Tadqiqotlari
So‘rov usuli quyidagi afzalliklarga ega
Download 6.42 Mb. Pdf ko'rish
|
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627
So‘rov usuli quyidagi afzalliklarga ega:
1. Yuqori standartlashuv darajasi, barcha respondentlarga bir xil javob variantlariga ega bir xil savollar berilishi bilan izohlanadi. 2. Amalga oshirishning osonligi, respondentlar oldiga kelish shart emas, ularga savollarni pochta yoki telefon orqali berish ham mumkin. 3. Chuqur tahlil o‘tkazish imkoniyati ketma-ketlikda aniqlashtiruvchi savollar berilishidan iborat. Masalan, ishlayotgan bolali onalardan ularning ish joyi maktab yoki bolalar bog‘chasiga qanchalik yaqin bo‘lishi muhimligi so‘raladi. Keyin esa nechta maktab variant sifatida ko‘rib chiqilganligi haqida savol beriladi. Shundan so‘ng mashg‘ulot turi, daromad, oila hajmiga doir savollar beriladi. 4. Tabulyatsiya va statistika tahlilini o‘tkazish imkoniyati matematik statistika usullari va shaxsiy kompyuterlar uchun mos keluvchi amaliy dasturlarni qo‘llashdan iborat. 5. Muayyan bozor segmentlari bo‘yicha olingan natijalar tahlili. Ommaviy so‘rovlarda axborot manbai bo‘lib faoliyat turi bo‘yicha tahlil predmeti bilan bog‘liq bo‘lmagan aholi xizmat qiladi. Maxsus so‘rovlarda aynan mutaxassislar (ekspertlar) – professional faoliyati 186 tadqiqot predmeti bilan bog‘liq bo‘lgan shaxslar asosiy axborot manbai vazifasini bajaradi. Shu sababli maxsus so‘rovlar ko‘pincha ekspertlar so‘rovi deb ham ataladi. Ular marketing tadqiqotining boshida muammoni aniqlash uchun yoki tadqiqotning oxirida qaror qabul qilish lozim bo‘lgan hollarda qo‘llanadi. Bir martalik so‘rovlar faqat bozor sub’ektlarining korxona faoliyati va uning mahsulotlariga joriy reaksiyasini ko‘rsatgan bir paytda takroriy so‘rovlar tovarning butun hayot davrini, iste’molchilar so‘rovlari va did-istaklarini aniqlashga imkon beradi. So‘rovlar odatda ishlab chiqarish yo‘nalishidagi tovarlardan foydalanuvchilar fikrini o‘rganish uchun foydalaniladi, chunki ularning doirasi nisbatan cheklangan bo‘ladi. Iste’mol bozorida potensial iste’molchilar soni shunchalik ko‘pki, amalda ushbu usuldan foydalanishning imkoni yo‘q. Bunday sharoitlarda tanlama kuzatuvlar o‘tkaziladi. Anketa so‘rovlari usulining afzalligi uni amalda hech qanday cheklashsiz qo‘llash mumkinligi, ob’ektning oldingi va joriy xulq-atvori, kelajakdagi rejalari haqida ma’lumot olishga imkon beradi. Mazkur usulning kamchiligi so‘rovlarni o‘tkazish uchun katta xarajat va ko‘p mehnat talab qilinishi, olingan axborotning noto‘g‘ri javoblar natijasida aniqlik darajasi pasayishi mumkinligidan iborat. So‘rovni o‘tkazish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari quyidagilarni ko‘zda tutadi: ➢ auditoriya bilan aloqa usulini tanlash; ➢ anketani tayyorlash; ➢ sinov o‘tkazish va anketani to‘ldirish. So‘rov kishilarga ularning bilim darajasi, mahsulotga munosabati, did-istaklari va iste’molchi xulq-atvoriga doira savollar berish yo‘li bilan birlamchi axborot to‘plashda namoyon bo‘ladi. So‘rov strukturalangan va strukturalanmagan xarakterga ega bo‘lishi mumkin; birinchi holatda barcha so‘ralayotganlarga bir xil savollar beriladi, ikkinchi holatda esa intervyuyer olingan javoblarga qarab savol beradi. 187 So‘rov o‘tkazishda so‘ralayotganlar guruhi bir yoki bir necha marta tadqiq etilishi mumkin. Birinchi holatda tanlab olingan guruh qat’iy belgilangan vaqt uchun bir nechta ko‘rsatkichlar bo‘yicha bir marta tadqiq etiladi. Masalan, jurnal va gazetalar redaksiyalari o‘z o‘quvchilari o‘rtasida ularning yoshi, jinsi, ma’lumot darajasi, mashg‘ulot turi kabi ko‘rsatkichlar bo‘yicha bir martalik tanlanma tadqiqot o‘tkazadi. So‘rov o‘tkazishda axborot respondentlardan uch usulda olinadi: 1) respondentlarga intervyuyer tomonidan savol berish yo‘li bilan, javoblarni intervyuyer qayd etib boradi; 2) kompyuter yordamida savollar berish yo‘li bilan; 3) respondentlarning anketalarni mustaqil to‘ldirish yo‘li bilan. Birinchi usul quyidagi afzalliklarga ega: 1. Respondentlar bilan qaytuvchan aloqaning mavjudligi so‘rov jarayonini boshqarishga imkon beradi. 2. Respondentlar va intervyuyer o‘rtasida so‘rovning boshidayoq ishonchli munosabat o‘rnatish imkoniyati. 3. So‘ralayotganlar ma’lumot darajasi yoki xususiyatlarini hisobga olish imkoniyati — masalan, respondentga qo‘llanuvchi shkalalar gradatsiyasida yordam berish. Mazkur usulning kamchiliklari xuddi ikkinchi usulniki kabi bo‘lib, keyinroq ko‘rib chiqiladi. Ikkinchi usulning afzalliklari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 1. Mazkur yondashuvni shaxsiy intervyuga nisbatan tezroq amalga oshirish. Kompyuter oldingi savollarga moslashtirilgan savollarni juda tez berishi, tasodifan tanlangan telefon raqamlarini tez terishi, har bir so‘raluvchining xususiyatlarini hisobga olishi mumkin. 2. Intervyuyerning xatoga yo‘l qo‘ymasligi, kompyuter charchamaydi, uni «sotib olib» bo‘lmaydi. 3. Rasmlar, grafiklar, videomateriallardan foydalanish. 188 4. Ma’lumotlar bilan real vaqt rejimida ishlash. Olingan axborot bevosita ma’lumotlar to‘plamiga jo‘natiladi hamda istalgan payt tahlil qilish uchun ochiq bo‘ladi. 5. Intervyuyerning sub’ektiv xislatlari olinadigan javoblarga ta’sir ko‘rsatmaydi. Respondentlar intervyuyerga yoqmaydigan javoblarni bermaslikka harakat qilmaydi. Kompyuter usulining kamchiliklari kompyuter va dasturiy vositalarni xarid qilish va undan foydalanish, har bir tekshiruvdan so‘ng kompyuterni viruslardan tozalash xarajatlarining nisbatan kattaligidan iborat. Uchinchi usulning o‘ziga xos bo‘lgan asosiy jihati shundaki, respondent unga berilgan savollarga mustaqil, intervyuyer yoki kompyuter ishtirokisiz javob beradi. Ushbu usulning afzalliklari: 1. Intervyuyer va kompyuter texnikasidan foydalanilmaslik sababli nisbatan arzonlik. 2. Respondentlar tomonidan savollarga javoblarning mustaqil berilishi, ular savolga javobberish tezligi va vaqtini o‘zlari belgilaydi. 3. Intervyuyer yoki kompyuter tomonidan ko‘rsatiluvchi biron-bir ta’sirning yo‘qligi respondentlar uchun savollarga javob berishda yanada qulaylik yaratadi. Bu usulning kamchiligi birinchi navbatda respondentning o‘zi anketa savollariga javobni nazorat qilishi, uning javoblarida xatolar bo‘lishi mumkinligi, so‘rov muddati buzilishi yoki anketalarning umuman qaytarib berilmasligidan iborat. Download 6.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling