154
7.4-rasm. Tahlil natijalari tipologiyasi
Ya’ni, bularning tavsifi quyidagicha:
➢ sifat baholari – tahlil natijalari faqat sifat darajasini qiziqtiradi;
➢ miqdoriy tavsiflar – ushbu tahlilda son jihatdan natijalar olinadi. Masalan,
do‘konda qancha muzlatgich bir oyda sotilgani va do‘konga qancha iste’molchining
tashrif buyurgani tahlil qilinadi;
➢ turli xil sxema va diagrammalar;
➢ statistik va ekonometrik modellar.
Marketing
tahlilining bosh vazifasi, maqsadi bozor holati va rivojlanishini
bashorat qilish va tavsiflash hisoblanadi.
bozorning rivojlanish darajasi, uning
dinamikasi
va strukturasi, hududiy xususiyatlari, o‘zaro aloqalari o‘rganiladi.
Marketing tahlili o‘z oldiga quyidagi muayyan maqsadlarni qo‘yadi:
➢ bozor holati va rivojlanishini baholash va bashorat qilish –
baholash va
bashorat qilish;
➢ talab va taklif qonuniyatlarini modellashtirish – talab va taklifni
modellashtirish;
➢ bozorning marketing harakatlariga reaksiyasini aniqlash – bozor reaksiyasini
tahlil qilish;
➢ bozorning iqtisodiy va moliya-kredit salohiyatini tavsiflash –
bozor
salohiyatini baholash;
raqobat va raqobatbardoshlik darajasini aniqlash,
raqobatchilarning potensial
imkoniyatlarini baholash, ularning harakatlarini bashorat
qilish - raqobat va
raqobatbardoshlikni tahlil qilish;
TAHLILIY TADQIQOT NATIJALARI
Do'stlaringiz bilan baham: