Toshkent moliya instituti sirtqi fakultet
Download 1 Mb.
|
Xorijiy iqtisodchilarning moliyaga oid nazariyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajardi: SMMT 91/21 guruh talabasi Xasanova Diyora Xusanovna Ilmiy rahbar: M. Kimsanboyeva__________________ ______________________________
- Komissiya a’zolari: ___________________ _________ ___________________ _________ ___________________ _________
- TOSHKENT-2023
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI SIRTQI FAKULTET “MOLIYA” KAFEDRASI “MOLIYA” FANIDAN KURS ISHI MAVZU: XORIJIY IQTISODCHILARNING MOLIYAGA OID NAZARIYALARI Bajardi: SMMT 91/21 guruh talabasi Xasanova Diyora Xusanovna Ilmiy rahbar: M. Kimsanboyeva__________________ ______________________________ Ro‘yxatga olindi №___________ “___”____________2023 y. ________ (imzo) Bahosi: _________ Komissiya a’zolari: ___________________ _________ ___________________ _________ ___________________ _________ Himoyaga tavsiya etildi (etilmadi) “___” ____________ 2023 y. Ilmiy rahbar imzosi: ____________ TOSHKENT-2023 Xorijiy iqtisodchilarning moliyaga oid nazariyalari Reja: Kirish 1. O’zbekistonda moliya oid nazariyalar va moliya mohiyati. 2. Xorijiy iqtisodchilarning Moliyaga oid nazariyalari 3. Rossiyalik iqtisodchilarning Moliyaviy nazariyalari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Kirish Kurs ishining dolzarbligi. «Mamlakatimizda Islom moliyaviy xizmatlarini joriy etish bo‘yicha huquqiy bazani yaratish vaqt-soati yetib keldi. Bu borada Islom taraqqiyot banki va boshqa xalqaro moliya tashkilotlari ekspertlari jalb etiladi»,1 dedi prezident. Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatida.2020 yil 4 fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan majlisda Markaziy bank raisi o‘rinbosari Botir Zohidov shu yilning o‘zida O‘zbekistondagi 3ta bankda islomiy moliyalash joriy etilishi mumkinligini aytgan edi. Ma'lumot uchun, islomiy moliya tarmog‘i bugungi kunda jahonda jadal rivojlanib borayotgan va innovatsion moliyalashtirish mexanizmlarini o‘zida jamlagan sohalardan biri hisoblanadi. Moliyalashning bu tizimi foyda va zararni bo‘lishish hamda real aktivlarga asoslangan moliyalashtirishni o‘zida namoyon qilishi bilan an'anaviy banklardan farq qiladi. Islomiy banklar mijoz talabi bilan obektni qurib berishi, asbob-uskunalar, tovar, xomashyolar olib berishi yoki ularni ijaraga berishi mumkin. Moliyalashtirish asosida savdo amaliyoti yotadi. Zamonaviy bank tizimida esa banklarning savdo amaliyotlarini amalga oshirish qonunchilik nuqtayi nazaridan mushkul bo‘lib, bunga soliq hamda bank faoliyatiga taalluqli me'yoriy-huquqiy hujjatlar to‘sqinlik qiladi. Ma'lumotlarga ko‘ra, keyingi yillarda islomiy moliya muassasalari yalpi aktivlari miqdori 2,5 trillion dollarni tashkil etib, yiliga 15-20 foizga o‘sib bormoqda. 2020 yil boshida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi doirasida «O‘zbekistonda islomiy moliya mahsulotlari tahlili» bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqot va uning doirasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, bank kreditlaridan foydalanmaslikning asosiy sabablari sifatida avvalambor, diniy qarashlar, kreditlar bo‘yicha yuqori foiz darajasi va kreditlashtirishning murakkabligi ko‘rsatilgan bo‘lib, agar mamlakatda islom moliya muassasalari tashkil etilsa, yuqoridagi so‘rovnomada ishtirok etgan qatnashuvchilarning aksariyati ushbu muassasa xizmatlaridan foydalanishlari mumkinligini ta'kidlashgan. Hatto, an'anaviy banklar ham O‘zbekistonda islom moliya muassasalari tashkil qilish, moliya tarmog‘ida halol va shaffof raqobat yuzaga kelishi, natijada mamlakatga sarmoyalar oqimi o‘sishi va diversifikatsiyasiga olib kelishi haqida o‘z fikrlarini bildirgan. Moliyaning harakterli belgilari qo‘yidagilardan iborat: Pul munosabatlari harakteridan iborat. Taqsimlash harakteridan iborat. Fondli harakterdan iborat. Moliya o‘ziga hos ravishdagi tarixiy kategoriya hisoblanadi. Pul insoniyatning buyuk kashfiyotlaridan biri hisoblanadi. Insoniyat sivilizatsiyasining dastlabki davrlaridayok pullar paydo bo‘ldi tovar pul munosabatlari paydo bo‘ldi, davlatlar shakllandi. Ammo nima uchun moliya o‘rta asrlarda paydo bo‘ldi. Buning 1-shart sharoiti o‘sha davrlarda yevropa davlatlarda ichki ziddiyatlar va muammolar paydo bo‘la boshladiki ularni hal qilish uchun davlat yirik miqdordagi pul mabla\lariga extiyoj seza boshladi. 2-asosiy shart sharoit o‘sha davrlarda pul fondlarini shakllantirish va undan foydalanish tizimli harakterga ega bo‘la boshladi. Usha davrlardayok harajatlarni 4 turi amal qila boshlagan edi: harbiy harajatlar, iqtisodiyot, ijtimoiy soha harajatlar va boshqaruv harajatlari. 3-shart sharoit Usha davrlarda soliq to‘lovlarini undirishning pul shakli rivojlanayotgan davr edi. Soliqlarni undirishning 2 xil shakli bor: natural va qiymat ya’ni pul shakli. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling