166
7.11-rasm. Marketing madaniy-ta’lim muhiti
Marketing
tadqiqotida tarixiy, diniy, milliy an’analarni,
shuningdek,
iste’molchilarning madaniy-ta’lim darajasini e’tiborga olish zarur. Bu omillar ko‘p
jihatdan xaridorlar talabi strukturasini, aholining iste’mol
madaniyati darajasini, turli
ijtimoiy guruhlarning iste’mol bozoridagi xulq-atvor rolini belgilab beradi.
Ta’limning marketing faoliyatiga bevosita aloqasi bor.
Marketing-menejment
va marketologiya sohasida mutaxassislar tayyorlash darajasiga ularning faoliyat sifati
va samaradorligi bog‘liq bo‘ladi.
Mutaxassisning qobiilyatlari, uning ma’lumot
darajasini raqobatbardoshlikning muhim omillaridan biri sifatida ko‘rib
chiqish
mumkin. Tovarni yaratishdan tashqari uni sota olish ham talab qilinadi.
Malakali
mutaxassislarni jalb etishdan tashqari marketing
sohasida mehnat qilayotgan
xodimlarni doimiy o‘qitib borish, ularning malakasini oshirish zarur.
7.12. -rasm. Axborot-reklama muhiti tahlili
MARKЕTING MADANIY-TA'LIM
Do'stlaringiz bilan baham: