Tadqiqotlari
-rasm. Marketing mikromuhiti tarkibi
Download 6.42 Mb. Pdf ko'rish
|
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627
7.7-rasm. Marketing mikromuhiti tarkibi
Mijozlar va xaridorlarni o‘rganish odatda ularni «mijozli bozor» turkumiga bo‘lib o‘rganish keng tarqalgan. FIRMA VA UNING BO’LINMALARI TA'MINOTChILAR MIJOZLAR MARKЕTING VOSITAChILARI RAQOBATChILAR JAMOATChILIK MARKЕTING MIKROMUHITI 161 Bozorda iste’molchi sifatida yakuniy iste’molchilar – yakka holdagi shaxslar, oilalar, uy xo‘jaliklari va ist’molchi-tashkilotlar – ishlab chiqarish korxonalari, ulgurji va chakana savdo, davlat va boshqa notijorat muassasalari namoyon bo‘ladi. Ta’minotchilar bu korxonani ishlab chiqarish dasturini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy resurslar va xizmatlar bilan ta’minlab turuvchi firma va alohida shaxslardir. Marketing muhiti ta’minotchilarga nisbatan uzoq va qisqa muddatli, yakka holdagi va ommaviy bo‘lishi mumkin. Ta’minotchilarni tanlab olish murakkab va juda mas’uliyatli vazifa, chunki ishlab chiqarishning ritmikligi, firmaning rentabelligi va nufuzi ko‘p jihatdan aynan shunga bog‘liq bo‘ladi. Ta’minotchilarga qo‘yiluvchi asosiy talablar quyidagilardan iborat: ➢ ta’minot jadvaliga aniq rioya qilish; ➢ sifat standartlariga rioya qilish; ➢ talablarning o‘zgarishiga tezkorlik bilan javob qaytarish; ➢ texnik hujjatlarning detalli bayon qilinishi; ➢ narx siyosatining barqarorligi va moslashuvchanligi; ➢ ochiqlik (hududiy va kommunikatsion). Ta’minotchilarga nisbatan marketing talablari umumiqtisodiy vaziyat va bozor kon’yunkturasiga qarab o‘zgarib turishi mumkin. Vositachilar bu tanlab olingan bozorda korxonaning tijorat faoliyatini qo‘llab- quvvatlovchi firma va alohida shaxslardir. Marketing vositachilari strukturasi savdo vositachilari, transport kompaniyalari, moliya-kredit muassasalari, reklama va konsalting firmalaridan tarkib topgan. Yuqorida aytib o‘tilganidek, mikromuhit tahlili marketing kon’yunktura jarayonlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Undan farqli ravishda strategik tahlilning faoliyat sohasi butun bozorga va mos raivshda har bir firmaga ta’sir ko‘rsatuvchi global kuch va omillar yig‘indisini tashkil etadigan marketing makromuhiti hisoblanadi. Shunday qilib, makromuhit bevosita muayyan firma faoliyatiga ham, butun bozordagi vaziyatga ham ta’sir ko‘rsatadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling