi lozim: 1. Kuzatuvlar nisbatan qisqa vaqt oralig‘ida amalga oshirishi lozim. Masalan, vaqt va mablag‘ sarflash nuqtai nazaridan butun uyni sotib olish jarayonini kuzatish maqsadga muvofiq emas. Vaholanki, buni qismlar bo‘yicha, ushbu jarayonning alohida bosqichlarida amalga oshirish mumkin. 2. Kuzatilayotgan jarayon va hodisalar kuzatish uchun ochiq bo‘lishi, jamoat orasida ro‘y berishi lozim. Masalan, xususiy suhbat bu talabga javob bermaydi. 3. Respondent yaxshi eslab qolishga qodir bo‘lmagan, tez-tez takrorlanadigan sistematik faoliyat uning aossida yotmaydigan xulq-atvorgina kuzatuv ostiga qo‘yilishi lozim. Masalan, kishi odatda oxirgi dushanba kuni ishga ketayotgan mahal avtomobilla qaysi radioeshittirishni tanglaganligini eslay olmaydi. Eng ideal holatda kuzatuv ob’ektlari ularnig xulq-atvori kuzatuv istida ekanligini bilmasligi lozim. Qator hollarda kuzatuv aniq axborot olishning yagona usuli hisoblanadi. Masalan, kichkina bolalar o‘yinchoqqa o‘zning munosabatini so‘z orqali ifodalay olmaydi, biroq bunday axborotni bolalarning o‘yinchoqni qanday o‘ynashiga qarab olish mumkin. Odatda kuzatuv usuli boshqa usullar bilan birgalikda foydalaniladi. Bu holatda 211 olingan natijalar bir-birini to‘ldiradi va nazorat qiladi. Xususan, agar kuzatuv boshqa usullar yordamida olingan ma’lumotlarni nazorat qilish uchun foydalaniladigan bo‘lsa, u maksimal darajada qat’iy strukturalangan bo‘lishi, nazorat qilinayotgan axborot to‘plangan sharoitlar bilan bir xil sharoitlarda ro‘y berishi lozim. Kuzatuv usulining kamchiliklari barcha sifat tadqiqotlariga xos. Bevosita kuzatuvda odata kichk guruhdagi odamlarning xulq-atvori ma’lum bir sharoitlarda o‘rganiladi, demak, olngan ma’lumotlarning reprezentativlik masalasi yuzaga keladi. Bunda sub’ektiv talqin qilish o‘ringa ega bo‘ladi. odamning qabul qilish hissiyoti cheklangan, shu sababli o‘rganilayotgan vaziyatning bironta muhim jihatini o‘tkazib yuborishi mumkin. Odatda tadqiqotchi kuzatuv usuli asosida olingan ma’lumotlarni chuqurlashtirish va ma’lum bir xulq-atvor asosida yotgan manfaatlar, motivlar, munosabatlarni ochib berishga qodir bo‘lmaydi. Kuzatuv juda ko‘p mehant talab qiladigan usul sanaladi. Kuzatuv natijalarini rasmiylashtirish ba’zida kuzatuvning o‘zi uchun sarflangan vaqtdan ikki baravar ko‘p vaqt talab qiladi. Atrofdagi vaziyat xarakteriga qarab kuzatuv tabiiy sharoitlarda (magazinda, peshtaxta oldida) ro‘y beradigan dala kuzatuvi yoki sun’iy tashkil qilingan sharoitlarda bo‘lib o‘tadigan laboratoriya kuzatuvi bo‘lishi mumkin. Kuzatuv natijalari audio- yoki videotexnika yordamida, yon daftarlarda qayd etiladi. Kuzatuv o‘tkazishdagi qiyinchiliklar sub’ektiv (kuzatuvchi shaxsi bilan bog‘liq) va ob’ektiv (kuzatuvchiga bog‘liq bo‘lmagan) turlarga bo‘linadi. Sub’ektiv qiyinchiliklar qatoriga tadqiqotchining boshqalar harakatlari va xulq- atvorini o‘zining qadriyatlar tizimi, o‘z «Men»i orqali tushunish va talqin qilishi mumkinligi tushuniladi. Bundan tashqari, kuzatuv har doim tadqiqot maqsadlariga bo‘ysunadi, bu esa kuzatilayotgan narsa sohasini ta’kidlaydi va unga selektiv xarakter baxsh etadi. Oqibatda kuzatuv uchun dalillar tanlash kuzatuvchining o‘ziga kuchli bog‘liq bo‘ladi. Ob’ektiv qiyinchiliklar qatoriga birinchi navbatda kuzatuv vaqtining hodisa ro‘y berish vaqti bilan cheklanganligini kiritish mumkin. Bundan tashqari, barcha 212 qiziqarli omillarni ham bevosita kuzatish imkoni bo‘lavermaydi. Kuzatuvchining shaxsiy xislatlar, uning ro‘y berayotgan holisalarga o‘z munosabatini bildirishi ham kuzatilayotgan щaxslar xulq-atvoriga jiddiy ta’sir etishi mumkin. Kuzatuv marketing tadqiqotlarining boshqa usullarini to‘ldirishi va tadqiqotchi uchun zarur bo‘lgan axborotni boshqa usullar bilan olish imkoni bo‘lmagan hollarda qo‘llanishi lozim. Odamlar o‘z harakatlari ketma-ketligini aniq va batafsil tavsiflay olmagan hollarda shunday bo‘ladi. Odatiy vaziyatlarda odamlarning harakatlari ko‘pchilik hollarda «avtomatik» xarakterga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, tez-tez takrorlanadigan vaziyatning o‘zi uning ongidagi biron ma’lumotga aylanadi va unga xos bo‘lgan jihatlar o‘chib ketadi. Tadqiqot maqsadlari uchun zarur bo‘lgan axborotni olish, ya’ni o‘rganilayotgan ob’ektning muhim tavsiflari xaqida ma’lumot olish, uning faoliyati bilan bog‘liq bironta muhim narsani o‘tkazib yubormaslik uchun kuzatuv dasturi va rejasini oldindan ishlab chiqish zarur. Rejalashtirishda kuzatuv o‘tkazish muddatlari aniq belgilanishi va axborot to‘plash usuli ko‘rsatilishi lozim. bundan tashqari, tadqiqotchi o‘zida mavjud imkoniyatlar (vaqt, mablag‘, yordamchilar soni va ularning malakasi) doirasida kuzatuv sohasini chegaralash, shuningdek, uchrashi mumkin bo‘lgan to‘siqlarni (ma’muriy yoki psixologik qiyinchiliklar, axborot olish va qayd etish bilan bog‘liq qiyinchiliklar) hisobga olishi muhim ahamiyat kasb etadi. Download 6.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling