Tadqiqotlari


Marketing makromuhiti – butun bozorga, jumladan, alohida olingan


Download 6.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/240
Sana08.07.2023
Hajmi6.42 Mb.
#1659218
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   240
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627

Marketing makromuhiti – butun bozorga, jumladan, alohida olingan 
firma va korxona marketingiga ta’sir ko‘rsatuvchi global ijtimoiy-demografik, 
iqtisodiy, tabiiy-geografik, axborot kuchlari va omillari yig‘indisi (7.8 – rasm). 
7.8.-rasm. Marketing makromuhiti 
Makromuhit tarkibiga quyidagi kuch va omillar kiradi: 
ijtimoiy-demografik muhit
➢ iqtisodiy muhit; 
huquqiy va siyosiy muhit
➢ fan-texnika taraqqiyoti; 
➢ tabiiy-geografik va iqlim sharoitlari; 
axborot muhiti, jumladan, ommaviy axborot vositalari. 
Marketing makromuhiti kuch va omillarini tadqiq etish marketing faoliyati 
strategik tahlilining muhim bosqichi hisoblanadi. Ularga moslashib olish, ularni 
o‘rganish, ular ta’sirini modellashtirish, ularning ta’sir kuchi va yo‘nalishini o‘lchash 
zarur. Fan-texnika muhitining ta’sirini baholash tovarlar sifatini tahlil qilishda talab 
etiladi. Geografik muhit ta’siri tovar massasining hududiy joylashuvini tavsiflaydigan 
logistika modellarida aks ettirilishi lozim. Ijtimoiy-demografik va iqtisodiy muhit 
kuch va omillari ta’siri statistik va ekonometrik tahlil yordamida tavsiflanishi 
mumkin. 
Demografik omilning bozor rivojlanishi dinamikasiga ta’sirini indeksli omillar 
modeli yordamida aniqlash mumkin: 
MARKЕTING MAKROMUHITI KUChI 
VA OMILLARI 
IJTIMOIY-
DЕMOGRAFIK 
IQTISODIY 
HUQUQIY VA 
SIYOSIY MUHIT
FAN-TЕXNIKA 
TARAQQIYoTI 
TABIIY-IQLIMIY
MUHIT 
AXBOROT MUHITI 


163 
bu yerda 
I - indekslar; ∆ - o‘sish; i, j, k - tovarlar bozorining rivojlanish omillari. 
Marketing demografik muhiti – tovarlar bozorining holati va rivojlanishi 
bilan bog‘liq bo‘lgan, jins-yosh va oila tarkibi bo‘yicha taqsimlangan mamlakat 
va uning mintaqalari aholis yig‘indisidir. 
Yuqorida aytib o‘tilgan panelli tadqiqotlar vaqti-vaqti bilan iste’mol 
koeffitsiyentlari, ya’ni katta yoshdagi aholining iste’mol darajasiga keltirilgan yosh 
bo‘yicha iste’mol darajasini tuzishga imkon beradi. Jon boshiga va uy xo‘jaliklariga 
hisoblangan iste’mol xarajatlari hajmi aniqlanadi. Bozor vaziyati tahlilida aholining 
xarid layoqati va iste’mol narxlari dinamikasini tavsiflash uchun asos qilib iste’mol 
savatchasi tushuchasi olinadi. Bunda tabiiy-iqlim va mintaqaviy iste’mol 
xususiyatlari hisobga olinadi. 

Download 6.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling