Tadqiqotlari
Download 6.42 Mb. Pdf ko'rish
|
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.3-jadval To‘rtta muloqot usulining afzallik va kamchiliklari
- 8.4-jadval Ochiq savollarga namunaviy misollar Nomi Ta’riflanishi Misol
Anketa (so‘rov varaqasi) bu – tadqiqot ob’ekti yoki predmeti
tavsifnomalarini aniqlashga yo‘naltirilgan savollar tizimidir. Anketa savollarini tayyorlashda so‘rovni sifatli o‘tkazishga xizmat qiluvchi asosiy tamoyillarga rioya qilish zarur. Anketa savollari sodda, tushunarli, bir ma’noli va neytral bo‘lishi lozim. Anketada savollar oddiydan murakkabga qarab o‘zgarib borishi talab etiladi. 193 Pochta orqali anketalar, telefon so‘rovlari, shaxsiy intervyu va internet yordamidagi tadqiqotlar juda keng qo‘llanadi. Quyidagi jadvalda muloqot usullaridan har birining afzallik va kamchiliklari keltirilgan (tavsifnomalar besh ball tizimida baholanadi). 8.3-jadval To‘rtta muloqot usulining afzallik va kamchiliklari Pochta Telefon Shaxsiy muloqot Internet Moslashuvchanlik 2 4 5 3 Olish mumkin bo‘lgan axborot hajmi 4 3 5 4 Intervyuyerning ta’siri nazorati 5 3 2 5 Ma’lumot to‘plash tezligi 2 5 4 5 Reaksiya darajasi 2 4 4 2 Bahosi 4 3 2 5 Tanlov strukturasi 4 5 3 2 Har qanday anketa sinchiklab ishlab chiqish, sinab ko‘rish va qayta ishlashni talab qiladi. Savollar shakli beriladigan javobga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu sababli ikki xil turdagi savollardan foydalaniladi: ➢ ochiq - javob mustaqil beriladi (8.4-jadval); ➢ yopiq - savolda beriladigan barcha javob variantlari bo‘ladi (8.5-jadval). 8.4-jadval Ochiq savollarga namunaviy misollar Nomi Ta’riflanishi Misol Oddiy savol Javobning erkin shaklini nazarda tutuvchi savol beriladi “Samolyotda ketayotganingizda odatda nima bilan mashg‘ul bo‘lasiz?” So‘zlar yoig‘indisini tanlash Bir so‘z aytiladi va uning fikriga kelgan birinchi so‘zni aytish so‘raladi “Avialiniya so‘zini eshitganda xayolingizga birinchi bo‘lib keladigan so‘z nima?” Gapni tugatish Tugallanmagan gap aytiladi va uni yakunlash takliya etiladi “Aviakompaniyani tanlashda men uchun asosiysi ...” Hikoyani yakunlash Tugallanmagan hikoya taklif etiladi va uni yakunlab berish so‘raladi Internet yordamida axborot to‘plash birlamchi axborot to‘plashning nisbatan yangi va rivojlanayotgan usulidir. Garchi hozirgi kunda dunyo aholisining asosiy 194 qismi internet xizmatlaridan foydalanmayotgan bo‘lsada, ayrim baholarga ko‘ra ularning soni 30-35 mln kishini tashkil qilar ekan. Internetga yangi ulanuvchilar soni esa kun sayin o‘sib bormoqda. Agar ilgari yosh va texnik jihatdan savodli erkaklar internetdan foydalanuvchilar orasida ko‘pchilikni tashkil qilgan bo‘lsa, statistika ma’lumotlariga ko‘ra hozirgi kunda ayollar va 25 yoshgacha bo‘lganlar soni tobora ortib bormoqda. Internet yordamida amalga oshiriluvchi tadqiqotlar axborot to‘plashning nisbatan arzon usuli hisoblanadi. Amalda onlayn rejimidagi tadqiqotning oddiy tadqiqotlar oldida ikkita jiddiy ustunligi bor: tezlik va rentabellik. Onlay rejimida tadqiqotlarni tashkil qilish oldindan batafsil rejalashtirishni talab qiladi, biroq natijalar amalda bir zumdayoq olinadi. shuningdek, mamlakat ichkarisida yoki xalqaro miqyosda tadqiqot o‘tkazishda ham tezlik va bahoda hech qanday farq bo‘lmaydi. Download 6.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling