Tadqiqotlari


Download 6.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/240
Sana08.07.2023
Hajmi6.42 Mb.
#1659218
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   240
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627

 
 
Navbatda keltirilayotgan 10.3-jadvalda ta’minotchilar ishini baholash 
uslubiyati aks ettirilmoqda. 
10.3-jadval
Ta’minotchilar ishini baholash uslubiyati
 
№ 
Tavsifnoma 
Tavsifnoma ahamiyati 
Baholash shkalasi
Yomon 
qoniq 
Yaxshi 
A’lo 
1
2
3
4
1 Narx
0,3
X
2 Reputatsiya
0,2
X
3 Ishonchlilik
0,3
X
4 Xizmat ko‘rsatish darajasi
0,1
X
5 Moslashuvchanlik
0,1
X
Har bir tavsifnoma 1 dan 4 gacha ball muhimlik shkalasiga ega.
Har bir tavsifnoma 0,1 dan 0,3 gacha koeffitsiyent bholash shkalasiga ega.
Xaridor ta’minotchilarni mustaqil ravishda ranglarga ajratadi va yakuniy 
bahoni oladi.


233 
 
10.5. Iste’molchi huquqlari 
Rivojlangan mamlakatlarda iste’molchilar bozorda tarqoq va ajralgan holda 
emas, balki tashkillashtirilgan omma sifatida namoyon bo‘ladi. Bu tovar ishlab 
chiqaruvchilar va vositachilar faoliyatini qiyinlashtirib, ularni iste’molchilarning 
shaxsiy hamda umumiy talablarini hisobga olishga majbur qiladi. Iste’molchilar 
huquqlari mutloq va daxlsizdir. Aldov, tovarlar sifatining pastligi, e’tirozlarga e’tibor 
qaratmaslik iste’molchilarning qonuniy huquqlarini kamsitish hisoblanadi.
Iste’molchi suvereniteti bu – mavjud mablag‘lar doirasida o‘ziga kerakli 
narsani xarid qilish, sotuvchini, xarid qilish joyi, vaqti va boshqa shartlarni erkin 
tanlash huquqi va real imkoniyatidir.
Kons’yumerizm – iste’molchilarning o‘z huquqlarini himoya qilish va 
kengaytirish, shuningdek, ishlab chiqaruvchilar, savdogarlar va vositachilarga 
ko‘rsatuvchi ta’sirini oshirish maqsadida tashkil etilgan harakati.
U o‘z faoliyatida turli ommaviy axborot vositalari va reklamadan foydalanadi, 
iste’molchilarga maslahatlar beradi, tovarlarni mustaqil ekspertizadan o‘tkazadi, 
sifatsiz tovar va xizmatlarga da’vogar bo‘lib chiqadi, iste’molchilarda iste’mol 
madaniyatini tarbiyalaydi.
1985 yilda BMT Bosh Assambleyasi quyidagilar uchun "Iste’molchilar 
huquqlarini himoya qilish tamoyillari"ni ishlab chiqdi:
➢ mamlakatlarga milliy va xalqaro miqyosda zararli ishbilarmonlik 
amaliyotiga qarshi kurash;
➢ xaridorlarga arzon narxlarda keng tanlov imkoniyati hadya etuvchi bozor 
sharoitlarini shakllantirishni rag‘batlantirish;
➢ tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va taqsimlash bilan bog‘liq 
bo‘lganlarning xulq-atvori me’yori yuqori bo‘lishini rag‘batlantirish.


234 

Download 6.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling