Tadqiqotlari
7-BOB. MARKETING TADQIQOTLARI TAHLILI: USULLAR
Download 6.42 Mb. Pdf ko'rish
|
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627
149 7-BOB. MARKETING TADQIQOTLARI TAHLILI: USULLAR VA TAHLIL MYeTODOLOGIYASI 7.1. Marketing tadqiqotlarida iqtisodiy tahlilning ahamiyati Marketing tadqiqotlarini statistik tahlil qilish fanining mohiyati va mazmuni ham islohotlar davrida tubdan o‘zgardi. Oldin tahlilning natijasi asosan rejani bajarish uchun ichki imkoniyatlarni axtarib topishga qaratilgan bo‘lsa, endilikda har bir korxonaning ichki imkoniyatlarini moliyaviy-marketing tadqiqotini yaxshilash uchun safarbar qilishga qaratiladigan bo‘ldi. Shuningdek, har bir korxona va tarmoqdagi o‘sish yoki pasayish dinamikasini statistik usullar orqali tahlil qilganda, to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘lishimizni kuzatib turibmiz. Bundan ko‘rinib turibdiki tahlilning maqsadi ham o‘zgardi. Oldin tahlil yaxshi yutuqlarni oshkora etgan bo‘lsa, endilikda yaxshi usullarning tijorat siri ekanligini ko‘rsatib beradi. Bu bevosita marketing tadqiqotlarini tahlil qilishga ham daxldordir. Bozor munosabatlariga xos bo‘lgan raqobat har bir korxonani o‘z tijorat sirlarini saqlashga majbur qiladi. Bunday sharoitda marketing tadqiqotlarini tahlil qilishning umumiy usuli bo‘lishi lozim. Lekin har bir korxona ushbu umumiy usullar orqali o‘zining ichki imkoniyatlarini topadi va u o‘ta muhim bo‘lsa tijorat siri sifatida saqlashlari mumkin. Xullas , raqobat har bir korxonani, ularning mulk shaklidan qat’iy nazar, samarali ishlashini talab qiladi. Samaradorlikni uzluksiz oshirib borish uchun uning holatini chuqur o‘rganishni, tahlil qilishni taqozo qiladi. Bu tadbir faqat tahlil orqali amalga oshishini e’tirof etgan holda shuni ta’kidlash lozimki, bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha iqtisodiy mexanizmlar, jumladan statistik va iqtisodiy tahlil ham, uning usullari ham keskin takomillashtirilishini talab qiladi. Marketing tadqiqotlarini tahlil qilishda bir qancha usullar qo‘llaniladi. Hozir iqtisodiy tahlil nazariyasiga bag‘ishlangan ko‘plab adabiyotlar mavjud. Ammo ushbu adabiyotlarda tahlil usullarini yoritishga turlicha yondoshilgan. Ko‘plari amaliyotga qo‘llanilishi qiyinligidan tashqari, bozor iqtisodiyoti uchun yaroqsiz holatga kelib qolgan, chunki ularning ko‘pi, ta’kidlaganimizdek, rejali iqtisodiyotga mo‘ljallangan 150 edi. Bundan tashqari adabiyotlarda tahlilda qo‘llaniladigan usullarning soddalikdan murakkablik sari ifodalanishi ta’minlanmagan. Marketing tadqiqotini tahlil qilishda juda ko‘p usullar qo‘llaniladi. Shu fan vujudga kelgandan so‘ng ularni fanning metodi bilan birga berar edi. Endilikda esa, usullarga alohida to‘xtalib, ularni shartli ravishda ikki guruhga bo‘lib bermoqdalar. Bu guruhlar mazmuni va mohiyati jihatidan bozor iqtisodiyoti sharoitiga ham to‘g‘ri keladi. Shu tufayli barcha usullarni hozirgi sharoitda ham ikki guruhga bo‘lib o‘rganishni taklif qilamiz. Bunga quyidagilar kiradi: 1) an’anaviy usullar; 2) matematik usullar. Bularning tuzilishi quyidagi 7.1 - rasmda keltirilgan. Download 6.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling