Tadqiqotlari
Download 6.42 Mb. Pdf ko'rish
|
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627
bo‘lgan sub’ektlar
Xatoliklarning turlari So‘raluvchilar tomonidan yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatoliklar - so‘raluvchining madaniy va intellektual saviyasi; - masalaning mohiyatini to‘g‘ri tushunishi; - so‘raluvchining ma’suliyatini his qilish darajasi; - anketadagi savollarni tushunish va ularga bo‘lgan munosabat darajasi; - ayrim savollarga javob berishdan bosh tortishi (oilaviy ahvoli, daromadlar manbai, yoshi, millati kabilar); - noto‘g‘ri javob uchun javobgarlikning yo‘qligi; - to‘g‘ri javob uchun rag‘batning yo‘qligi; - so‘raluvchining ruhiy holati kabilar So‘rovchilar tomonidan yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatoliklar - so‘rovchining ma’suliyatsizligi va ishga yuzaki qarash ko‘nikmasining mavjudligi; - o‘zining toqatsizligi evaziga o‘zi tomonidan ham anketani to‘ldirish ehtimolining mavjudligi; - so‘rovchining so‘raluvchilarga til topa olmasligi; - so‘rovchining qo‘polligi; - so‘raluvchilarni o‘zi xohlagan, ammo reallikdan yiroq javoblarga undashi kabilar. Ko‘rinib turibdiki, ma’lumotlarni to‘plash va ularni xulosa chiqaradigan dallilar sifatida baholash darajasiga yetkazish uchun ancha murakkab jarayonlarni o‘tishga to‘g‘ri kelar ekan. 133 6.4. Axborot to‘plashni shakllantirish Yuqorida ta’kidlaganimizdek, har qanday tadqiqot jarayonida, shu jumladan marketing tadqiqotlarida ham asosiy foydalanadigan vosita axborotlar bo‘lib hisoblanadi. Ularni shakllantirish masalasi ham o‘ta murakkabdir. Chunki ushbu tadqiqotda ikkilamchi ma’lumotlar bilan birga juda ko‘p birlamchi ma’lumotlarni ham to‘plashga to‘g‘ri keladi. Shu tufayli ushbu axborotlarni shakllantirish bilan birga ulardan foydalanish masalasi ham o‘ziga xos. Bu holatlar o‘z navbatida bir qancha tamoyillarga asoslanishini inobatga olish lozim. “Prinsip” - so‘ziga o‘zbek tilining izohli lug‘atida quyidagicha izoh berilgan. Ushbu so‘z lotin tilidan olingan bo‘lib, “principium – asos, negiz, ibtido” 1 , degan ma’noni anglatishi ko‘rsatilgan. Shuningdek, unga ikkita izoh berilgan: “1. Biror nazariya, ta’limot, dunyoqarash va shu kabilarning dastlabki, asosiy qonun- qoidasi; faoliyat uchun asos qilib olinadigan bosh g‘oya, qonun-qoida. 2. Xulq-atvor, xatti-harakat me’yorlarini belgilaydigan, kishi og‘ishmay amal qiladigan ichki ishonch, nuqtai nazar, qarash, maslak” 2 . Bulardan kelib chiqib, marketing tadqiqotlarida axborotlarni shakllantirish va ulardan foydalanishda asos bo‘ladigan va tayanadigan yo‘nalishlarni aniqlash lozib bo‘ladi. Tadqiqotlarimiz ko‘rsatdiki, marketing tadqiqoti ham bir qancha prinsiplarga tayanadi. Chunki har qanday tushunchani to‘liq anglash uchun uni har tomonlama o‘rganishni taqozo qiladi. Bulardan kelib chiqib mazkur prinsiplarga quyidagilar kirishini nazarda tutamiz: • ishonchliligi; • dolzarbligi; • qamralganligi • muvofiqlashtirilganligi; 1 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. – Т.: Ўзбекистон миллий энциклопедияси. ДИН, 2012. – 309 бет. 2 Ўша жойда. 309-бет. 134 • uzluksizligi; • maqsadga muvofiqligi; • tushunarliligi; • ko‘paytirish mumkinligi; • tejamkorligi kabilar. Ushbu prinsiplarning bir-biri bilan bog‘liqligini quyidagi rasmda keltirilishni lozim, deb topdik (6.3-rasm). Download 6.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling