Tadqiqotlari


 Bozor salohiyati va ko‘lami tahlili


Download 6.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/240
Sana08.07.2023
Hajmi6.42 Mb.
#1659218
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   240
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627

 
7.5. Bozor salohiyati va ko‘lami tahlili
  
Bozor ko‘lami tovarlar sotish hajmi, shuningdek, bozorda sotuvchi sifatida 
ishtirok etayotgan firmalar, o‘z tovarini bozorga olib chiqqan va savdo vositachisi 
sifatida ishtirok etayotgan firmalar soni bilan belgilanadi. Bunda korxonalarning 
funksional ixtisoslashuvi: tovar turi, uning assortimenti, asosiy xususiyatlari 
tavsiflanadi. 
Sotuv hajmi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan belgilanadi: 
➢ ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish hajmi; 
➢ vositachilik funksiyalarini bajaruvchi ulgurji tovaraylanma; 
➢ chakana tovaraylanma. 
7.13-rasm. Tovaraylanma ko‘rsatkichlari 
Har bir firmaning mahsulot sotish jarayonidgi roli uning bozorda egallagan 
ulushi bilan tavsiflanadi. Firmaning bozordagi ulushi firma tovaraylanmasining 
bozordagi sotuv umuiy hajmiga nisbati sifatida aniqlanadi. 
Firma ulushini miqdoriy o‘lchash bilan birga uning sifat tavsifi (katta, o‘rtacha 
va kichik ulush) ham olinishi mumkin. U mazkur firmaga tegishli bo‘gan ulushni eng 
yirik raqobatchilar ulushi bilan taqqoslashga asoslanadi. Bozorning kon’yunktura 
bahosi firmaning tezkor tovar siyosatini belgilab beradi. Vaziyat qulay bo‘lgan 
hollarda firma hujum strategiyasini amalga oshirib, mablag‘larni mahsulot 
assortimentini kengaytirishga sarflaydi va mahsulot chiqarishni oshiradi. Noqulay 
kon’yunktura firmani himoya strategiyasini tanlab, resurslarni tejash, kutish, ba’zida 
esa bozordan chiqib ketishga majbur qiladi. 
TOVAR AYLANMASI 
MAHSULOT 
SOTISH 
ULGURJI TOVAR 
AYLANMA 
CHAKANA TOVAR 
AYLANMA 


173 
7.14-rasm. Firma ulushi tavsifi 
Bozor ko‘lamining kon’yunktura bahosi bozor salohiyati tavsifida namoyon 
bo‘ladi. Bozor salohiyati belgilangan sharoilarda bozorga qancha miqdorda tovar 
taklif etilishi mumkinligini, bozor kancha mahsulotni olishini ko‘rsatadi. Bozor 
salohiyati ishlab chiqarish salohiyati va iste’mol salohiyatiga taqsimlanadi. 

Download 6.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling