Boshlang‘ich sinflardagi iqtisodiy va statistik masalalar Boshlang’ich sinflarda iqtisodiy va statistik masalalarni


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
Sana19.06.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1613535
Bog'liq
Boshlang‘ich sinflardagi iqtisodiy va statistik masalalar Boshla



Boshlang‘ich sinflardagi iqtisodiy va statistik masalalar
1.Boshlang’ich sinflarda iqtisodiy va statistik masalalarni 
tuzish.
2. Masalalarni qisqa shart yoza olish va yechishni o’rga-
tish
Iqtisodiy-statistik mazmundagi masala deb, ma’lum bir 
iqtisodiy yoki statistik tushunchani yoki uni yoritib beruvchi 
axborotni o‘z ichiga olgan masalaga aytiladi. Boshlang‘ich 
matematika kursida o‘rganilishi mumkin bo‘lgan eng sodda 
iqtisodiy tushunchalar quyidagilar: tejamkorlik, ish unumi, 
mahsulotning narxi, bahosi, sifati, foyda, iqtisod kabilar bo‘lib, 
statistikaga oid dastlabki tushunchalar: kuzatuv va ma’lu-
mot to‘plash, to‘plangan ma’lumotlarni tartiblash, variatsi-
on qator, o‘rta arifmetik qiymat, chastota, nisbiy chastota, 
moda, jadval va diagrammalardan iborat. Bunday maz-
mundagi masalalarni boshlang‘ich sinf matematika darslikla-
rida uchratish mumkin, lekin ularning tarbiyaviy ahamiyatini 
kuchaytirish va o‘quvchilarning iqtisodiy ongini shakllanti-
rishga yo‘naltirish muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy tar-
biyaning muhim vazifalaridan biri o‘quvchilarni tejamkorlikka 


o‘rgatishdir. Atrofimizdagi barcha predmetlar: jonli va 
jonsiz tabiat, uy-ro‘zg‘or buyumlari, maktab jihozlari, shax-
siy buyumlar va boshqalarni avaylab-asrash, buzmaslik, sin-
dirmaslik, yirtmaslik, atrof muhitni ozoda saqlash, ehtiyotlik 
bilan munosabatda bo‘lish kerakligini bolalar ongiga singdirib 
borish kerak. Bu vazifa matematika darslarida iqtisodiy-sta-
tistik mazmundagi masalalarni yechish orqali amalga oshiri-
ladi. Quyidagi masalani ko‘raylik: Maktab oshxonasidagi 1 
kunlik non qoldiqlari 1 kg ni tashkil etdi. Agar har kuni 
shunchadan non qoldiqlari qolsa, maktabdagi 210 o‘qish kuni-
da qancha non isrof bo‘ladi? Shuncha nonni o‘rtacha oila nec-
ha kun iste’mol qilishi mumkin? Bu masalani yechish uchun 
o‘rtacha oila tushunchasini oydinlashtirish va bunday oila bir 
kunda qancha non iste’mol qilishini aniqlash kerak bo‘ladi. Yec-
hish: 1. 1kg 210=210kg 2. O‘rtacha oila tushunchasini oydin-
lashtirish uchun har bir o‘quvchining oila a’zolari sonini aniq-
laymiz. Olingan natijalarni ketma-ket yozib olamiz: 3, 10, 4, 
3, 2, 5, 4, 5, 4, 4, 4, 8, 5, 5, 4, 3, 6, 4, 4, 5, 6, 4. Variatsion qator 
tuzamiz: Oila a’zolari soni 2 3 4 5 6 8 10 Oilalar soni 1 3 9 5 4 
1 1 Variatsion qatordan shuni xulosa qilish mumkin-ki, 4 kishi-


lik oilalar ko‘pchilikni tashkil etar ekan. Ular 9 ta. Demak, 4 
kishilik oila bu sinfda moda bо‘ladi. Endi о‘rtacha qiymatni 
topaylik. Jami oilalar soni: 1+3+9+5+4+1+1=24(ta) Jami odam-
lar soni: 2 1+3 3+4 9+5 5+6 4+8 1+10 1=122(ta) О‘rtacha oila 
a’zolari soni: 122:24=5(2 qoldiq) Demak о‘rtacha oila a’zolari 
soni 5 ga teng. Agar bu oilada har kuni о‘rtacha 2kg non 
iste’mol qilinsa, 210:2=105(kun) 210 kg nonni bu oila 105 kun, 
ya’ni uch yarim oy iste’mol qilishi mumkin ekan. Bu masalani 
yechishda tejamkorlik, isrof, ma’lumot to‘plash, to‘plangan 
ma’lumotlarni tartiblash, variatsion qator, o‘rta arifmetik 
qiymat, moda, jadval kabi tushunchalar ma’nosi ochib berildi. 
Ish unumi deganda, vaqt birligida bajarilgan ish hajmi tus-
huniladi. Ish unumdorligi tushunchasi o‘quvchining mehnati 
bilan bog‘lanadi. O‘quvchining ish unumi uning bilimi, tezkor-
ligi, ya’ni, tez o‘qishi, tez yozishi, tez misol ishlashi kabilarga 
bog‘liq. Agar u vazifani tez va xatosiz bajarsa, ishi unumli 
bo‘ladi. Shunga ko‘ra 1 minutda o‘quvchi bajarishi mumkin 
bo‘lgan ish hajmi aniqlanib, taqqoslansa, juda foydali va 
ko‘rgazmali bo‘ladi. Masalalar. 1. 2-sinf o‘quvchilarining 
o‘qish tezligi tekshirilganda quyidagi natijalar olindi: 60, 71, 


55, 54, 49, 72, 69, 80, 62, 66, 75, 65, 69, 57, 72, 67, 76, 70, 85, 78. 
Bu ma’lumotlarni 10 tadan so‘z oralig‘ida guruhlab, variat-
sion jadvalga joylashtiring. O‘rtacha o‘qish tezligini va eng 
tez, eng sekin o‘qigan o‘quvchini, ko‘pchilikning tezligini 
aniqlang. 2. Ikki duradgor stollar yasab, sotuvga qo‘yishdi. 
Birinchi duradgorning stollari sifatli va chiroyli bo‘lgani uc-
hun 150 ming qimmatroq sotildi. Agar ular 8 tadan stol sot-
gan bo‘lsa, birinchi duradgor qancha qo‘shimcha foyda olgan? 
3. Sinfda 20 ta o‘quvchilar stoli bor. Stolning bo‘yi 110, eni 50 
sm. Agar 1m2 yuzani bo‘yashga 100gr bo‘yoq sarflansa, 
hamma stellar yuzasini bo‘yashga qancha bo‘yoq kerak bo‘la-
di? Agar stollarni yaxshi saqlab, 2 yil mobaynida bo‘yalmasa, 
qancha bo‘yoq tejalishi mumkin? 4. Ikki bichiqchi, usta va sho-
gird, matodan bir xil ko‘ylak bichishdi. Shogird 60m matodan 
15 ta, usta esa undan 5 ta ortiq ko‘ylak bichdi. Har bir 
ko‘ylakdan usta qancha matoni tejagan? Har bir ko‘ylak 350 
ming so‘mdan sotilsa, usta qancha qo‘shimcha foyda olgan? 5. 
Darsdan keyin sinf xonasida 500 gr qog‘oz chiqindilari qolgani 
ma’lum bo‘ldi, Agar har kuni shunchadan qog‘oz isrof bo‘lsa, 
210 o‘qish kunida qancha qog‘oz isrof bo‘ladi? Agar 1ta da-


raxtdan 50kg qog‘oz olinsa, bu tashlangan qog‘ozlar qancha 
daraxtni kesilishdan asrab qolishi mumkin edi? 6. Brigada ish-
chilarining ish unumi haqida quyidagi ma’lumotlar olingan 
(ish unumi deganda 1 soatda ishlab chiqarilgan detallar soni 
ko‘zda tutilgan): 26, 25, 24, 25, 28, 39, 28, 32, 24, 37, 20, 22, 
30, 31, 35, 26, 23, 27, 28. Ma’lumotlarni 5 tadan detal ora-
lig‘ida tartiblang, o‘rtacha is unumini toping. Variatsion qa-
torning modasini aniqlang. 7. Matematikadan yozma ish 
natijasida o‘quvchilar quyidagi baholarni oldilar: 4, 5, 3, 3, 5, 
4, 2, 3, 4, 3, 2, 3, 4, 5, 2, 4, 4, 3, 4, 5, 3, 2, 3, 4. Har bir bahoning 
chastotasi va nisbiy chastotasini toping. Variatsion qatorni 
to‘ldiring. Ma’lumotlar asosida diagramma tuzing.

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling