Tadqiqotlari
Texnologik va tabiiy (ekologik) omillar
Download 6.42 Mb. Pdf ko'rish
|
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627
Texnologik va tabiiy (ekologik) omillar bir guruhga mansub, texnologiyalar
resurslarsiz mavjud bo‘lmaydi. Nisbatan zamonaviy texnologiya biror turdagi tabiiy resurslarni tejagan holda ayni vaqtda boshqalariga salbiy ta’sir etishi mumkin. Texnologik taraqqiyotni bashoratlash nihoyatda katta ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin, shunga qaramay u ko‘pincha turli qiyinchiliklar bilan bog‘liq. Texnologiyalarni rivojlanish sur’atlari muntazam o‘sib bormoqda, uning rivojlanish yo‘nalishi ko‘pincha kutilmagan yo‘nalishlarda o‘zgarib boradi. Qimmatbaho ishlab chiqarish asbob-uskunalarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qaror juda ko‘p hollarda texnologiyaning rivojlanishi tez orada mazkur asbob-uskunalarda ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan mahsulotning eskirishiga olib kelish ehtimoli yuqori bo‘lgan sharoitlarda qabul qilinadi. Texnologik taraqqiyotni bashoratlash katta sarmoyalarni talab qiladi, ko‘pgina tezkor rivojlanuvchi sanoat tarmoqlari (masalan, maishiy texnika tarmoqlari)ning muhim funksiyasi hisoblanadi. Bashoratlash tufayli bozorga yuqoriroq daromad keltiruvchi texnologik jihatdan yangi mahsulotni samarali va tez chiqarish mumkin bo‘ladi. Korxonalar va xaridorlarning qarorlariga va xatti-harakatlariga ta’sir qiluvchi makromuhit omillarining keyingi guruhi iqtisodiy va raqobat omillaridan iborat. Ishbilarmonlik faolligi siklining tebranishlari xarid qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatadi, chunki narxlar va foiz stavkalari darajasiga ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiy yuksalish davrida ishsizlik darajasi pasayadi, aholi daromadlari esa o‘sadi. Ushbu birikma inflyatsiyaning past sur’atlarini hisobga olgan holda xarid qobiliyatining o‘sishiga olib keladi. Iqtisodiy pasayish davrida ishsizlik darajasi oshadi va umumiy xarid qobiliyati pasayadi. Korxonalar oldida ishbilarmonlik faolligi sikli ularning bozoriga qanday ta’sir etishini aniqlash uchun umumjahon, milliy va mintaqaviy iqtisodiy tendensiyalarni aniqlash vazifasi turadi. 171 Real daromad darajasi (ya’ni soliqqa solishdan keyingi daromad) mamlakat iqtisodiyotini rivojlanish holatini aks ettiradi, chunki daromad – xarid qobiliyatining asosiy manbasidir. Yalpi daromad bozor holatining muhim ko‘rsatkichi bo‘lib qoladi. Bozor iqtisodiyotida raqobatning o‘rnini hisobga olish zarur. Juda kam korxonalar (agar ular mavjud bo‘lsa) o‘z faoliyatini raqobatdan holi bo‘lgan muhitda yuritadi. Oxirgi paytda mavjud monopoliyalar faoliyatini uning iste’molchilar manfaatiga ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan salbiy ta’sirini iloji boricha kamaytirish maqsadida davlat tomonidan nazorat qilish tendensiyasi kuzatiladi. O‘zbekiston bozori hozirgi kunda murakkab va xali shakllanmagan raqobat tuzilishi bilan tavsiflanadi. Ushbu makroomilni hisobga olish O‘zbekistonda raqobat muhiti jarayonida vujudga keluvchi xatolarni bartaraf qilish va imkoniyatlardan foydalanishga yordam beradi. Marketing muhitining siyosiy, huquqiy va qonunchilik omillari o‘zaro kuchli bog‘langan. Qonunchilik ishbilarmonlik amaliyotini tartibga soladi, huquqiy qarorlar sudlar tomonidan tushuntiriladi, nazorat qiluvchi organlar esa ko‘p hollarda saylangan shaxslar yoki hukumat yohud davlat organlari tayinlagan shaxslar tomonidan tashkil etiladi va boshqariladi. Qonunchilik va tartibga soluvchi hujjatlar (yoki ularning yo‘qligi) hozirgi mavjud siyosiy muhitni aks ettiradi. Marketing muhitining siyosiy omili marketing qarorlari va strategiyalariga katta ta’sir ko‘rsatadi. Marketing konsepsiyasiga amal qiluvchi tashkilotlar va korxonalar rasmiy lobbistik (qo‘llab-quvvatlovchi) kanallar orqali hukumat organlari bilan yaxshi munosabatlarni saqlab turishlari zarur, chunki bu holda hukumat organlari to‘satdan ushbu kompaniyalarning faoliyatini cheklovchi qonunchilik yoki me’yoriy xujjatlarni yaratishi yoki kuchga kiritishi kam ehtimolga ega. Ayrim korxonalar siyosiy hodisalarning rivojiga ta’sir ko‘rsatishga harakat qiladi, bunda qonun doirasida ularga ijobiy munosabat bildiruvchi siyosatchilarning saylanishiga ko‘maklashadi. Rasmiy hukumat organlari korxonaning tashqi bozorga chiqishida asosiy rol o‘ynashi mumkin. Korxona faoliyatida makromuhitning mumkin bo‘lgan ijobiy va salbiy ta’sirini hisobga olish uchun korxonada strategik va taktik rejalashtirish modellariga kiradigan 172 uslubiyotlardan foydalaniladi. Bunday uslubiyotlar korxonaning marketing muhiti harakatlariga munosabat bildirish mexanizmini ishlab chiqish uchun qo‘llaniladi. Download 6.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling