Tadqiqotlari


Download 6.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/240
Sana08.07.2023
Hajmi6.42 Mb.
#1659218
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   240
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627

8.4. Panel usuli 
So‘rov o‘tkazishda so‘ralayotganlar guruhi bir yoki bir necha marta tadqiq 
etilishi mumkin. Birinchi holatda tanlab olingan guruh qat’iy belgilangan vaqt uchun 
bir nechta ko‘rsatkichlar bo‘yicha bir marta tadqiq etiladi. Masalan, jurnal va 
gazetalar redaksiyalari o‘z o‘quvchilari o‘rtasida ularning yoshi, jinsi, ma’lumot 


199 
darajasi, mashg‘ulot turi kabi ko‘rsatkichlar bo‘yicha bir martalik tanlanma tadqiqot 
o‘tkazadi. 
Ikkinchi holatda panel deb nomlanuvchi so‘ralayotganlar guruhi belgilangan 
vaqt davomida bir necha marta tadqiq etiladi. Ko‘plab marketing tadqiqotlarini 
o‘tkazishda turli turdagi panellardan foydalaniladi. 
Oldingi boblarda ta’kidlaganimizdek, panel bu – takroriy tadqiqot 
o‘tkazilayotgan so‘rovda ishtirok etuvchi shaxslarning tanlanma yig‘indisidir. Ayrim 
iste’molchilar, oilalar, savdo va sanoat tashkilotlari, ekspertlar panel a’zolari bo‘lishi 
mumkin. Panel usuli bir martalik usullardan bir qator afzalliklarga ega, xususan, u 
keyingi so‘rov natijalarini oldingi natijalar bilan solishtirish va o‘rganilayotgan 
hodisalardagi tendensiyalarni belgilashga imkon beradi. 
Barcha turdagi panellar vaqt bo‘yicha, o‘rganilayotgan birliklar (sub’ektlar) 
xarakteri bo‘yicha, o‘rganilayotgan muammolar xarakteri bo‘yicha va axborot olish 
usullari bo‘yicha taqsimlanadi. 
Vaqt bo‘yicha panellar qisqa muddatli (bir yilgacha) va uzoq muddatli (besh 
yilgacha) turlarga bo‘linadi. Uzoq muddatli panellar uzluksiz yoki davriy axborot 
bershii mumkin. Uzluksiz axborot kundaliklarda har kuni qayd etib boriladi
kundaliklarning o‘zi esa ma’lum vaqt oralig‘idan so‘ng tashkilotchilarga jo‘natiladi. 
Davriy axborot anketalar shaklida so‘rov o‘tkazilishi bilan kelib tushadi. 
O‘rganilayotgan birliklar xarakteri bo‘yicha panellar quyidagi turlarga 
taqsimlanadi (8.1-rasm). 
Ya’ni, ushbu birliklarni kengroq ko‘rib chiqamiz: 
➢ iste’mol, ularning a’zolari yakka holdagi iste’molchilar, oilalar yoki uy 
xo‘jaliklaridan iborat; 
➢ savdo, ularning a’zolari savdo tashkilotlari va savdo bilan shug‘ullanuvchi 
alohida shaxslar hisoblanadi; 
➢ sanoat korxonalari, tadqiq etilayotgan tovarlarni ishlab chiqaradi;
➢ ekspertlar – o‘rganilayotgan muammo bo‘yicha mutaxassislar. 


200 

Download 6.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling