Tadqiqotlari


  STEP/PEST makromuhit tahlil uslubiyotlari


Download 6.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/240
Sana08.07.2023
Hajmi6.42 Mb.
#1659218
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   240
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627

7.6. 
STEP/PEST makromuhit tahlil uslubiyotlari 
 
Makromuhit tahlili uchun ko‘pincha STEP-tahlil uslubiyotidan foydalaniladi. 
STEP atamasi sotsial (Social), texnologik (Technological) iqtisodiy (Economic) va 
siyosiy (Political) omillarni o‘rganishga asoslangan marketing makromuhiti tahlilini 
anglatadi. 
STEP- va PEST-tahlilning ikkita asosiy varianti mavjud. STEP-tahlil varianti 
rivojlangan iqtisodiyotli va siyosiy barqaror mamlakatlar uchun qo‘llanadi, 
ustuvorliklar – sotsial va texnologik omillarni hisobga olishdir. Kuchsiz iqtisodiyotga 
yoki o‘tish davridagi iqtisodiyotga ega mamlakatlarda makromuhitni tahlil qilish 
uchun PEST-tahlil shaklidan foydalaniladi, bu yerda birinchi o‘rinda siyosat va 
iqtisodiyot omillari turadi. Tahlil mezoni bo‘lib omillarning mumkin bo‘lgan ta’sir 
kuchi va monitoring uchun barqarorligi nuqtai nazardan u yoki bu gurh omillarni 
hisobga olish ustuvorligi hisoblanadi. 
Mazkur tahlil turi turli shakllardan foydalangan holda o‘tkazilishi mumkin, 
ko‘pincha ikki xil variant: oddiy to‘rt katakli matritsa va STEP-tahlilning jadval 
shakli ishlatiladi. Ushbu variantlarning xar biri o‘z afzalliklari va kamchiliklariga 
ega. Tahlil o‘tkazish usulini tanlash tahlil maqsadlariga, ekspertlarning tayyorgarlik 
darajasiga va qator boshqa omillarga bog‘liq. 
To‘rt katakli matritsa shaklidagi STEP-tahlil uslubiyotini amalga oshirish 
bosqichlari: 
1. Tahlil ob’ektini aniqlash: korxona, alohida bo‘linmalar (filiallar) yoki 
biznes-birliklar. 
2. Tanlash mezonlarini aniqlash va ekspertlarni tanlab olish (tahlil ekspert 
baholari yoki Delfi usulida o‘tkaziladi). Zaruriyatga qarab, turli ekspertlar uchun 
reyting koeffitsiyentlarini o‘rnatish. 
3. Ekspertlar tomonidan omillar tahlili natijalarini kiritish uchun shaklni ishlab 
chiqish va yakuniy shaklni ishlab chiqish. Zaruriyatga qarab tahlil shaklini testdan 


177 
o‘tkazish. To‘rt katakli matritsa (7.17-rasm) afzalliklaridan biri uni to‘ldirishning 
osonligidir, lekin ko‘pincha yakuniy matritsani shakllantirishda qiyinchiliklar yuzaga 
keladi. 
Ijtimoiy omillar 





... 
Texnologik omillar 





... 
Iqtisodiy omillar 





... 
Siyosiy omillar 





... 

Download 6.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling