Tadqiqotlari
Download 6.42 Mb. Pdf ko'rish
|
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627
- Bu sahifa navigatsiya:
- Marketing tadqiqotlarida qoʻllaniladigan iqtisodiy tahlil usullari
7.1-rasm.Marketing
tadqiqotlarida qo‘llaniladigan iqtisodiy tahlil usullarining tasnifi 7.1 - rasmdan ko‘rinib turibdiki iqtisodiy tahlilda qo‘llaniladigan usullar yirik ikkita guruhga bo‘linadi. Ushbu usullardan marketing tadqiqotlarini tahlil qilganda ham bevosita foydalaniladi. Chunki har qanday jarayonni to‘g‘ri va oqilona boshqarish uchun ularni tahlil qilishni taqozo qiladi. Bu ayniqsa, bozor bilan bog‘liq bo‘lgan marketing tadqiqotlariga ham daxldordir. Zero, korxona faoliyatini optimallash-tirish, uning bozordagi o‘rnini barqaror ta’minlash, ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilish, mahsulotlar va xizmatlarini diversifikatsiyalash uchun ushbu holatlarni tahlil qilishni taqozo qiladi. Ushbu holatlar o‘z navbatida, Marketing tadqiqotlarida qoʻllaniladigan iqtisodiy tahlil usullari Matematik usullar Matematik modellarning tiplari Matematik modellarning usullari Ananaviy usullar Tahlil vujudga kelgandan buyon qoʻllaniladigan usullar 151 mazkur jarayonlarning hammasiga innovatsiyalarni joriy qilish orqali amalga oshiriladi. Ko‘rinib turibdiki, marketing tadqiqotlarida iqtisodiy tahlil usullaridan foydalanish shunchaki oddiy tadbir bo‘libgina qolmasdan, balki muhim iqtisodiy dastak sifatida ob’ektiv zarur ekanligini ko‘rsatmoqda. Shu tufayli mazkur masala nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham o‘ta muhimdir. 7.2. Marketing tadqiqotlari tahlili maqsadlari Marketing tadqiqotlarida tahlil bu – to‘plangan va tegishli tarzda guruhlangan, strukturalangan va qayta ishlangan axborotdan xulosa olish jarayoni, ya’ni marketing tadqiqotining natijasidir. Marketing tahlili bozor holati va rivojlanishi qonuniyatlari va tendensiyalarini tavsiflashi, marketing faoliyatida ma’qul keladigan risk darajasini baholashi, ilmiy asosda boshqaruv harakatlarini amalga oshirishi, bozor jarayonlarini tartibga solish uchun asos yaratishi ko‘zda tutilgan. Marketing tahlili firma/korxona va butun tarmoq strategiyasini ishlab chiqish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Tovar bozori tahlili firmaning atrof-muhit bilan o‘zaro aloqalar tizimini aniqlaydi, bozorning marketing tadbirlariga reaksiyasini baholaydi. Download 6.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling