Tadqiqotlari
ETOM makromuhit xatarlari va imkoniyatlari tahlili uslubiyoti
Download 6.42 Mb. Pdf ko'rish
|
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.3-jadval YeTOM-tahlil matritsasi
7.7. ETOM makromuhit xatarlari va imkoniyatlari tahlili uslubiyoti
Makromuhit omillari ta’sirini tahlil qilish uchun shuningdek YeTOM-tahlildan foydalanish mumkin. “YeTOM” atamasi – Environmental Threats and Opportunities Matrix – tashqi muhit xavf-xatarlari va imkoniyatlari matritsasining qisqartmasidir. Mazkur tahlilning afzalligi ekspertlar tomonidan ajratiladigan omillar va hodislarning cheklangan sonini (odatda 15) kiritishdan iborat. YeTOM-tahlil uslubiyotini amalga oshirish bosqichlari: 1. Tahlil ob’ektini aniqlash: korxona, alohida bo‘linmalar (filiallar) yoki biznes- birliklar. 2. Tanlash mezonlarini aniqlash va ekspertlarni tanlab olish (tahlil ekspert baholari yoki Delfi usulida o‘tkaziladi). Zaruriyatga qarab, turli ekspertlar uchun reyting koeffitsiyentlarini o‘rnatish. 3. Ekspertlar tomonidan omillar tahlili natijalarini kiritish uchun shaklni ishlab chiqish va yakuniy shaklni ishlab chiqish. Zaruriyatga qarab tahlil shaklini testdan o‘tkazish. Jadval shakli 7.3-jadvalda berilgan ko‘rinishga ega. Ayrim hollarda makromuhit omillarining standart ro‘yxatlaridan foydalanish taklif etiladi va ekspertlar ulardan eng muhimlarini tanlab oladi. Omillar to‘plamini o‘z navbatida tahlilning dastlabki bosqichida shu ekspertlarning o‘zi ajratib olishi mumkin. 7.3-jadval YeTOM-tahlil matritsasi Omillar guruhi Hodisa/omillarnin g ta’rifi Xavf- xatar (-) Imkoniyat (+) Salmoq bahosi (1-5) Muhimlilik bahosi (1-15) Kompaniya strategiyasiga umumiy ta’sir 1 2 3 4 5 6 7 Iqtisodiy 1 2 3 4 5 Jami Sotsial va madaniy 1 2 3 4 5 Jami 181 Demografik 1 2 3 4 5 Jami Geografik 1 2 3 4 5 Jami Siyosiy va yuridik 1 2 3 4 5 Jami Texnologik 1 2 3 4 5 Jami Raqobat 1 2 3 4 5 Jami Hammasi (-) Hammasi (+) 4. YeTOM-tahlil shaklini to‘ldirish. Shakl har bir ekspert tomonidan mustaqil quyidagicha to‘ldiriladi: – Ustun 1 – omil mansub bo‘lgan guruh: iqtisodiy, sotsial va madaniy, demografik, geografik, siyosiy va yuridik, texnologik va raqobat guruhi tanlanadi; – Ustun 2 – ekspert nuqtai nazardan muhim makromuhit omillari, shuningdek kompaniya faoliyatiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan muhim hodisalar yoziladi. – Ustun 3 – har bir ajratilgan omil yoki hodisa bo‘yicha uning xavf-xatarga aylanib salbiy ta’sirga ega bo‘lishi mumkinligi aniqlanadi, agar mumkin bo‘lsa, “–” belgisi qo‘yiladi. 182 – Ustun 4 – har bir ajratilgan omil yoki hodisa bo‘yicha uning imkoniyatga aylanib ijobiy ta’sirga ega bo‘lishi mumkinligi aniqlanadi, agar mumkin bo‘lsa, “+” belgisi qo‘yiladi. – Ustun 5 – tahlilga kiritilgan har bir omilning salmog‘i (omillar guruhi ichida) korxonaning faoliyatiga mumkin bo‘lgan ta’sir kuchi jihatdan (1 – eng pastdan 5 – eng yuqorigacha) baholanadi. – Ustun 6 – tahlilga kiritilgan har bir omil va hodisaning muhimlik reytingi o‘rnatiladi (tahlil shartlariga ko‘ra ular jami 15 ta bo‘lishi kerak) mos ravishda 1 – eng pastdan 15 – eng yuqorigacha. – Ustun 7 – omil yoki hodisaning korxona strategiyasiga jamlanma ta’siri hisoblanadi. Formula: omilning salmoq miqdorini (4-ustun) reyting ko‘rsatkichiga (5-ustun) ko‘paytiriladi. Olingan natija belgisi (- yoki +) 3- yoki 4-ustunda tanlangan miqdoriga bog‘liq. Bitta omil yoki hodisaning o‘zi bir vaqtda ham xavf-xatar ham imkoniyat yaratishi mumkin bo‘lganda ikkala variant ko‘rib chiqiladi. Bunda uning ballardagi bahosi doim salmoq va reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha farq qiladi. Jadvalning “Jami” qatorlari barcha omillar guruhining korxona strategiyasiga ta’sirini umumiy bahosini aks ettiradi. 5. Makromuhit omillari ta’sirini baholashning yakuniy shaklini tayyorlash. Shaklning ehtimoliy varianti 7.4-jadvalda berilgan. Shunday qilib, har bir ekspertning modul bo‘yicha ish natijalari bo‘yicha eng muhim uchta makromuhit omili tanlanadi va ushbu natijalardan keyinchalik rejalashtirish va operativ boshqarish jarayonida foydalanadi. Download 6.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling